Iordaniyada Xalifalik namoyishi

870
0

Xalifalik davlati qulatilganligining 93 yilligi munosabati bilan Hizbut Tahrir – Iordaniya viloyati namoyish tashkil qildi. Namoyish Allohning fazli marhamati ila muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Davlat kuchlari tarafidan kuchli xavfsizlik choralari ko’rilganiga qaramay, juda ko’p insonlar namoyish chaqirig’ini ijobiy qabul qilib yurishga qatnashdilar. Masjiddan yo’lga chiqqan namoyishchilar “Al-Hayot” shifoxonasining qarshisidagi maydonga qarab yo’l olishdi. Birinchi guruh Abu Ayyub al-Ansoriy masjididan, ikkinchi guruh esa Ammonning Nizal mahallasidagi Abu Zam’a masjididan yurishni boshladi.

 “La ilaha illalloh, Muhammadur Rosululloh” deb yozilgan oq va qora bayroqlar ko’tarib olishgan olomon musulmonlar askarlariga nido yo’llashib, ulardan Xalifalik davlatini tiklashni talab qilishdi. Namoyish chog’ida Hizbut Tahrir a’zolarining qamoqqa olinishi qattiq qoralandi.

Namoyish janob Abu Bakr Al-Fuqaho tarafidan qilingan jo’shqin nutq bilan davom etdi. U o’z nutqida farzlarning toji bo’lgan Xalifalik davlatini tiklash yo’li bilan Islomni hayotga qaytarish vojibligini ummatga eslatib o’tdi.

So’zga chiqqan Abu Salom Bani Sahr ham harbiylar va xavfsizlik kuchlaridan ummatning safiga qo’shilishni talab qilib “Chunki Islomni tatbiq qilish ummatning talabidir”, deya ta’kidladi. U yig’ilganlarni Xalifalikni tiklash va musulmon o’lkalarini birlashtirish uchun samimiy insonlar bilan faoliyat olib borishga chaqirdi. Sayks-Piko bitimi ummatni parchalab tashlaganligini va ummatni qayta birlashtirib muqaddasotlarini qutqarishning yagona yo’li ikkinchi Roshid Xalifalik davlatini qurish ekanligini yodga soldi.

Rejim tarafidan qamoqqa olingan Midhad Mirorning otasi ham so’zga chiqib o’g’lining qanday qamoqqa olinganligi haqida so’z yuritdi.

“Ummatni birlashtirish uchun harakat qilgan insonlar qamoqqa olinishi kerakmi, yoki buzg’unchilarmi?”, degan savolni o’traga tashladi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.