Peskov NATOni ogohlantirdi

310
0

0

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov NATOni Rossiyaga qarab kengayib borishidan ogohlantirdi.

“NATO tarafidan Rossiya hududiga qarab ortiqcha bir qadam tashlanishi butun evropa xavfsizlik strukturasi (tuzulmasi)ning qayta tashkil qilinishga sabab bo’ladi”, dedi Peskov.

Peskov Televideniya orqali bergan bayonotida NATO blogining tobora kengayib borishi Rossiya uchun xatar ekanligini yana bir bor ta’kidladi. “Natoning sharq tomonga qarab kengayib borishi Rossiyaga nisbatan jiddiy xavf tug’diradi. Chunki NATO Harbiy tashkilot sifatida o’z ta’rifidan voz kecha olmaydi. Rossiya o’z xavfsizligini kafolatlash uchun kerakli chora-tadbirlarni ko’rishga majburdir”, dedi prezident matbuot kotibi.

Peskov Ukrainaning NATO tarkibiga qo’shilish ehtimoli haqida so’z yuritar ekan, “bu davlatdagi harbiy siyosiy kelajak bunday a’zolikni aslo qabul qila olmaydi”, dedi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.