Jarba Jeneva-3 konferentsiyasiga qatnishishga rozi bo’ldi

420
0

0

Suriya milliy koalitsiyasi rahbari Ahmad Jarba Pekinda Xitoy mas’ullari, jumladan Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan ham uchrashuv o’tkazdi.

Sinhua axborot agentligining xabariga ko’ra, Jarba Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvi paytda Jeneva-3 konferentsiyasiga ishtirok etish istagida ekanligini ma’lum qildi.

“Suriya rejimi xolis, samimiy uchrashuv niyatida bo’lsa, Suriya milliy koalitsiyasi Jeneva-3 konferentsiyasiga ishtirok etadi”, dedi Jarba

Uchrashuv chog’ida Jarba ilk bor Xitoyga safar qilganligini tilga olib, bu mavzuda uchrashuv o’tkazishga umidi borligini qayd etar ekan, o’zining va o’zi vakil bo’lgan tashkilotning terrorga (Islomiy boshqaruvga) qat’iyan qarshi ekanligini aytib o’tishni unutmadi.

Jarba Xitoyning BMT xavfsizlik kengashiga doimiy a’zo besh davlatning biri ekanligi va Pekin hukumatining Suriyadagi barcha taraflar bilan yaxshi aloqalar o’rnatganligini tilga olib o’tdi. Shunga ko’ra, Jarba Suriyada o’rtacha echimga erishish uchun Xitoyning siyosiy echimni tashviq qilish borasida muhim rol o’ynab berishidan umidvor ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Jarba Suriya inqirozining echimida Xitoy hatti-harakatidan mamnun ekanligini ham yashirmadi.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van ham Suriyadagi mavjud vaziyatning og’ir nuqtaga kelib qolganligiga diqqatni tortib Jeneva uchrashuvining uchinchi turini kutib turganligini va Xitoyning ham unga qatnashish istagi borligini bildirdi.

Van milliy koalitsiyaning ziyoratini “qulay fursat”, deya baholab, Suriya mavzusida yangi uchrashuvlarga qatnashishni qabul qildi. Vanga ko’ra, Suriyadagi barcha taraflar xalqning tinchligini o’ylab jangni to’xtatishlari va siyoiy echimga kelishlari lozim.

Van Suriyada milliy kolitsiya bilan ham va boshqa taraflar bilan ham aloqalarini davom ettirishini va doimo muloqot qilishga tayor ekanligini bildirdi.

Xitoyga to’rt kunlik safar qilgan Jarba va sheriklari Xitoy tashqi ishlar vazirining yordamchisi Chang Mingdi bilan ham ko’rishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.