Feliks Qulov Rossiyaga Qirg’iziston bilan konfederatsiya tuzishni taklif etdi

443
0

0

“Sa-News” internet nashrining xabar qilishiga ko’ra, “Qirg’izistonning munosib kelajagi uchun” Birlashgan muxolifat fronti etakchisi Feliks Qulov Qirg’izistonning Rossiya bilan siyosiy ittifoqi mumkinligi haqida ta’kidladi.

“Fergana.ru”ning xabar berishicha, respublikaning sobiq Bosh vaziri Rossiya Federatsiyasi bilan konfederatsiya tashkil etish haqidagi masalani 2 iyunda Bishkekda bo’lib o’tadigan Qirg’iziston fuqarolarining Ikkinchi Xalq majlisiga olib chiqmoqchi.

“Rossiyada istiqomat qilayotgan Qirg’iziston fuqarolari, Rossiya iqtisodini mustahkamlagan holda, o’z hamyurtlariga ham bu erda yordam berishyapti, – dedi F.Qulov. -Shu tariqa, quruq so’z bilan emas, balki odamlar Rossiya bilan ittifoq tuzishga “oyoq”lari bilan ovoz berishadi. Faqatgina buni qandaydir yo’l bilan rasmiylashtirish qolgan – mana nimani taklif etayapti Xalq yig’inining tashabbuskor guruhi”.

Sobiq Bosh vazirning fikricha, RF bilan ittifoq “oxur boshida turganlar va davlatni o’marayotganlar uchun” befoydadir, zero Rossiya bilan birlashish “ yagona byudjetga ega nazorat shakllarining, yagona bojxona siyosati, yagona iqtisodiy muhit va ehtimol, yagona pul birligini taxmin qiladi”. “Ehtimol, yagona parlament bo’lishi ham mumkin”, – deya aniqlik kiritadi F.Qulov.

Mazkur tashabbusni hayotga tatbiq qilish uchun muxolifatchilar umumxalq referendumini chaqirishni, buning uchun esa 300 ming imzo to’plashmoqchi, deb yozadi Lenta. Ru

O’z navbatida Qulovning “Ar-Namis” partiyasi raisining o’rinbosari Emil Alievning fikriga qaraganda, RF bilan ittifoq Qirg’iziston uchun barcha munosabatlar bo’yicha foydalidir, u qanchalik tez tashkil etilsa, respublika uchun shunchalik yaxshi bo’ladi. Birinchi navbatda, Alievning ta’kidlashicha, mamlakat ayni damda botib qolgan korruptsiyadan xalos bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.