Qirgʻiziston Qambar-ota GESi uchun yangi investorlar topdi

1048
0

Qirgʻiziston Qambar-ota GESi uchun yangi investorlar topdi

Qirgʻiziston Norin daryosining yuqori oʻzanida qurilishi rejalashtirilgan GESlar kaskadi uchun yangi investorlarni topdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Almazbek Atambayev. Bu haqida “Sputnik” sayti xabar berdi.

  “Biz Norin daryosining ustki  qismida qurildigan GESlar uchun investor topdik. Shartnoma iyulь oyining oxirida imzolanadi”,- dedi Almazbek Atambayev Moskvaga boʻlgan tashrifi vaqtida.

  Dastlabki kelishuvga koʻra, Qambar-Ota GESi qurilishida Oʻzbekiston va Qozogʻiston sarmoyalaridan foydalaniladi.

  “Bu borada biz daryoning  quyi oʻzanida joylashgan mamlakatlar – Qozogʻiston va Oʻzbekiston bilan birgalikda qaror qabul qilishni istaymiz. Dastlabki kelishuvlarga koʻra, ularning ikkalasi ham bunga rozi””,- dedi Atambayev.

 Qambar-Ota GESini qurish qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra  3 mlrd. dollarni  tashkil qiladi. Dastlab ushbu GES qurilishida Rossiya bosh sarmoyador boʻlishi haqida kelishilgan edi,  lekin keyinchalik Rossiya ushbu shartnomadan voz kechdi.

D aryoning quyi oʻzanida joylashgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston ushbu GES qurilishi Oʻrta Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun suv tanqisligiga olib kelishi mumkinligi tufayli unga qarshi boʻlishgan edi.

Atambayevning fikriga koʻra, Rossiyaning Oʻrta Osiyoning barcha suv resurslariga kalit boʻlgan, “Kambar-Ata-1” GESi qurilishi shartnomasida voz kechishi katta xato boʻlgan.

 “GES masalalasida men Vladimir Vladimirovichga shunday dedim: bu Rossiya tomonidan yoʻl qoʻyilgan katta xato boʻldi. Bir kun kelib siz buni tushunasiz va taalluqli muassasalar rahbarlarini jazolaysiz”,- dedi Atambayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.