Rahil-Navoz rejimi haq so’z ovozini o’chirishga urinmoqda

327
0

0

Matbuot bayonoti

Hizb ut-Tahrir a’zosini o’g’irlab ketish Pokistonda Xalifalik barpo bo’lishini hargiz to’solmaydi

Bugun juma kuni ertalab taxminan soat o’nda Karachi shahrida Rahil-Navoz rejimi tovlamachilari Hizb ut-Tahrir a’zosi doktor shayx Ismoil uyi oldida o’g’rilardek poyloqchilik qilishdi, so’ng uyidan chiqishi bilanoq uni qo’lga olib o’g’irlab ketishdi. Bu ishda ular musulmonlarning uylari va mulklari hurmatiga zarracha rioya qilishmadi. Ular uning mashinasini ham olib ketishdi va uyiga ruxsatsiz kirib ayoli va yosh bolalariga tahdid qilishdi, unga tegishli, deb topilgan narsalarni olib ketishdi…

Doktor shayx Ismoil mohir tish doktori bo’lib, Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilayotgan ilg’or faollardan biri. U Ummatni uyg’otish va Islom bayrog’ini yuksak ko’tarish yo’lida Rosululloh A izlaridan borib, butun hayotini ushbu da’vatga bag’ishladi. Siyosiy va harbiy rahbariyatdagi xoinlar esa Raymond Devis tashkilotiga butun yurt bo’ylab portlashlar va suiqasdlar uyushtirishga erkin qo’yib bermoqda. Ular Pokistonda Xalifalik davlatini barpo etish uchun fikriy, siyosiy faoliyat olib borayotgan da’vatchilarni ta’qiqlash yo’lida bor kuchlarini sarflashmoqda hamda bu yo’lda har qanday tuban ishlardan ham tap tortishmayapti!

Biz shunday savol beramiz: Amerikaning yurtga bo’lgan hukmronligini yo’q qilish va Islomni barpo etish uchun harakat qilayotgan zotlar o’g’irlab ketilayotgan bir vaqtda, kechayu kunduz yurt xavfsizligini vayron qilayotgan Raymond Devis kabi kufr tashkiloti ayg’oqchilari nega bo’sh qo’yib yuborilmoqda?! Da’vatni etkazuvchilarning mulklariga daxl qilinib, uylarining hurmati oyoq osti qilinayotgan bir vaqtda, qanday qilib haqiqiy terrorchi tashkilot bo’lgan Raymond Devis mulklarini hurmat qilish mumkin va ularga xorijdan etkazilib berilayotgan yuklarni tekshirish uchun muhrini buzish rejimga ruxsat berilmasligi mumkin?! Shu qilmishlarning hammasi musulmon yurtda sodir etilishi aqlga to’g’ri keladimi? Millionlab musulmonlar Islom davlatini barpo etish yo’lida xolis niyat bilan o’z hayotlarini qurbon qilgan, bugun uning barcha mintaqalarida Xalifalikka bo’lgan da’vat keng tarqalayotgan yurtda bu ishlarning yuz berishi aqlga to’g’ri keladimi?!

Hizb ut-Tahrir-Pokiston viloyati siyosiy va harbiy rahbarlarga ulardan ham vahshiyroq bo’lgan Saddam va Qazzofiylar holi nima kechganini eslatadi. Bu ikki hukmdor ham Hizb ut-Tahrirni fikriy, siyosiy faoliyatdan to’xtatish maqsadida turli zulm va zo’ravonliklar qo’llagan, ammo hamma harakatlari omadsiz tugagan edi. Alloh ularni O’z qudrati ila, o’zlari kutmagan tomondan ushlagan. Bu ikkisidan tashqari, zulmda ularga o’xshagan boshqa rahbarlar ham boshlariga qora kunlar kelishini kutib turishibdi. Yaqinda Allohning izni ila, barpo bo’lajak Xalifalik davlati albatta bunday zolimlarning bo’g’izlaridan oladi va Allohning do’stlariga etkazgan zulm-sitamlari uchun javobgarlikka tortadi. O’zgalardan ibrat olgan kishi dono kishidir.

«Siz – Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g’ofil», deb hargiz o’ylamang! Alloh ularni ko’zlar (dahshatdan) qotib qoladigan kunga qoldirmoqda, xolos. (U kuni) ular boshlarini ko’targan ahvolda chopishadi. Ko’zlari o’zlariga qaytmaydi, qalblari bo’m-bo’sh bo’lib qoladi» [Ibrohim 42-43]

Shahzod Shayx

Hizbut Tahrirning Pokistondagi rasmiy notig’i o’rinbosari

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.