O’zbekiston chegaraga yaqin hududda o’quv mashg’ulotlari o’tkazmoqda

489
0

0

Qirg’iziston Respublikasi Davlat chegara xizmatining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo’limining xabar berishicha, Qirg’iziston respublikasi davlat chegarasiga yaqin bo’lgan hududda O’zbekiston Qurolli kuchlarining harbiy bo’linmalari aviatexnikalardan foydalanib o’quv mashg’ulotlari o’tkazmoqda.

Xabarga ko’ra, aviatexnikalar qatorida MI-8 vertolyotlari ham bor. O’zbek harbiylarining o’quv mashg’ulotlari O’zbekiston hududida, Qirg’izistonning O’sh va Jalolobod viloyatlariga yaqin bo’lgan erda bo’lib o’tmoqda. Qirg’iziston Davlat chegara xizmati, “Qirg’iziston davlat chegarasi va havo hududining buzib o’tish holatlari kuzatilgani yo’q” deya bayonot tarqatdi.

O’zbekiston tomoni esa, O’zbekiston hududida o’zbek chegerachilari qirg’iz-o’zbek davlat chegarasida ta’mirlash ishlari olib borishayotganini ma’lum qildi.

“Qirg’iziston davlat chegara xizmati qirg’iz-o’zbek chegarasiga yaqin bo’lgan hududlarda vaziyatni nazorat qilib turipti”, – deya qo’shimcha qildi DChX.

Turkiston:

Oxirgi paytlarda internet ijtimoiy tarmoqlardan, Qirg’iziston xududida O’zbek ayg’oqchilarining ko’payib borayotgani va Qirg’iz kuch strukturalarining beparvoliklari xaqida xabarlar tarqatila boshladi. Qo’shni mamlakatda yashovchi o’zbek millatiga mansub musulmonlarning ta’kidlashlaricha, oxirgi vaqtda o’zbekiston Qirg’iziston xududida, xossatan O’sh va Jalolobod viloyatlarida ayg’oqchilik nazorat ishlarini juda jadallashtirgan. Xatto oxirgi ma’lumotlarga qo’ra, o’zlarining qirg’izistonlik maxfiy xoin ayg’oqchilarini xam oshkora ishlashga unday boshlashgan emish. Asosiy ishlari, o’zbek millatining milliy g’arazlarini qaytadan uyg’otish orqali, ularni yana mustaqillik yoki muxtoriyot talab qilish sari xarakatlantirishga urinib ko’rish.

Lekin avvalgi millatlar aro urushdan, bular re’jalashtirayotganlarining farqi shundaki, endi O’zbekiston O’sh va Jalolobod viloyatlarining aksariyatini tashkil etuvchi o’zbekzabon millatini ximoyasi uchun bostirib kirish bilan taxdid qila oladi. Bu AQShning loixasi bo’lib, Rossiyaning Qrimdagi bosqinchiligiga xuquqiy tus berilishi ortidan amalga oshirishni re’jalashtiradi.

Qirg’iziston davlati xavfsizlik kuchlari esa, bu ishlarning ketuvini ko’ra bila turib be’parvo pozitsiyasini egallashgan. Chunki bilganlaridan keyin nimadir qilish kerak. Bular oson yo’lni tanlashmoqchi bo’lib, musulmonlarni qamashga kirishishdi. Xatto ularni o’zlariga qarshi provokatsiya qilishga urunishib, ayollarni qamashgacha etib borishdi. Lekin bu xuddi o’sha g’arazli ya’ni millatchilikdan foydalanishga urinishayotganlarning manfaati emasmi. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda, birorta xaqiqiy musulmonning millatchilikni yoqlashga jur’at qilganini ko’rmadik. Aksincha 2010 yildagi O’sh voqealarining asoratlarini, aynan ana shu Islom Aqidasi Musulmonlarni vositasida tozalab bormoqdaku! Faqat ko’r yoki davlat xoini buni inkor qiladi!

Qirg’iziston davlati o’z zaifligini yashirish yoki undan qutulish yo’llarini, barcha strotegik tarmoqlarni Rossiyaga birin ketin o’tkazib berish bilan echishga xarakat qilmoqda. Xatto musulmonlarga qarshi yo’naltirilishi xam, ana shu Rossiyani rozi qilish asosida uyushtirilgan. Shu yo’nalishdagi Qirg’iziston ekspertlarining fikr muloxazalari umuman e’tiborsiz qoldirilmoqda. Chunki davlat, o’z manfaatlaridan kelib chiqib ish ko’rish qobiliyatini xam imkoniyatini xam yo’qotib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.