Qobul shahridagi toʻyda yuz bergan portlash xususida Hizb ut-Tahrir – Afgʻoniston viloyati chiqargan bayonot

612
0

Qobul shahridagi toʻyda yuz bergan portlash xususida Hizb ut-Tahrir – Afgʻoniston viloyati chiqargan bayonot

Qobulning gʻarbiy qismida toʻyda yuz bergan portlashda 100ga yaqin oddiy fuqaro halok boʻldi va yuzlab kishi jarohatlandi. Hizb ut-Tahrir – Afgʻoniston matbuot boʻlimi bu portlashni keskin qoralaydi hamda halok boʻlganlar uchun firdavs jannatini, jarohatlanganlarni tezroq sogʻayib ketishini va oilalariga sabr berishini Allohdan soʻraydi. Bu kabi jirkanch ishlarni sodir etganlarda insoniy yoki islomiy qiymat mavjud emas.

Shu narsa aniqki, bunday razil jinoyatlar mintaqaviy va xalqaro kuchlar razvedka idoralarining Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni xususidagi raqobati natijasida paydo boʻladi. Chunki har bir taraf qabih portlash va xudkushlik hujumlarini sodir etish orqali tinchlik jarayonidan katta ulushga ega boʻlish uchun harakat qilmoqda. Bularning barchasi begunoh Afgʻon xalqini oʻldirish evaziga amalga oshirilyapti. Mustamlakachilar daʼvo qilayotgan tinchlik jarayoni boshlangandan beri barcha yashash maskanlari, shu jumladan, shahar, qishloq, masjid, madrasa, universitet, toʻy marosimlari va janozalar urush maydoniga aylanib qoldi. Bu urushda ishtirok etayotgan barcha taraflar Afgʻon xalqining qonini toʻkish orqali tinchlik jarayonida yutuqqa erishib, oʻzlari uchun turli imtiyozlarni qoʻlga kiritishmoqda.

Afgʻonistondagi urush va tinchlik Amerika va Gʻarb foydasiga tashkil qilingan. Gʻarb kuchlari qachon oʻzlarining manfaatlariga mos kelsa, urush va tinchlik haqida gapiradilar. Prezident Ashraf Gʻaniy bundan bir necha kun oldin Afgʻoniston xavfsizlik kuchlariga murojaat qilar ekan, uyalmay, shunday degan edi: “Bugun, sizlarning fidokorligingiz sababli Vashington va Nьyu-Yorkda birorta portlash sodir boʻlmadi. Sizlar haqiqatda olam xavfsizligidan masʼulsizlar”!

Holbuki, razvedka agentliklari oʻrtasidagi bellashuv natijasida Afgʻon xalqi qoni toʻkilmoqda. Buning ortidan esa Vashington, Nьyu-York, London, Parij, Berlin, Pekin, Moskva, Dehli, Tehron va Islomobodda xavfsizlik saqlanmoqda. Amerikalik rasmiylar birlamchi masala Afgʻonistondagi xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash emas, balki oʻzlari va ittifoqchilarining manfaatlarini roʻyobga chiqarish ekani haqida bir necha marta taʼkidlashgan.

Saqofiy, iqtisodiy, razvedka, siyosiy, fikriy va harbiy bosqinchilik bu yurtdan quvib chiqilmas ekan, Afgʻonistondagi qotillik va qoʻrqitishlar nihoya topmaydi. Afgʻon xalqi ortida bosqinchilik rejalari boʻlgan soxta tinchlik shiorlaridan aldanishni toʻxtatsagina bu xoin hokimlarga barham beriladi. Bu esa, kofir Gʻarb bosqinchilari yurtdan quvilib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik tiklanishi orqali amalga oshadi. Shunda Islomiy Ummatning barchasiga tinchlik va xavfsizlik roʻyobga chiqadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.