Samolyot ichida rasmiy uchrashuv

410
0

tupoy Saudiya Arabistonining qiroli Abdullo Marokkoga safari chog’i Qohira Aeroportiga bir qo’nib o’tdi. Inqilob boshlangandan buyon birinchi marta Misrni ziyorat qilayotgan Qirol Abdullo Misrning yangi prezidenti Abdulfattoh As-Sisi, Misr bosh vaziri Ibrohim Mihlib va mudofaa vaziri Sidqi Subhi bilan uchrashdi.

 Misr davlat televideniyasining xabariga ko’ra, rahbarlar o’rtasidagi uchrashuv 35 daqiqaga yaqin davom etgan. Uchrashuv samalyot ichida bo’lib o’tdi. Chunki Qohiradagi xalqaro aeroportga qo’ngan qirol Abdulloh o’z samolyotidan tushmadi, balki Misr prezidenti As-Sisi, bosh vazir Ibrohim Mihlib va mudofaa vaziri Sidqi Subhi Qirol bilan uchrashish uchun samalyotga chiqishdi.

 Saudiya qiroli samolyotdan tushmay Misr rasmiylari bilan uchrashgan bo’lsa ham Misr matbuoti Qrolning safarini rasmiy safar deb talqin qilishi diqqatni tortdi.

 Qirol Abdulloh Misrda kechgan harbiy to’ntarishdan so’ng bergan bayonotida Misrning qorong’u tunneldan chiqqanligini ta’kidlagan edi. Misrda harbiy xunta hokimiyatni qo’lga kiritganidan so’ng Misrga iqtisodiy yordamlar ko’rsatgan Saudiya hukumati oxirgi paytda As-Sisining prezidentlik saylovida g’alaba qozongani e’lon qilinishi ortidan Misr uchun donorlar yig’ilishini tashkil qilish zarurligini aytib chiqqan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.