Tojikistoning poytaxti Dushanbe shahrida 17 aprel kuni bo’lib o’tgan uchrashuvda ShHTga a’zo O’zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Xavfsizlik kengashlarining raislari ishtirok etishdi.
ShHTga a’zo davlatlarning Xavfsizlik raislarining navbatdagi IX kengashida Xitoy Jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkun “Barchaga yaxshi ma’lum bo’lgan “O’zbekiston islomiy harakati”, “Islomiy jihod” va “Sharqiy Turkiston islomiy harakat”lari mintaqaga jadal qaytib kelmoqdalar”, – deya bayonot berdi.
Uning so’zlariga ko’ra, “Xalifa askarlari”, “Salafiy”lar singari yangi terroristik tashkilotlar va boshqa diniy ekstremistik tashkilotlar “yanada oshkora shaklda va yuzsizlarcha” harakat qilishmoqda.
“Narkotrafikning ko’plab yo’nalishlari O’IH va Hizb ut-Tahrir nazorati ostida bo’lib, bu ishlar terrorizm va narkobiznes o’rtasidagi yaqin aloqaga guvohlik berib turibdi”, – dedi Go Shenkun.
Payg’ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)dan rivoyat qilingan hadisda payg’ambarimiz, “Agar uyalmasang, bilganingni qil!”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan yuqoridagi hadisga to’la mos ravishda bugungi kundagi etakchi davlatlar rahbarlari va bu davlatlar siyosatchilari Islom va musulmonlarga qarshi kurashda hech narsadan tab tortmay va hech kimdan uyalmay tuhmat va bo’xtonlar uyushtirib kelishmoqda.
Ular musulmonlarni terrorist va ekstremistlikda ayblashdi. Vaxshiy, qonxo’r va rivojlanishdan orqada qolib ketgan qilib ko’rsatishga harakat qilishdi. Xalifalik nizomini O’rta asrlar uchun xos bo’lgan, bugungi kundagi “rivojlangan” jamiyatlarga to’g’ri kelmaydigan nizom sifatida musulmonlar ongiga joylashtirishga intilishdi. Endi esa islomiy harakatlarni faqatgina narkotik etishtirish va sotish bilan mashg’ul bo’lgan harakatlar sifatida omma nazariga havola etishmoqda.
Amerika boshchiligidagi kufr tuzumi Islom va musulmonlarga qarshi boshlagan keng ko’lamli urishida, dunyodagi birinchi raqamli terrorist o’zi bo’lishga qarmay, islomiy harakatlar va xususan, Hizb ut- Tahrir siyosiy partiyasini ham terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritishga qattiq harakat qildi. Dunyodagi aksar diktatorlik tuzumlari Hizb ut-Tahrirni hech bir asossiz terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritishdi. Uning a’zolarini turli xil bo’xton va tuhmatlar bilan uzoq yillarga ozodlikdan mahrum etishdi va hozir ham shunday davom etmoqda. Bu ishlarda ayniqsa Markaziy Osiyo respublikalari, Rossiya va Xitoy davlatlari peshqadamlar safidan o’rin olishdi.
Bu mustamlakachi davlatlar va ularning yuvindixo’r malaylari Hizb ut-Tahrirga terroristik tashkilot aybini yopishtirish uchun uzoq vaqt behuda vaqt sarflashdi. Ammo buni uddasidan chiqa olishmadi. Hizb ut-Tahrir barpo bo’lganiga 60 yildan oshgan bo’lishiga qaramay, birorta davlatning birorta ham josuslik tashkilotlari Hizbni terror bilan shug’ullanganlik to’g’risidagi birorta ham dalil taqdim qila olishmadi hamda quruq tuhmat va bo’xtonlar uyushtirishdan boshqasiga yarashmadi.
Hizb ut-Tahrir siyosiy hizb bo’lib, mabdasi Islom, islomiy hayotni qayta boshlash va Xalifalik davlatini barpo etishda payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning islomiy Davlatni barpo etishlaridagi tariqatlarini o’zi uchun tariqat (yo’l) qilib belgilab oldi. Arab o’lkalari, Markaziy Osiyo respublikalari va xususan, O’zbekistonda minglab Hizb yigitlari tuxmatlar bilan qamoqqa tashlanib, yuzlab yigitlari shahid bo’lishiga qaramay biror marta ham moddiy ishga qo’l urmadi.
Hizb ut-Tahrir Xalifalik davlati barpo bo’lgunga qadar moddiy ish bilan shug’ulanishlik, qo’lga qurol olishlikni Payg’ambarimiz sallollahu alayhi va sallamning tariqatlariga zid bo’lgan amal deb hisoblaydi. U Xalifalik davlatini barpo etishda faqat fikriy va siyosiy kurashga cheklanib, Ummatni fikriy yo’l orqali Xalifalik davlati sari etaklaydi.
Bugungi kunga kelib esa Hizb ut-Tahrirga nisbatan Xitoy Jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkun hech uyalmay, yuzsizlarcha tuhmat qilmoqda va Hizbni narkotrafiklarni nazorat qiluvchi tashkilot sifatida baholamoqda.
Shenkunning bu so’zlari islomiy mabda va islomiy fikrga qarshi qo’yish uchun arzugulik qarshi mabda va fikr topa olmagan, bu kurashda faqat o’zining moddiy kuchi va tayangan yuzsiz tuzumlarning asl basharasini fosh etib turibdi.
Abdurahmon Odilov
18 aprel 2014 yil.