Siz Xalifalik tiklanishi tarafdorimisiz yoki unga qarshimisiz?!

482
0

0

Matbuot bayonoti

Hijriy 1435 yil 19 jumodul-avval, milodiy 2014 yil 19 aprel shanba kuni ertalab Qazorif shahri hukumatining xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir-Sudan viloyati-Qazorif a’zolaridan to’rt nafarini qamoqqa oldi. Qamoqqa olinganlar Ibrohim Abdulqodir, Munavvar Daf’ulloh, Usoma Abdulaziz va Ilmuddin Muhammadhasanlar. Ularning bitta kompyuter va bitta videokameralarini hamda so’rov varaqalarini tortib olishib, ikki soatdan so’ng qo’yib yuborishdi. Ushbu qamoqqa olish ularning xalq bozorida «Siz Xalifalik tiklanishi tarafdorimisiz yoki unga qarshimisiz?!» deya so’rov yozilib, «Ha» yoki «Yo’q» degan joy ko’satilgan varaqa asosida so’rov o’tkazganlaridan so’ng sodir etildi. Xavfsizlik xizmati xodimlari bu qamoqqa olishga yigitlar o’tkazgan amaliyot ruxsatsiz ekanini sabab qilib ko’rsatishdi.

Bu yigitlar o’tkazgan amaliyotning bugungi zamon amaliyotlari ichida eng ulug’i ekanida aslo shubha yo’q. Bu amaliyot Payg’ambarimiz minhoji asosida to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun qaratilgan amaliyotdir. Zotan, Islom davlatisiz Alloh Subhanahu va Taolo ahkomlarining er yuzida tatbiq qilinishi mumkin emas. Islomni Xalifalikdan o’zga davlati ham bo’lmaydi. Bu amal har bir musulmondan uni ado etishga harakat qilish talab etilgan, agar ado etmasa, hech bo’lmaganda uning tarafida turib, ado etayotganlarga yordam berishi kerak bo’lgan amaldir. Shuningdek, ayrim ulamolar bu amalni farzlarning toji, deb ham aytganlar.

Qazorif shahrida hukumat xavfsizlik xizmati tomonidan sodir etilgan amaliyot esa Alloh yo’lidan to’sish ekanida aslo shubha yo’q, Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

«Har ko’chada (kishilarni) qo’rqitib va Allohga imon keltirgan zotlarni Uning yo’lida to’sib hamda u yo’lni buzishga harakat qilib o’tirmangiz!» [A’rof 86]

Keyin, bu amal davlatning g’ayriilohiy qonunlaridan ruxsat so’rab qilinadigan amal ham emas. U na biror siyosiy yig’in bo’lsin, na ommaviy uchrashuv. Respublikaning hizblar faoliyatlarini tartiblashtirish to’g’risida chiqargan 158-qarorida «Siyosiy hizblarning maydonlar va jamoatchilik joylarida yig’inlar va ommaviy uchrashuvlar o’tkazish huquqlari bor», deyilgan.

Hukumatning gapi boshqa-amali boshqa ekani esa uning butunlay zalolatda qolganligiga hamda haq namoyon bo’lib, o’zining asl basharasi fosh bo’lib qolishidan qo’rqayotganiga yorqin dalildir. Zero, bugun uning asl basharasi har bir aqliraso kishiga yaxshi ma’lum bo’lib qolgan.

Sudan rejimini qiynayotgan narsa, odamlarning Hizb yoshlari atrofiga to’planib borayotganidir. Bu esa Ummatning Islomni va unga da’vat qilayotganlarni sevishini yana bir bor ta’kidlaydi hamda Islomni ayni yurtda tatbiq etilmasligi uchun unga zarba berib, bugun ochiqdan-ochiq ilmoniylikka qarab ketayotgan rejimni sharmandasini chiqaradi.

Biz Hizb ut-Tahrir-Sudan viloyati a’zolari hukumat bilan xavfsizlik xizmati xodimlarini Allohning yo’lidan to’sish oqibatidan, uning oqibati bu dunyoda sharmanda bo’lish, oxiratda esa aniq mag’lubiyatga uchrash ekanidan ogohlantiramiz hamda xavfsizlik xizmatidan nohaq ravishda tortib olgan texnika va varaqalarni qaytarib berishini talab qilamiz.

So’zimiz nihoyasida, rejim va uning dumlariga siz Xalifalik tiklanishi tarafdorimisiz yoki unga qarshimisiz, deya savol beramiz.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig’i

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.