Bojxona ittifoqiga qo’shilish bo’yicha “yo’l xaritasi” deyarli tayyor

397
0

images (10)Qirg’iziston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Jo’o’mart O’tarboev 29 mart kuni jurnalistlarga bergan xabariga ko’ra, Qirg’izistonni Bojxona ittifoqiga qo’shilishi bo’yicha “yo’l xaritasi” 95 foizga tayyor bo’lgan.

“Bojxona ittifoqiga qo’shilish bo’yicha vaziyat quyidagicha: “yo’l xaritasi” deyarli 95 foizga tayyor. Bojxona ittifoqi tashkilotchilari va YevroOsiyo iqtisodiy kommisiyasi bilan a’zo bo’lishlikni yakuniy variantlari va moliyalash masalalari bilan bog’liq xal etilishi kerak bo’lgan masalalar qoldi xolos”, – dedi O’tarboev.

Uning so’zlariga ko’ra, “yo’l xaritasi”ning hozirgi varianti avvalgisidan ko’p ham farq qilmaydi, unda 2013 yildagi kelishuvlar mavjud, faqatgina detallari aniqlashtirilmoqda.

So’ngi vaqtlarda Qirg’iziston rasmiylar o’rtasida qizg’in muxokama qilinayotgan, bu ittifoqqa a’zo bo’lishni manfaatli va zararli jihatlari o’rtaga tashlanayotgan Bojxona ittifoqi haqida qisqacha to’xtaladigan bo’lsak: bu tashkilotga dastavval 1995 yilda Rossiya, Belorusiya va Qozog’iston rahbarlari birinchi marta Bojxona ittifoqini tuzish xaqidagi shartnomani imzolashlari bilan asos solindi, keyinroq unga Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston rahbarlari ham qo’shildilar. Bu shartnoma keyinchalik YevroOsiyo iqtisodiy hamkorligiga aylanadi. Bojxona ittifoqi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tarkibiga kiradi. U Rossiya, Belorusiya va Qozog’iston o’rtasidagi iqtisodiy integratsiya (bir butun holda birlashtirish) va tijorat turlaridan biridir. U yagona bojxona mintaqasini o’z ichiga oladi.

2007 yili Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Rossiya, Belorusiya va Qozog’iston o’rtasida yagona bojxona mintaqasini tashkil etish va Bojxona ittifoqini tuzish haqidagi shartnoma bo’lib o’tdi. 2009 yilda esa Belorusiya poytaxti Minsk shahrida Rossiya, Belorusiya va Qozog’iston rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda 2010 yilning boshidan yagona bojxona mintaqasini tashkil qilishlik haqida shartnoma tuzildi. 2011 yilning yoz oylaridan boshlab Rossiya, Belorusiya va Qozog’iston chegaralaridagi bojxona tekshiruvlari bekor qilindi. 2011 yilning oktyabr oyida YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqiining majlisida Qirg’iziston jumhuriyatining Bojxona ittifoqiga qo’shib olinganligi e’lon qilindi.

Sobiq sovetlar mustamlakalarini o’zining ekinzori sifatida ko’radigan Rossiya tashabbusi bilan tashkil etilgan bu ittifoq Rossiyaning eskirgan va zomon talablariga javob bermaydigan maxsulotlariga yangi eski bozor ochish uchun o’ylab topilgan bir hiyladir. Chunki 2000 yilda Rossiya hukumati tepasiga kelgan sobiq KGBchi Vladimir Putin birinchi navbatda asosiy e’tiborini Rossiya iqtisodini tayanchi bo’lgan oligarxlarni yo’q qilishga qaratdi. Buning natijasida esa juda ko’plab rossiyalik oligarxlar va ishbilarmonlar o’z mablag’lari va ishlarini xorijiy davlatlarga chiqarib yubordilar. Putin o’zining olib borgan yakka hukumronligi natijasida ishlab chiqarishdagi erkin raqobatni tomiriga bolta urdi.

Raqobat yo’qligi, iqtisodni yana qayta Sho’rolar davridagidek hukumatga bog’lanib qolishi natijasida ishlab chiqarish va yangilikka intilish ishtiyoqi ham so’nib borib, Rossiya iqtisodi neft, gaz va boshqa tabiiy boyliklarni qazib olib sotishdan tushadigan daromadgagina asoslanib qoldi. Rossiyada ishlab chiqarilgan maxsulotlar zamon talabiga javob bermasligi va raqobatbardosh emasligi sababli, G’arb davlatlariga bu maxsulotlarni taklif qilishni imkoni bo’lmay qoldi. Shu sababli Rossiya o’zining eskirgan maxsulotlarini majburlab o’tkazish uchun Bojxona ittifoqi deb nomlangan tashkilotga asos soldi.

Bojxona ittifoqiga a’zo davlatlar o’rtasida bojxona to’lovlarini bekor qilish, bu tashkilotga a’zo bo’lmagan davlatlardan olib kelinayotgan maxsulotlar uchun bojxona to’lovlarini oshirish sababli Rossiya o’zining maxsulotlari uchun raqobatsiz bozorni bunyod etadi. Mazkur tashkilotga a’zo bo’lmagan mamlakatlardan, xususan Xitoy va G’arb davlatlaridan olib kelinayotgan maxsulotlar uchun bojxona to’lovlari oshiriladi va bu to’lovlar bir markazga yig’ilib, keyinchalik har bir a’zo davlat o’zi ega bo’lgan ovozga qarab bu daromadlar taqsimlanadi. Hozirgi vaqtda Bojxona ittifoqiga a’zo bo’lgan davlatlardan Rossiya 57 foiz, Belorusiya va Qozog’iston esa 21,5 foizdan ovozga egalar. Bundan kelib chiqadigan bo’lsak, bugungi kunda bojxona to’lovlaridan tushgan daromadning eng katta qismi Rossiya hissasiga to’g’ri kelmoqda.

Endi Qirg’iziston Bojxona ittifoqiga a’zo bo’lib kirsa bu tashkilotda nacha foiz ovozga va qanday imtiyozlarga ega bo’ladi bu masalaga shu vaqtga qadar hech bir izoh berilmadi. Qirg’iziston rasmiylari har safar bu ittifoq haqida so’z ketganda “yo’l xaritasi” to’g’risida gapirishadiyu ammo shu vaqtga qadar bu “yo’l xaritasi” qanday masala va majburiyatlarni o’z ichiga olgani haqida oddiy xalqqa bir og’iz ham so’z aytilmadi. Bundan tashqari mazkur “yo’l xaritasi” Qirg’iziston ishtirokisiz ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun taqdim etilgan.

Bojxona ittifoqidan tashqari Qirg’iziston 1998 yil 20 dekabr kuni sobiq sho’rolar mustamlakasi bo’lgan respublikalar ichida birinchilardan bo’lib Butunjahon savdo tashkilotiga (BST) a’zo bo’lib kirgan. Mazkur tashkilotning belgilagan me’yorlar bo’lib, unga ko’ra, BSTga a’zo bo’lgan davlatlar bojxona to’lovlarini quyi stavkasi 5,2 foiz eng yuqorisi esa 7,2 foiz qilib belgilangan. Agar BSTga a’zo biror bir davlat bojxona to’lovlarini bu miqdordan oshiradigan bo’lsa yirik miqdorda jarima to’lashligi belgilab qo’yilgan.

Qirg’iziston BI a’zo bo’lishi bilan chetdan kelayotgan tovarlarga nisbatan bojxona to’lovlarini oshirishi kerak bo’ladi va bojxona to’lovlari 10,6 foizni tashkil etadi. Demak bojxona to’lovlarini 7,2 foizdan oshirgani uchun Qirg’iziston BSTga jarima to’lashi kerak bo’ladi. Garchi hozircha bu jarimani aniq miqdori aniq bo’lmasada, mutaxassislarning fikricha eng kamida yiliga 1,5 milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Qirg’izistonni esa bunday jarimani to’lashga imkoniyati yo’q. Bu jarimalarni to’lash uchun esa yana o’sha yirik davlatlarni o’zidan qarz olishga va o’z xalqini qarz botqog’iga botirishga to’g’ri keladi.

Qolaversa ishlab chiqarish izdan chiqqani sababli Qirg’iziston iqtisodi asosan reeksportga ya’ni, Xitoy, Turkiya, Dubay va boshqa davlatlardan tayyor maxsulotlarni olib kelib qo’shni respublikalarga sotishga va shundan tushadigan bojxona to’lovlariga asoslangan. Agar Qirg’iziston BI a’zo bo’ladigan bo’lsa, bu olib kelinayotgan maxsulotlardan olinadigan bojxona to’lovlari ham tabiiy ravishda oshadi. Buning natijasida esa bugungi kunda Qirg’izistonda faoliyat yurgizayotgan ikkita yirik bozor “Dordoy” va “Qorasuv” bozorlari to’xtab qolishini xavfi paydo bo’ladi. Agar bu bozorlar to’xtaydigan bo’lsa unda ishlayotgan o’n minglab odamlar ishsiz qolishadi. Buning natijasida esa Qirg’iziston Rossiya va boshqa davlatlarga yanada ko’proq arzon ishchi kuchi etkazib beruvchi davlatga aylanadi.

Bularga qo’shimcha aholi uchun zarur bo’lgan kundalik ehtiyoj mollarini narhi ham sezilarli darajada oshadi. Chunki bojxona to’lovlari bekor qilingach kundalik ehtiyoj mollarini narhi Rossiya, Belorusiya va Qozog’iston davlatlaridagi narhlar bilan birxillashadi. Ammo bu davlatlarda ish haqi va turmush darajasi Qirg’izistondagiga qaraganda sezilarli ravishda yuqori bo’lganligi sababli (Rossiyada o’rtacha ish haqi 900 dollar, Belorusiyada 600 dollar, Qirg’izistonda esa 200 dollar tashkil etadi) shundoq ham iqtisodiy qiynchiliklar iskanjasida kun kechirayotgan oddiy xalqning axvoli battar og’irlashadi.

Rossiya Qirg’izistonga hech qanday ixtiyor bermay BIga a’zo bo’lishi uchun prezidentga to’g’ridan-to’g’ri bosim o’tkazmoqda. Bu haqida prezident Atambaev 16 dekabr kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumanida, “Naxotki sizlar meni shu vaqtga qadar bilmaysizlar? Mamlakat ziyoniga biror bir amalga borishlikka majburlash maqsadida menga bosim o’tkazishlik befoyda. Biz Bojxona Ittifoqiga bizning talablar bajarilgan taqdirdagina qo’shilamiz. Atambaevni shantaj qilishning esa imkoniyati yo’q, men obdon toblanib bo’lganman. Bizda tanlov imkoni kam, ammo biz faqat qirg’izlarni qanoatlantiradigan va bizning manfaatlarimizni himoya qiladigan yo’ldan yuramiz”, – degan edi. Ammo xalqqa qiyin bo’lishini va buning natijasida xalq battar qashshoqlashishini bilgani holda Qirg’iziston amaldorlari o’z kursilarini saqlab qolish uchun ixtiyoriy-majburiy ravishda BI a’zo bo’lishni ma’qullashmoqda.

BMT, Bojxona ittifoqi, Butunjaxon savdo tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Jaxon banki va yana boshqa barcha tashkilot va birlashmalarning barchasi faqat yirik mustamlakachi davlatlar manfaatlarini himoya qilish va ularning xohish-istaklarini ro’yobga chiqarish uchun tashkil etilgan bo’lib, bu tashkilot va uyushmalardan uchunchi olam davlatlari va xususan musulmonlar uchun hech qanday yaxshilik yo’q. Bu tashkilotlar musulmonlarni xorlash va qarz botqog’iga botirish uchungina tashkil etilgan.

Bunday xorliklardan qutulishni yo’li faqat bitta bo’lib, u ham bo’lsa musulmonlar yana qayta o’zliklariga qaytishi va o’z ishlarini g’amxo’rlik bilan boshqaradigan Xalifalik davlatini barpo etishlardadir. Chunki Xalifalik davlati bunday tashkilotlarni birortasini ham tan olmaydi va ular bilan aloqa ham qilmaydi. O’z diyorlarin xom ashyo bazasiga, fuqarolarini arzon ishchi kuchiga aylanishlarga aslo yo’l qo’ymaydi. Chunki Xalifalik bu bugungi kundagi boshliqlar kabi mansab yoki amal emas balki mas’uliyat bo’lib, Qiyomatda Alloh Taolo bu mas’uliyat ustida hisob-kitob qiladi. Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda:

“Ogoh bo’lingki, har biringiz rahbarsiz va har biringiz o’z raiyatidan mas’ulsiz. Odamlarga bosh bo’lgan imom rahbardir va u o’z raiyatidan mas’uldir. Erkak kishi o’z uyi ahliga rahbardir va u o’z raiyatidan mas’uldir. Ayol erining uyi ahliga va bolalariga rahbardir va u ulardan mas’uldir. Kishinig quli o’z xo’jayini moliga rahbardir va u undan mas’uldir. Ogoh bo’lingki har biringiz rahbarsiz va har biringiz o’z raiyatidan mas’ulsiz”, deganlar.

Abdurahmon Odilov

31 mart 2014 yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.