Ukraina sharqida to’qnashuvlar davom etmoqda

359
0

 img-news-2014-april-07-hoga01Ukraina Ichki ishlar vaziri Asen Avakov xavfsizlik kuchlari bugun ertalab Xarkov viloyatidagi davlat qarorgohini qayta qo’lga kiritganligini e’lon qildi. Donetsk va Xarkovda viloyat ma’muriyati binosi dushanba kuni kechqurun Ukrainaning yangi hukumatiga qarshi ko’p sonli rossiyaparast namoyishchilar tarafidan bosib olingan edi.

Asen Avakov o’zining Facebook sahifasida viloyat boshqaruv binosi seperatchilardan to’liq tozalanganligini va hozirda o’zi ham Xarkov shahrida ekanligini yozdi. Avakovga ko’ra, hokimiyatdagi ishchi-xizmatchilar o’z ishlarini har doimgidek davom ettirishmoqda.

Lekin guvohlar Arsen Avakovning bayonotlarini rad etishmoqda. Ularning aytishicha, namoyishchilar seshanba kun tongda ham boshqaruv binosini qo’llarida ushlab turgan.

Mamlakat sharqida joylashgan Lugansk shahrida esa namoyishchilar Ukraina Xavfsizlik xizmati binosini ishg’ol qilib, u erdagi qurol aslahalarni egallab olganligi aytilmoqda. Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, namoyishchilarning xavfsizlik xizmati binosini ishg’ol qilishlari chog’ida yuzaga kelgan to’qnashuvda kamida 9 kishi jarohat olgan.

Minglagan namoyishchilar Ukraina sharqida ko’chalarga chiqib, “Xalq kengashi” tuzish va Rossiyaga qo’shilish bo’yicha referendum o’tkazishni talab qilishmoqda.

Parlament tarafidan tayinlangan Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning ta’kidlashicha, bu erda mamlakat sharqidaga vaziyatni izdan chiqarish uchun reja mavjud. Yatsenyuk mintaqa aholisi yaxlit bir o’lkada yashashani xohlashliklariga ishonishini bildirar ekan, ularni mamlakatni saqlab qolish uchun bor kuchlarini sarflashga chaqirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.