Eron AQShga terrorizmga qarshi hamkorlikda kurashishni taklif qildi

496
0

0A4961E2-0956-4869-BF49-B602F61873A9_w308_h173Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, rasmiy Texron terrorizmga qarshi kurashda Vashingtonga yordam berishga tayyor ekanligi va bunday hamkorlik faqat Iroq bilan cheklanib qolmasligi haqida ma’lum qildi.

Prezidentning so’zlariga ko’ra, Eron Iroqqa qo’shin kiritish niyatida emas, balki xalqaro huquq doirasida yordam ko’rsatmoqchi. Perzident qo’shimcha qilib, ayni vaqtda rasmiy Bog’dod bunday yordam so’rab murojaat qilmaganini aytib o’tdi.

“Agar Amerika Iroq yoki boshqa biror erda terroristlarga qarshi kurashni boshlaydigan bo’lsa, biz hamkorlik haqida o’ylab ko’rishga tayyormiz. Ammo biz hech qachon Iroqqa qo’shin jo’natgan emasmiz va kelajakda ham bunday qilish niyatimiz yo’q”, – dedi Ruhoniy.

Eron prezidentining mazkur bayonoti ortidan Buyuk Birtaniyaning The Guardian nashri Iroqdagi yuqori martabali manbalarga tayangan holda xabar qilishicha, so’ngi kunlarda Iroqqa ikki mingga yaqin eronlik jangarilar tashlangan. Bular hukumatga qarashli “Basij” militsiyasi xodimlari ekanligi va ularning maqsadi “Iroq va Levanta Islom davlati” harakatining olg’a siljishini to’xtatish ekanligi aytilmoqda.

Yolg’onchilik va ikkitomonlama o’yin olib borishni o’zlariga odat qilib olgan kapitalistik tuzum siyosatchilari jumlasidan bo’lgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham Eronning Iroqqa qo’shin olib kirish niyati yo’qligi haqida aytishga qarmay o’z jangarilarini Iroqqa tashladi. Mazkur jangarilar hukumatga qarashli militsiya xodimlaridan iborat ekanligi hamda qurolli kuchlar yoki Eron revolyutsiyasi qo’riqchi kuchlari vakillaridan emasligi sababli prezident o’z va’dasini buzmagan hisoblanaveradi. Bunday ikkiyuzlamachilik hozirgi siyosatchilar uchun odatiy holga aylanib bo’lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.