NATO Polshadagi o’zining harbiy ishtirokini kuchaytiradi, bu Ukrainada vujudga kelgan vaziyatga javob tariqasida o’zining Sharqiy Yevropadagi a’zolari xavfsizligini ta’minlash bilan bog’liq, – deb bayonot berdi Polsha hukumat boshlig’i Donald Tusk.
Uning so’zlariga ko’ra, Rossiya bilan vujudga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyat xavfini kamaytirish uchun shimoliy alyans Polshada doimiy baza tashkil etish o’rniga, doimiy almashib turadigan harbiy kontingentdan foydalanadi.
O’tayotgan haftada hukumat boshlig’i Donald Tusk Polshada o’z harbiy ishtiroklarini juda ham sekinlik bilan kuchaytirishayotgani sababli NATOdagi hamkorlaridan o’pkalagan edi.
Mart oyi oxiridan NATO Polsha va Ruminiya havo hududlarini qo’riqlashlikka qaror qilgan, rasmiylarni bunday qarorga kelishiga Ukrainada vujudga kelgan vaziyat sabab bo’lgan edi.
Turkiston:
Yevropa mintaqasida olib borilayotgan siyosiy va xarbiy xarakatlar, AQSh, Rossiya va YeI o’rtalaridagi manfaatlar talashuvi asosida borayotgan edi. Oxirgi vaqtlarda AQSh va Rossiya, o’rtalaridagi kelishmovchiliklardan o’z xarbiy quvvatlarini mintaqa bo’ylab joylashtirishga qattiq kirishib, YeIning manfaatlari bir chetga surila boshlandi. Bu Rossiyaning Qrimni bosib olib u erni katta xarbiy bazaga aylantirayotgan bo’lsa. AQSh shu vaximadan foydalanib NATOni ta’sir quvvatini oshirib, uni mintaqa bo’ylab kengaytirib bormoqda. Bu erda AQSh institutlarining va ularning va Abamaning ustida turgan Neokonservatorlarning, xamkorlikda tuzib borayotgan re’jalari, diktator Putinning yakka o’zi tuzib borayotgan re’jalaridan ustunligi yaqqol ko’rinib bormoqda. Rossiya Yevropaga taxdid qilish bilan, AQShning YeIdagi qadamlarini mustaxkamladi. Juda muxim iqtisodiy xamkori bo’lgan YeI bilan aloqalarini buzib oldi. Xitoy bilan Xindiston tomon xarakatlanishiga qarshi juda katta siyosiy kurash boshlandi. Jumladan uyg’ur mustaqillik xarakati jadallasha boshladi. Robiya Qodirni AQSh matbuot bilan maydonga tortdi. Si TSzinpinning O’tgan xaftada Germaniyaga qilgan tashrifida, Angelo Merkel unga Xitoyning 1935 yildagi kartasini taqdim etdi. Unda xozirdagi Xitoy hududi 9.6 million kv/km,o’sha paytda 13.5 kv/km ekanligi, Mongoliya va Vladivostok Rossiya tomonidan xuddi xozirda Qrim singari bosib olganligiga ishora qiladi. Xozirda bu masala Xitoy ichida bir necha namoishlarga sabab bo’ldi.
Bu va shunga o’xshash xarakatlarning barchasi, Rossiyaning Xiton tomon yurishining oldiga jiddiy to’siq bo’la oladi. Endi Rossiya Xitoyga bosim berish maqsadida Kaspiy atrofi davlatlari bo’lgan Qozoq va Turkman xududlarini bosib olib,Xitoy tomon ketayotgan gaz quvurlarini o’z qo’liga olishga xarakat qilishi mumkin. Qozoq prizidenti bundan xavotirlanayotganiga bir necha marotaba ishora qilib o’tdi.
Xullas YeI Rossiya bilan AQSh o’rtalaridagi navbatdagi poligonga aylanib qolsa ajab emas. Ilgari islomiy yurtlar shu vazifani bajarib, minlionlagan insonlar qurbon bo’lar edi. Insha Olloh endi qurbon berish navbati ularning o’zlarigan kelgan bo’lsa ajab emas.