Urumchida yana notinchlik

393
0

0,,17652781_303,00 Xitoyning Shinjon uyg’ur muxtor viloyatining markazi bo’lgan Urumchida sodir bo’lgan portlash natijasida halok bo’lganlar soni 31 nafarga etgani xabar qilinmoqda.

 Xitoyning rasmiy “Sinxua” axborot agentligi xabariga ko’ra, Urumchi bozorida kamida o’nga yaqin portlash bo’lgani, portlash natijasida 90dan ortiq kishi turli darajada tan jarohatlari olganini xabar qildi.

 Mahalliy vaqt bilan tonggi 8:00da noma’lum odamlar ikkita avtomobilda shahar bozori hududiga kirib, odamlar ustiga bir qancha portlovchi uskunalarni otganligi aytilmoqda.

 Xitoy hukumati yuz bergan voqeani terrorchilik harakati deb baholab, jamiyatni ogohlikka chaqirdi.

 Voqea xaqida xabar berilganidan so’ng Xitoy Kommunistik partiyasi Bosh kotibi, Xitoy Xalq Respublikasi prezidenti va Markaziy harbiy kengash raisi Si TSzinpin bir qator muhim ko’rsatmalarni berdi. U terrorchilarni tezda izlab topishni talab qilib, terrorchilar qattiq jazolanishini aytdi hamda yaralanganlarga tezkorlikda yordam uyushtirish, halok bo’lganlarning yaqinlariga ko’mak ko’rsatishga ko’rsatma berdi. Shuningdek, u jamiyatni ogohlikka chaqirib, asosiy joylarda nazoratni qattiq kuchaytirishga buyruq berganligi aytilmoqda.

 Turkiston:

 Sharq o’lkalarini fath qilish asnosida Islom qo’shinlari Sharqiy Turkiston erlarigacha etib borishgan va bu o’lka mashhur qo’mondon Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy boshchiligida fath qilingan. O’sha davrda bu mintaqa Qashg’ar deb nomlangan.

 Fathdan so’ng o’lka ahli musulmonlar bilan jizya to’lashga kelishishgan. Biroz keyinroq ularning podshosi Islom dinini qabul qiladi va shundan so’ng Islom tezlik bilan yoyila boshlaydi. Abbosiylar xalifaligi davrida (750-1258 yillar) Xitoy bu o’lkani bosib oladi. Lekin, abbosiylar musulmonlarga madad qo’lini cho’zadi va ularga harbiy yordam ko’rsatadi. Natijada ular Xitoy zulmidan xalos bo’lib, qudratli abbosiylar davlati himoyasi ostiga o’tishadi.

 Bu erlarning tub aholisi turkiy xalqlardir. Turkiston musulmonlari Andalusiya taraqqiyoti bilan bellashgudek ulkan madaniy taraqqiyotni barpo qildilar, mintaqada madaniyat, tijorat va ishlab chiqarishning, ayniqsa qog’oz sanoatining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.

 1949- yilda kommunistik Xitoy hukumati Sharqiy Turkistonni bosib oldi va uni “Sintsyan”, ya’ni, yangi er deb nomladi. Xitoy hukumati hozirda o’lkaning musulmon tub aholisini boshqa joylarga ko’chirish va xitoylik xanlarni bu o’lkaga ko’chirib kelish siyosatini olib bormoqda. Shu bilan birga bosqinchilar islomiy osori atiqalarni yo’q qilishga urinmoqda va muntazam ravishda o’lkaning tabiiy boyliklarini tashib ketishmoqda.

 O’lka tabiiy boyliklarga mo’l bo’lishiga qaramasdan, juda ko’pchilik musulmonlar kambag’al-qashshoq hayot kechiradilar. Ustiga ustak, Xitoy hukumati musulmonlarning ko’payishini ham cheklab qo’ygan va natijada 25 millionlik uyg’ur xalqi bugunga kelib 15 millionga tushib qolgan. Musulmon millati qattiq jabr-zulm tufayli tobora kamayib borayapti. Undan tashqari, musulmonlarga islomiy ilmlarni o’rganish, hatto Qur’on o’qish taqiqlab qo’yilgan.

 Butun dunyo musulmonlari jimjit, vaholanki ularning ko’z o’ngida Andalusiya fojeasi takrorlanmoqda!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.