Savolga javob

465
0

0_80790_838ad46f_orig

 Amerika siyosati homiyligidagi Hindiston bilan Pokiston o’rtasidagi aloqalar

 Savol:

 Amerika prezidenti Janata partiyasini va uning etakchisi Modini birinchilardan bo’lib g’alaba bilan tabrikladi va uni Vashingtonga kelishga taklif qildi. 2014 yil 5 iyunda esa Modining sentyabr oyida Vashingtonga safar qilishi e’lon qilindi. 2014 yil 26 mayda Hindiston yangi bosh vaziri Modining mansabni egallashi marosimi bo’lib o’tdi. Uning partiyasi parlamentdagi jami 545 o’rindan (ikki o’rin bundan mustasno chunki, unga prezident tomonidan saylanadi) 282 o’rinni egallab kuchli g’alaba qozonib Hind Kongress partiyasini katta tarixiy mag’lubiyatga uchratdi. Kongress partiyasi parlamentda 44 o’ringa ega bo’ldi, xolos. Birinchi marta bunday marosimga Pokiston bosh vaziri ham hozir bo’ldi. Bundan oldin Modi u bilan uchrashib uni shu marosimga taklif qilgan edi. Bu nimalarga dalolat qiladi? Bu ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalar Amerika siyosati va uning ikkala mamlakat va mintaqaga taalluqli rejalari doirasida qanday olib boriladi, bu aloqalarning Xitoy va Afg’onistonga nisbatan oqibatlari nimadan iborat?

Javob:

1 – Darhaqiqat, Amerikaning Modini saylovlar chog’ida qo’llab-quvvatlashi e’tiborni tortadigan darajada bo’ldi. Chunki Modini maqtab unga ovoz berishga targ’ib qilish kampaniyasi faqat Hindistondagina o’tkazilib qolmay balki xorijdagi, ayniqsa Amerikadagi xayrixoh hindus tashkilotlaridan iborat keng doiradagi tashkilotlarga qadar cho’zilib bordi. Bu tashkilotlar Modi foydasiga uni barcha hindlar rahbari va hech istisnosiz ozchilik millatlar tomonida turishga harakat qilishga rag’bat qiluvchi rahbar sifatida ko’rsatib tashviqot yurgizishga harakat qildi. Modi tomonida turgan ana shu tashkilotlardan ba’zilari «Amerika-Hind muassasasi» va «Hind-Amerika siyosiy harakati komissiyasi»dir. Bu tashkilotlar Bxaratiya Janataga bevosita yoki bilvosita tobe bo’lgan tashqi ishlardagi yacheykasi va Bxaratiya Janata do’stlari kabi xorijdagi yugurdaklar bilan harakatlarni muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish imkoniyatlaridan hamda Amerika va boshqa mamlakatlarda yashayotgan minglab hindlardan hech birini qoldirmay barchasidan foydalandi.

Vashingtondagi «American Enterprise» markazi nashr qilgan xabar bu partiyaning kuchli qo’llab-quvvatlanganini tasdiqlaydi. Bu xabarga ko’ra saylov kampaniyasini pul bilan ta’minlash uchun xorijda to’plangan pullarning eng ko’p qismi «Bxaratiya Janata» partiyasiga yuborilgan. Amerika va Yevropa fuqaroligiga ega bo’lgan va shirkatlar bilan bozor iqtisodini rag’batlantirish siyosatlarini qo’llab-quvvatlaydigan o’n mingdan ko’proq hindlar ham saylov kampaniyasi chog’ida Modini qo’llab-quvvatlash va saylovchilarni unga ovoz berishga undash uchun Hindistonga kelishdi. Tabiiyki, bu partiya do’stlarining, uning siyosatlarini qo’llab-quvvatlovchilarning va Modi tarafdorlarining kuchli yordamidan tug’ilgan bu quvvatning Modi obro’sini ko’tarishda va boshqa partiyalarning saylov kampaniyalarini bir chetga surib qo’yishda roli kuchli bo’ldi.

Qanday bo’lmasin, Amerikaning Uzoq Sharqdagi kuchli manfaati mutaassib hindus Modining g’alabasi ortida turganligi aniqdir. Masalan arab tilidagi Bi-Bi-Si 2014 yil 19 mayda «Nuqtai nazar: Modi Hind-Amerika aloqalariga qanday ta’sir o’tkazadi?» nomli maqolani nashr qildi. Liza Kertis qalami bilan yozilgan bu maqolada Modi bilan birga ishlash degan nom ostida meros muassasasi quyidagilarni keltirdi: «Nyu-Deli bilan Vashingtondan har birining strategik maqsadlari bor. Bu maqsadlar orasida terrorizmga qarshi kurash, dengizlardagi o’tish yo’llarini ochiq holda saqlab qolish, Xitoyning yuksalishiga qarshi turish kabi maqsadlar bor. Xitoyga nisbatan yanada ehtiyotkor siyosatga tayanib Bxaratiya Janata partiyasiga alohida ahamiyat berish amerikalik mas’ullarga bu partiya bilan yaqindan muomalada bo’lish imkonini beradi». Amerika prezidenti Barak Obama ham – Oq uy chiqargan bayonotga ko’ra – Modi bilan uni g’alaba bilan tabriklash uchun juma kuni telefon orqali bog’lanib uni Qo’shma Shtatlarga kelishga taklif qildi. Bi-Bi-Si Arabiy 2014 yil 16 mayda nashr qilgan xabarga ko’ra Obama Modiga «Qo’shma Shtatlar bilan Hindiston o’rtasidagi strategik sherikchilik aloqalarini o’rnatish borasidagi favqulodda va’dani ro’yobga chiqarish» maqsadida o’zining u bilan amaliy aloqalar o’rnatishga intilishini aytgan. Obama qo’shimcha qilib «ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish uchun Modini ikkala taraf kelishib oladigan vaqtda Vashingtonga kelishga taklif qildi».

2 – Shunday qilib demak biz Amerikaning saylov amaliyoti nihoyasiga etishi bilanoq va hali oxirgi rasmiy natijalar e’lon qilinmasdan turib Modi boshchiligidagi Janata partiyasining g’alaba qozonishini o’ta istaganini ko’rib turibmiz. Masalan «O’rta Sharq» gazetasida 2014 yil 12 mayda quyidagilar keldi: «Obama Hindistonda o’tkazilgan saylovlarni ular 2014 yil 12 mayda nihoyasiga etib, Bxaratiya Janata partiyasining g’alaba qozonganini ko’rsatib turgan ilk natijalar chiqishi bilanoq – oxirgi natijalar 2014 yil 16 mayda chiqishini kutib o’tirmasdan – oshiqib olqishladi». Obama bunday dedi: «Biz yangi Hind hukumati tuzilishini ko’rishga va kelgusi yillar samarali bo’lishi uchun yangi Hind idorasi bilan birgalikda mustahkam ravishda ish olib borishga oshiqyapmiz…». Bu esa Amerikaning Modi boshchiligidagi Bxaratiya Janata partiyasining g’alaba qozonishini qanchalik istaganini ko’rsatib turibdi. Bu partiya unga 1998-2004 yillar orasida hokimiyatda turgan Atal Bixari Vajpai boshchilik qilgan paytda ham Amerika bilan hamkorlik qilgan edi. Hozir ham shunday bo’lyapti. Shuning uchun bu partiyaning g’alaba qozongani haqida 2014 yil 16 mayda rasman e’lon qilingach Obama darhol uning boshchisi Modini telefon orqali tabrikladi va uni Vashingtonga kelib o’zi bilan uchrashishga taklif qildi. Amerika prezidenti Modi bilan bo’lgan telefon muloqotida «Qo’shma Shtatlar bilan Hindiston o’rtasida o’ziga xos, ko’p narsalarni va’da qiluvchi strategik sherikchilikni oldinga siljitish uchun o’zining Modi bilan mustahkam hamkorlik qilishga intilayotganini» ko’rsatib o’tdi. (Hindistonning Indiya televideniesi 2014 yil 17 may). 2014 yil 5 iyunda esa ikki Hind gazetasi: «Times of India» va «Hindustan Times» bir xabar tarqatdi. Unga ko’ra Modi Amerika prezidenti bilan uchrashish uchun sentyabrda Vashingtonga boradi. Bularning barchasi Amerika Hindistonning mana shu partiya va uning etakchisi Modi boshchiligida o’ziga xos strategik sheriklik nomi ostida o’zi bilan birga qadam tashlashiga ishonchda ekanini ko’rsatib turibdi. Agentliklar shu yilning boshida Amerikaning Hindistondagi elchisi Janata partiyasi raisi Modi bilan uchrashgani haqida xabarlar tarqatgan edi. Bu saylovlardan oldin bo’lgan edi. Bu esa mushtarak rejalar chizib chiqilganini, Modi bu rejalarni saylanganidan keyin Amerika siyosatiga muvofiq amalga oshirishga kirishishini ko’rsatadi.

Haqiqatda Amerika Modining g’alabaga erishganidan va Janata partiyasining Kongress partiyasi hukmron bo’lgan o’n yildan keyin hokimiyatga qaytganidan quvondi. Chunki Kongress partiyasi hukmronligi davrida Amerika bilan Hindiston o’rtasidagi aloqalar ko’ngildagidek emas edi. Chunki Kongress partiyasi ayniqsa Xitoyga qarshi turish mavzusida Amerika istagiga ko’pam qo’shilmas edi. Shuning uchun ham Obama Amerika malaylari hokimiyatga qaytgani sababli o’z xursandligini e’lon qilish uchun Hindistondagi saylovlar natijalari chiqishini sabrsizlik bilan kutdi. Obama xursandligidan Modini Gujarat shtatidagi musulmonlar uchragan qirg’inlar sababli Qo’shma Shtatlarga kirishdan man qilish haqidagi Amerika qarorini ham unutib qo’ydi. O’sha qirg’in chog’ida Modi shu shtat bosh vaziri edi. Obama buni unutdi. Bunda esa Amerikaning inson huquqlari haqidagi soxta da’volariga aldangan anavi kimsalar uchun bir saboq bor. Chunki Amerika agar o’zining manfaatlari taqozo qilsa butun inson huquqini devorga uradi. Shuning uchun Amerikaning Modini kirishdan man qilish haqidagi qarori uning g’alabasini qizg’in tabriklashga va uni Qo’shma Shtatlarga kelishga tantanali taklif qilishga aylandi, qoldi…

Shunga ko’ra demak Amerikaning Janata partiyasining hokimiyatga qaytganidan xursandligi avjiga chiqdi. Chunki Amerika malaylari Hindiston va Pokistonda hokimlarga aylanishdi. Shuning uchun demak Amerika o’zining Pokistondagi malaylaridan va eng avvalo bosh vazir Navoz Sharifdan Hindistonning Xitoyga qarshi turishdagi pozitsiyalarini kuchaytirish uchun Hindiston foydasiga yanada ko’proq yon berishlarni talab qilishi kutiladi. Boshqacha aytganda Amerika Pokiston bilan Hindiston o’rtasidagi nizo holatining to’xtatishini, lekin bu Pokiston hisobiga bo’lishini istamoqda… Pokiston bilan Hindiston o’rtasidagi ikki yoqlama aloqalardagi asosiy og’ir masala nizoli Kashmir mintaqasidir, undan keyin Hindistonda faoliyat olib borayotgan qurolli Islomiy guruhlar masalasi turadi. Nyu-Deli Pokistonni bu guruhlarni qo’llab-quvvatlashda ayblamoqda. Shuning uchun Amerikaning o’z malayi Navoz Sharifga u Kashmirda Hindiston foydasiga katta va xatarli yon berishlar qadamini tashlashi uchun bosim o’tkazishi kutiladi. Amerika ekstremist hindus Narendra Modi va uning partiyasini rozi qilish uchun o’zining malayi Navoz Sharifga shunday bosim o’tkazadi. Amerika o’zi «terrorizm» deb atayotgan narsani yo’q qilish uchun Navoz Sharifdan Kashmirdagi mujohidlarni ta’qib qilishni ham talab qiladi. Bundan maqsad yuksalib kelayotgan Xitoyga qarshi turish uchun Hindistonning qo’lini bo’shatib qo’yishdir…

1998-2004 yillar orasida Janata partiyasi hokimiyatda turgan paytda ham shunday bo’lgan edi. Chunki o’shanda ham Pokiston Kashmir borasida – u erdagi Amerika malaylarini kuchaytirish va Amerika nufuzini mustahkamlash uchun – Hindiston foydasiga yon berishlar qadamini tashlagan edi. Masalan Navoz Sharif Pokiston armiyasiga Kargill tepaliklaridan chiqib ketishni buyurgan edi. Vaholanki bu tepaliklarni armiya va mujohidlar o’zlarining qahramonona janglarida ozod qilishgan edi. Bu yon berish Navoz Sharif 1999 yil 4 iyulda Amerikaga borib o’sha vaqtdagi Amerika prezidenti Bill Klinton bilan uchrashganidan keyin yuz bergan edi. O’shanda Amerika Navozga armiyani olib chiqib ketishi uchun bosim o’tkazdi va Navoz bo’ysunib armiyaga chiqib ketish to’g’risida buyruq berdi. Mana hozir ham mana shu Navoz yon berishlarni yana davom ettirmoqda. Bu yon berishlarning belgilaridan biri Navoz Sharifning 2014 yil 26 mayda yangi Hind bosh vaziri Modining qasamyod marosimida ishtirok etganligi va u bilan uchrashib bir yarim soat suhbatlashgani bo’ldi. Modi unga bunday dedi: «Pokiston o’z erlaridagi qurolli jangarilarni Hindistonga qarshi hujumlar uyushtirishdan man qilishi va 2008 yildagi Mumbayga hujum qilganlarni jazolashi lozim» (Reyter 2014 yil 27 may). Navoz Sharif zaiflik ko’rsatdi va xorlarcha bo’yin egdi. Chunki u bunga qarshi loaqal shunga teng keladigan darajada rad javobini ham bermadi. Aksincha u jurnalistlarga: «Modi bilan ikki yoqlama iliq va do’stona uchrashuv o’tkazganini» aytish bilangina kifoyalandi. Holbuki, Hindistonning Gujarat shtatida ro’y bergan hodisalar musulmonlarning xotirasida hamon saqlanib kelmoqda. Chunki 2002 yilda Narendra Modi Gujarat shtati bosh vaziri bo’lib turgan paytda hinduslar musulmonlarga qarshi vahshiyona ishlarni amalga oshirishgan, bu vahshiyliklar oqibatida 2000dan ko’proq musulmon o’ldirilgan va 100 mingga yaqin musulmon quvg’in qilingan edi. Musulmonlar ana shu quvg’in oqibatlaridan hamon aziyat chekishmoqda, uylariga haligacha qaytisha olgani yo’q, shtat hukumati ham, Hindistondagi markaziy hukumat ham ularga hech qanday yordam ko’rsatgani yo’q. Navoz Hindistonning Pokistonga qarashli Balujiston iqlimidagi separatistlarni qo’llab-quvvatlayotgani masalasini ham qo’zg’amadi. Shunday qilib Navoz yangi Hind bosh vaziri Modiga qarshi chiqib loaqal shularning barchasini uning yuziga solish o’rniga Amerika talablariga bo’ysunib Modi qarshisida ojizlik qildi. U Pokistonning Hindistonni rozi qilishi to’g’risidagi Amerika siyosati talablariga xorlarcha bo’ysundi!

3 – Boshqa tomondan esa Amerikaning Hindistonga Afg’onistonda bir alohida rol bergani va bu ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga harakat qilayotgani ko’zga tashlanmoqda. Amerika Afg’onistonda barqarorlikni mustahkamlashda Pokistonga muhtoj bo’lib qolmaslik uchun Hindiston bilan Afg’oniston o’rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Shuning uchun Modi o’zining qasamyod marosimida uchrashgan birinchi prezident Afg’onistondagi Karzay bo’ldi. Chunki Amerika Hindistondagi hukumat hozirgidek o’ziga malay bo’lgan paytda Pokistondan ko’ra ko’proq Hindistonga ishonadi. Chunki garchi Pokistondagi hukumat ham Amerikaga malay bo’lsa-da lekin Amerika bu islomiy yurtda har qanday lahzada har qanday o’zgarish yuz berishi mumkinligidan qo’rqadi. Shuning uchun Amerika Pokistonga uzoq davr mobaynida ishonmay kelmoqda. Chunki bu yurt ahli o’zgarish yasash harakatidadir. U erda G’arbdan, ayniqsa Amerikadan butunlay xalos bo’lib ozod bo’lish sari haqiqiy va jiddiy intilish bor. Chunki Amerika bu yurtdagi hokim rejim elkasiga minib olib, o’z malaylarini hokimiyatga olib kelmoqda, armiya qo’mondonligini ham o’z changalida ushlab turibdi. Shu tariqa Amerika Pokistondagi siyosiy va harbiy rahbariyatda o’zining tayanchlarini paydo qilib olgan…. Amerika o’zining tayanchlarini bu Ummat emirib uloqtirib tashlashidan qo’rqmoqda. Amerikaning eng katta qo’rquvi Ummatning Islom boshqaruvini barpo qilib Xalifalikni e’lon qilishidir. Mana shu narsa Amerikani tashvishga solyapti… Shuning uchun Amerika o’zining askarlari Afg’onistondan chiqib ketganidan keyin Afg’onistondagi ishlarni tartibga keltirishda Pokiston rejimiga tayanish bilangina kifoyalanmaydi, aksincha u Hindistonga Afg’onistonda u erdagi vaziyatni tartibga solishda bir alohida kuchli rolni ajratib bermoqchi. Bu esa Amerika va G’arb kuchlari Afg’onistondan chiqib ketganidan keyin Hindiston bilan Afg’oniston o’rtasidagi xavfsizlik bo’yicha hamkorlikni kuchaytirish va Amerikaning xavfsizlik jihatidan ko’proq Hindistonga tayanishi bilan amalga oshiriladi. Amerikaning Sayens Monitor gazetasi 2014 yil 1 iyunda Hind-Afg’on aloqalari haqida bir hisobotni nashr qildi. Unda jumladan bunday deb yozdi: «Afg’on prezidenti Homid Karzay o’tgan hafta yangi Hind bosh vaziri Narendra Modining qasamyod marosimiga hozir bo’lar ekan o’zi bilan Afg’oniston qo’lga kiritishni istayotgan qator qiziqtiruvchi talablar ro’yxatini olib keldi. Bu talablar ichida tanklar, qurol-aslahalar, yuk mashinalari va vertolyotlarni etkazib berish talablari bor». Gazeta bunday deb qo’shimcha qildi: «Karzayning talablari Nyu-Deli o’zining Qobulga etkazib berayotgan harbiy yordamlarini ko’paytirishi kerakmi yoki yo’qmi, degan mavzu borasida Hind hukumati va harbiy doiralarda bahslar tobora kuchayib borayotgani bilan bir vaqtga to’g’ri kelmoqda…». Gazeta yana bunday deb yozadi: «Hindistonning Afg’oniston bilan an’anaviy iliq mushtarak aloqalari bor. Hindiston Tolibon hukumati davrida Afg’onistondan uzoqlashgan bo’lsa, hozirda u Qobulning strategik sherigi va do’stiga aylangan». Shunday qilib Hindiston Amerika malayi Modi davrida Afg’onistonda u erdagi Amerikaga malay rejim foydasiga xavfsizlik jihatidan bir faol rolni o’ynamoqchi.

4 – Xitoy haqida aytadigan bo’lsak, Xitoyning nufuzi o’tgan ikki o’n yillik oralig’ida kuchaydi. Chunki Xitoy o’z mintaqasida o’zini kuchaytirishga harakat qildi. Shuning uchun Amerika Xitoyni uning atrofidagi Yaponiya, Janubiy Koreya, Vetnam va Hindiston kabi davlatlar orqali tiyib qo’yishga harakat qilmoqda. Xitoyni iskanjaga olish va uni o’z chegaralari yaqinida joylashgan davlatlar bilan doim mashg’ul qilib qo’yish maqsadida Qo’shma Shtatlar turli ittifoqlar va sherikchiliklarni tuzdi. Amerika Yarim oroldagi Hindistonni Xitoyga qarshi turishga munosib davlat deb bildi. Chunki Hindiston Xitoy bilan chegaralarga oid turli kelishmovchiliklar bo’yicha anchadan beri yovlashib keladi.

Shunday qilib demak Amerika Xitoyga bosimlarni kuchaytirish uchun Hindistonni ta’sirli tarzda ishga solish rejasini tuzdi. Amerika shu orqali Xitoyni iskanjaga olib, uning o’z tevaragidagi mintaqalarni o’z nazoratiga olishiga to’sqinlik qilmoqchi, uni faqat o’z erlaridagina qamalgan holda qoldirib, uni Hindiston bilan va o’z chegaralarini himoya qilish bilan band qilib qo’ymoqchi. Shu maqsadda Amerika ikki yil oldin o’zining Osiyo-Tinch Okeaniga taalluqli rejasini e’lon qildi. Amerika Xitoyga qarshi turish uchun o’zining dengiz kuchlaridan 60 %ga yaqinini shu mintaqada to’plashi va mintaqadagi davlatlar bilan – ularni o’z tomoniga og’dirish va ularni Xitoyga qarshi harakat qilishga yo’llash uchun – ittifoqlar tuzishi mana shu siyosatning bir qismidir. Bu davlatlar orasida Hindiston ham bor. Amerika Hindiston e’tiborini Tinch Okeandagi sharqiy mintaqaga, aniqrog’i Janubiy Xitoy dengizi mintaqasiga qaratishga harakat qildi. Amerika Hindistonni bu mintaqadagi mavjud neft va gazdan iborat energiya manbalari bilan qiziqtirishga urindi. Lekin Kongress partiyasi boshchiligidagi Hind hukumati bu yo’nalishda Amerikaga ko’pam qo’shilmadi. Holbuki Amerika Kongress partiyasi boshqarayotgan Hindistonni Xitoyga qarshi turish girdobiga tortish uchun butun og’irligini solib bosim o’tkazgan edi. Chunki Amerika shu g’arazda o’tgan yilning o’rtasida vitse-prezident Jozef Baydenni hamda o’zining tashqi ishlar vaziri Jon Kerrini yuborgan va Avstraliyani Hindiston bilan sherikchilik qilishga undagan edi. Amerika Pokistonga – uni Hindiston foydasiga yon berishlarga va o’z kuchlarini Hindiston bilan bo’lgan chegaralardan olib chiqib ketishga majbur qilish uchun – bosim o’tkazdi. Chunki o’shanda Hindiston o’z kuchlarini va butun e’tiborini Xitoy bilan bo’lgan chegaralarga ko’chirish imkoniga ega bo’lardi. Jorj Bush ham Hindistonga 2006 yilda Kongress partiyasi davrida kelib, Hindistonni qo’llab-quvvatlovchi bir necha kelishuvlarni, jumladan yadroviy energiyadan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi kelishuvni imzolagan edi. Obama ham Hindistonga 2010 yil noyabrda keldi. Bularning barchasi Hindistondagi hukmron Kongress partiyasiga ta’sir o’tkazish va uni Amerika siyosatiga tortish uchun edi. Lekin Amerika Kongress partiyasiga – bu partiya Amerika siyosati doirasida yurishi uchun yoki Amerika siyosatini amalga oshirishda Amerika tomonida turadigan bir kuchli sherik bo’lishi uchun – ta’sir o’tkaza olmadi. Bunga sabab Hind Kongress partiyasining inglizlarga malayligi va Amerika siyosatini tanqid qilishi bo’ldi… Bu partiyaning 2005 yildagi saylovlardagi bayonoti shunga dalolat qilib turibdi. O’sha bayonotda quyidagilar kelgan edi: «Hindistondek bir buyuk mamlakatning AQShga tobe shunchaki bir aloqaga aylanib qolgani juda qayg’ulidir. Shu darajadaki, Qo’shma Shtatlar hukumati Hindistonni malay qilib olishni bir kafolatlangan ish deb hisoblaydigan bo’lib qoldi, bu esa Bxarata Janata partiyasi (BJP) hukumatlarini o’z siyosatlariga Qo’shma Shtatlarning birlamchi manfaatlari va siyosatlari bo’yicha o’zgartirish kiritishga tayyor turish, Hindistonning o’ziga xos tashqi siyosatiga va milliy xavfsizlik manfaatlariga esa zarur darajada ahamiyat bermaydigan bo’lish holatiga olib keldi». Shunday qilib demak Amerika Kongress partiyasini Xitoyga qarshi Amerika siyosatini amalga oshirishga ko’ndira olmagan edi. Bundan tashqari Qo’shma Shtatlarning Hind armiyasi qo’mondonligini o’z armiyasini Pokistondan uzoqda Xitoyga qarshi joylashtirishga ko’ndirishga urinishi ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki Hind armiyasi butun e’tiborini ichki barqarorlikka, Kashmirga va Pokiston bilan bo’lgan chegaralarga qaratadi. Chunki Pokiston bilan bo’lgan chegaralar bo’ylab to’qqiz Hind armiyasidan ettitasi hamda uchta harbiy brigada joylashtirilgan. Hind armiyasining oldingi chiziqdagi asosiy harbiy bazalaridan 80 %i ham Pokistonga qarshi qaratilgan.

Ammo endi 2014 yil maydagi saylovlarda Janata partiyasi g’alaba qozondi, u to’qsoninchi yillardagi Vajpai davridan beri doimo Qo’shma Shtatlarga malay bo’lib kelgan partiyadir. Shuning uchun Amerikaning Hindistonni Xitoyga qarshi qo’yishi uchun yana bir fursat tug’ildi. Chunki Hindistonni Xitoyga qarshi qo’yish oldida turgan katta to’siq, ya’ni Kongress partiyasining hokimiyatda turishi yo’q bo’ldi. Shuning uchun Amerikaning o’ziga malay Janata partiyasini Hind armiyasini Pokiston bilan bo’lgan chegaralarga to’plash o’rniga Xitoy bilan bo’lgan chegaralarga to’plashga ko’ndirish oson bo’lib qoldi. Ayniqsa Pokistondagi siyosiy va harbiy rahbariyatning Amerika talablariga bo’ysunishini e’tiborga olinsa Qo’shma Shtatlarning Janata partiyasiga Pokiston rahbariyatining Pokiston armiyasini shimoliy mintaqalar bo’ylab joylashtirishi, Pokiston armiyasining Hindiston bilan bo’lgan chegaralardagi tayyorgarligi va harbiy texnikasini kamaytirishi to’g’risida kafolat berishi aniq! Ma’lumot uchun shuni aytamizki, Pokiston quruqlik kuchlari asosan 13ta armiyadan iborat bo’lib, ulardan to’qqiztasi Hind chegaralari yaqinida joylashtirilgan. Musharraf va Kiyoniy davridan boshlab shimoliy mintaqalardagi va Suvot mintaqasidagi harbiy amaliyotlar bu armiyalardan ba’zilarini Hind chegaralaridan uzoqqa ko’chirishga olib keldi.

2013 yil yanvarda general Kiyoniy mamlakatning strategik doktrinasini e’lon qildi. Natijada harbiy vaziyatga o’zgartirish kiritildi va mamlakat xavfsizligiga eng katta xatar Hindiston emas, balki ichki tahdidlar deb belgilandi. Bu bilan esa Pokiston butun e’tiborini Hind chegaralaridan Afg’onistonga qo’shni bo’lgan o’zining shimoliy mintaqalariga qaratadigan bo’ldi. Lekin Hindiston Pokistonning qadamiga javoban xuddi shunday qadamni tashlamadi, aksincha Hindiston Pokistonga nisbatan hamon o’zi uchun asosiy tahdid sifatida qaramoqda. Shuning uchun Hindiston o’zining kuchlarini Pokiston chegaralaridan butunlay uzoqlatishdan bosh tortib keldi.

Qanday bo’lmasin, hozir Hindiston va Pokistondagi rejimlar Amerika siyosatini ijro qiladigan bo’lib qoldi. Shu maqsadda Amerika Pokistonni Afg’oniston va Shimoliy mintaqalar ishi bilan band qilib qo’yishni davom ettirmoqda. Binobarin bu erda yirik Hind harbiy kuchlarining Pokiston bilan bo’lgan chegaralarda turishini oqlovchi hech qanday asos qolmaydi. Bu esa Hindistonga o’z kuchlarini asosan Xitoyga qarshi to’plash imkonini beradi. Shu maqsadda Qo’shma Shtatlar Hindistonga xavfsizlik bitimlari orqali harbiy jihozlarni etkazib beradi. Hozir hokimiyatda BJP turgani sababli – bu partiya uzoq vaqtdan beri Yarim orolda politsiyachi rolini o’ynashni orzu qilib keladi – demak bu partiya mana shu yo’lni tutadi. Amerikaning Hindistonga Hind shirkatlarida sarmoya yotqizish va Hind iqtisodiga yordam uchun texnologiyani etkazib berish kabi iqtisodiy bitimlarni taklif qilishi ham kutilmoqda. Bxaratiya Janata partiyasi (BJP)ning Xitoy janubiy dengizlaridagi energiya manbalariga ega bo’lishga harakat qilib o’zining harbiy tayyorgarliklarini zo’r berib kengaytirishi ham ehtimoldan xoli emas.

Amerika Xitoyni iskanjaga olish, uni nazorat ostiga olib uning faoliyatlarini cheklab qo’yish va Hindistonning Xitoyga raqobatchi kuch sifatida maydonda paydo bo’lishi uchun bu strategik hamkorlikni kuchaytirishdan hech shubhasiz manfaatdordir. Ayniqsa Janata partiyasi saylovlarda uning bir o’zi hokimiyatda turishiga imkon beradigan ko’pchilik ovozni olib g’alaba qozongan ekan bu ish Amerikaning Hindistonni Xitoyga qarshi harakatlantirishini oson qilib qo’yadi. Ayniqsa quyidagi sohalarda oson qilib qo’yadi:

a) Tibet mintaqasi mustaqilligi mavzusini qo’zg’ash, Xitoy bilan Hindiston o’rtasida Ladak mintaqasi chegarasida ro’y bergan nizo mavzusini qo’zg’ash…

b) Savdo yo’llari, ya’ni Xitoy dengizi orqali o’tadigan savdo yo’llarining xavfsizlik jihati, bu yo’llar orqali o’tadigan yuklar xalqaro yuklarning 50 %ni tashkil qiladi.

Bularning barchasi Xitoyga muammolarni tug’dirib, Xitoyni ularni hal qilish bilan band qilib qo’yadi. Binobarin Xitoyni uning atrofidagi mintaqalarga qamab qo’yadi. Bu esa Amerikaning Xitoyga qarshi tayyorlagan siyosatiga juda mos keladi. Amerikaning Modini Xitoyga qarshi harakatlantirishga muvaffaq bo’lgani ko’rinib turibdi. Chunki Modi armiyaning sobiq qo’mondoni V.K. Singxni shimoliy sharqiy mintaqaning – u erdagi milliy xavfsizlik vaziyatini o’nglash uchun – federal vaziri etib tayinladi. Modining aytishicha bu mintaqada vaziyat sobiq hukumat davrida va Xitoy bilan muomalada bo’lish davrida zaiflashib qolgan. U o’zining yangi mansabini o’tgan payshanba kuni egallaganidan keyin jurnalistlarga «shimoliy sharqni rivojlantirish mening eng birlamchi vazifam bo’ladi» dedi. Shuning uchun Singxning shimoliy sharqdagi Xitoy bilan bo’lgan chegaralar bo’ylab 80 ming askardan iborat kuchlarni tuzishga oid Hindiston rejasiga yana ahamiyat qaratishi kutiladi.

Shunday qilib demak Amerika o’zining Hindistonni Xitoyga qarshi harakatlantirish to’g’risidagi rejasini davom ettirmoqda. Buning uchun oldin Hindistonning Pokiston bilan bo’lgan chegaralarining xavfsizligini ta’minlab oladi. Shu maqsadda Amerika Pokiston rahbariyatiga Pokiston armiyasini Afg’oniston bilan bo’lgan chegaralarga va shimoliy mintaqalarga yuborishni buyurmoqda. Amerikaning bundan maqsadi Pokiston armiyasi o’zining butun kuchini Kashmirni asirlikdan qutqazib ozod qilishga qaratish o’rniga o’zining musulmon birodarlariga qarshi jangga kirishidir. Holbuki Alloh musulmonlar zimmasiga Alloh dushmanlarining musulmonlar yurtlaridan hech qaysisi ustidan hukmron bo’lib olishlariga imkon bermasliklarini farz qilgan

 «Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo’minlar ustiga yo’l bermagay» [Niso 141]

 Amerika o’zining jinoyatlarida, fitnalarida va davlatlar suverenitetini buzishda eng yovuz mustamlakachilardan ham o’tib tushdi… Amerika o’zining mustamlakachilik manfaatlari yo’lida har qanday jinoyat va fitnani qilishdan aslo toymaydi. Mana masalan u Xitoyga qarshi ochiq shaklda fitnaga til biriktirayotgan bo’lsa Hindistonga qarshi maxfiy ravishda fitna qilmoqda. Chunki u Hindistonga quruqlik va dengizda Xitoyga qarshi turish Hindiston manfaatiga xizmat qiladi degan tasavvurni bermoqda va Hindistonni yordamlar va strategik ittifoqlar bilan qiziqtirmoqda. Vaholanki bularning barchasi Hindistonga oxir oqibat zarar etkazadi. Chunki Xitoy Hindistondan ko’ra moddiy va fikriy jihatdan kuchliroqdir… Shu bilan birga Xitoy va Hindistonni birlashtiradigan narsa ham yo’q. Shuning uchun bu ikki davlatning o’zaro kurashga kirishi hayron bo’ladigan ish emas. Lekin hayron bo’ladigan ish Pokistondagi rejim va Afg’onistondagi rejim Amerika siyosatini ijro qilayotganidir. Vaholanki Amerika siyosati Pokiston va Afg’onistondagi musulmonlarni bir-biri bilan urushtirishni taqozo qiladi… Bundan ham ko’ra hayron qolinadigan ish bu ikki zolim rejimning hamon odamlar elkasiga minib kelayotganidir! Alloh Islom bilan aziz qilgan bu ummat zimmasidagi vojib vazifa Islomni mahkam tutib, uni hakam qilib olishidir, mana shu rejimlarni yo’q qilib, Islom davlati, roshid Xalifalikni yangidan tiklashidir. Chunki Xalifalik Amerikani va uning fitnalarini yanchib tashlaydi, Afg’oniston, Pokiston va barcha musulmonlar yurtlarini yana Allohning birodar bandalariga aylantiradi.

 «O’sha kunda mo’minlar Alloh g’olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O’zi xohlagan kishini g’olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

 13 sha’bon 1435h

11 iyun 2014m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.