Masjid al-Aqsoning ostida tunnel ochildi

501
0

a  Isroil kuchlari masjid al-Aqsoning ostida tunnel qurdi. Bu tunnel yahudiylar uchun turli marosimlar o’tkazadigan markaz vazifasini o’tashi aytilmoqda.

Ayni kunlarda Isroil kuchlarining Falastin va Masjid al-Aqsoga nisbatan haddan tashqari bosqinchilik amaliyotlari davom etmoqda. Falastindagi “Masjid al-Aqso” vaqfi tarafidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, bosqinchi kuchlar Masjid al-Aqsoning “Mutahhara” eshigiga to’g’ri keladigan er ostida qazilgan tunnelda o’zlari uchun marosim markazi ochib olishgan. O’n yil muqaddam ochilishi boshlangan bu tunnelda yahudiylar tansaga tushib, cholg’u asboblari yordamida diniy marosimlarini o’tkazshmoqda.

bIsroilga qarashli saytlardan birida tarqatilgan suratlarga ko’ra, Masjid al-Aqso ostida ochilgan tunnelda Mamluklar zamonidan qolgan tarixiy ashyolar namoyish qilingani qo’rsatiladi. Ammo o’rtaga chiqqan boshqa fotosuratlar buning aksini qo’rsatmoqda.

Xabarlarga ko’ra, Yahudiylar o’zlarining din kishilari etakchiligida tunnelda o’tkazgan o’yin kulgi marosimida Isroil davlat vazirlari va yuqori martabali shaxslar ham ishtirok etgan.

Isroil kuchlari tunnelning qoq ustida joylashgan va musulmonlarning ilk qiblasi bo’lgan masjid al-Aqsoda namoz o’qishni istagan Musulmonlarga ruxsat bermayotgan bir paytda o’zlari Masjid al-Aqsoning tagida musiqali marosim o’tkazishib tansaga tushishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.