Keldibekov tarafdorlarining talablari bittaga ko’paydi

393
0

1385452594_zhol27 may kunidan buyon O’sh – Ergashtom yo’lini to’sib turgan parlamentning sobiq spikeri Axmatbek Keldibekov tarafdorlari unga nisbatan qo’llanilgan ehtiyot chorasini uy qamog’iga aylmashtirishni talab qilib kelishayotgan edi. Bugun esa ular yana bir talabni ilgari surdilar. Mazkur talab Qirg’iziston bosh prokurori Aida Salyanovani istefoga ketishidan iborat. Bu haqida “24.kg” axborot agentligiga Keldibekov himoyasi bo’yicha tashkil etilgan qo’mita raisi Karim Sarbashev ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, O’sh – Ergashtom yo’li avtomobillar o’tishi uchun hamon yopiqligicha qolmoqda. “Kecha biz tuman hokimi va tuman IIV boshlig’i bilan betaraf hududda muzokaralar olib bordik. Ular bizni yo’lni ochib qo’yishga ko’ndirish uchun kelishdi. Biz ham o’z navbatida ularga talablarimizni aytdik. Avval bizning batta talabimiz bo’lib, Axmatbek Keldibekovni uy qamog’iga chiqarishdan iborat edi. Endi yana bitta talab paydo bo’ldi, bu – Aida Salyanovani istefosi. Hatto parlament ham Keldibekovni ozod qilinishi tarafdori, Hisob palatasi ham u (Keldibekov) spiker bo’lib ishlagan vaqtdagi faoliyatidan hech qanday qonun buzilishlarini topmagan. Faqat Aida Salyanovagina uni ozod qilinishiga qarshi va u qamoqda qolishini qat’iy talab qilmoqda”- dedi Karim Sarbashev.

 O’sh viloyati gubernatori So’ronboy Jiyanbekov va O’sh viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig’i Suyunbek Umurzaqov 9 iyun kuni Keldibekov tarafdorlari bilan uchrashish uchun Gulcha qishlog’iga borishdi. O’sh viloyati IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, avtotrassani to’sib qo’yilgan qismidagi bo’z uylar soni 15taga etgan. Yo’l to’sib qo’yilgani sababli 200dan ziyod yuk mashinalari to’planib qolgan. “Ulardan 139tasi “Ergashtom” bojxona postida, yana 80ta yuk mashina to’silgan yo’lga yaqin hududda turipti”.

 Namoyish tashkilotchilarining so’zlariga ko’ra, kunduz kunlari norozilik namoyishiga 500ga yaqin odam yig’ilayotgan bo’lsa, tunda 1000tagacha odam navbatchilik qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.