AQSh prezidenti Saudiya qiroli bilan uchrashdi.

613
0

1

Rasmiy safar bilan Riyodga etib borgan AQSh prezidenti Barak Obamani Riyod amiri shaxzoda Xolid ibn Bandar va uning yordamchisi shaxzoda Turki ibn Abdulaziz hamda AQShning Saudiyadagi elchisi va boshqa mansabdorlar kutib oldi.

Obama Qirol Halif aeroportidan to’g’ri Saudiya qiroli Abdullohning Ravdat Huraymda joylashgan shaxsiy makoniga yo’l oldi. U erda esa uni valiahd shaxzoda Salmon ibn Abdulaziz, ikkinchi valiahd shaxzoda Mukrin bin Abdulaziz va tashqi ishlar vaziri shaxzoda Saud al-Faysal kutib oldi.

Undan so’ngra Barak Obama bilan Qirol Abdulloh ibn Abdulaziz o’rtasida o’chrashuv bo’lib o’tdi. Saudiya rasmiy axborot agentligi SPAning tarqatgan xabariga ko’ra, uchrashuv chog’ida ikki rahbar o’rtasida o’zaro aloqalar haqida muzokara bo’lib o’tgan. Shuningdek, ular mintaqlararo va xalqaro mavzular xususan, Suriya, Falastin, Ko’rfaz xavfsizligi, Eron va Misr mavzusida bahs yuritishgan.

Uchrashuvga Qiroldan tashqari, Saudiya mudofaa vaziri valiahd shaxzoda Salmon ibn Abdulaziz, tashqi ishlar vaziri shaxzoda Saud al-Faysal, ikkinchi valiahd shaxzoda Mukrin bin Abdulaziz va AQShning Saudiyadagi elchisi qatnashdi. AQSh tarafidan esa Obamadan tashqari, AQSh davlat kotibi Jon Kerri va xalqaro xavfsizlik bo’yicha prezident maslahatchisi Syuzan Rays qatnashdi.

Turkiston:

Ko’rib turganingizdek, xabarlarda uchrashuvdan ko’zlangan maqsadlar aniq-tiniq yoritilmagan. Ya’ni Obamaning qaysi aeroportga kelgani, kimlar uni kutib olgani va uchrashuvda kimlar qatnashgani aytib o’tilgan. Undan so’ng ikki rahbar o’zaro mustahkam aloqalar va Suriya, Falastin, Ko’rfaz xavfsizligi, Eron va Misr kabi mintaqlararo va xalqaro mavzular ustida bahs yuritilganligi haqida aytib o’tilgan xolos. Bu uchrashuv bo’lib o’tishidan 20 kun avval Hizbut-Tahrir bu haqida o’z munosabatini bildirib quyidagicha izohlab bergan edi.

a) Amerika Eron bilan yadroviy programma bo’yicha 2013 yil 24 noyabrdagi kelishuvdan keyin yaqinlashdi, bu kelishuv Eronning mintaqadagi qo’lini deyarli bo’shatib yuborish darajasiga etdi. Qolaversa Amerika Suriyadagi hodisalarga nisbatan shunday bir pozitsiyada turibdiki bu pozitsiyadan Amerikaning Basharni bevosita va bilvosita qo’llab-quvvatlayotgani aniq ko’rinib turibdi… Bularning barchasi Saudiyaga ta’sir qildi. Ayniqsa Eronning mintaqadagi qo’li bo’shatib yuborilganligi Saudiyaga ta’sir qildi. Eronning mazhab tomonidan o’ziga aloqasi bor (ya’ni shiyalar mavjud) har bir mamlakatda mazhabchilik jihatidan foydalanishi ma’lum. Eron ana shu mamlakatda keskinliklarni keltirib chiqarish uchun mazhabchilikdan foydalanadi. Saudiya Bahraynda, Iroqda, Suriyada, Livanda, Yamanda… nimalar bo’layotganini ko’rib turibdi. Saudiya Eronning Saudiyaning sharqiy mintaqasidagi xatti-harakatlaridan va bu xatti-harakatlarning boshqaruv xavfsizligiga putur etishida ta’siri bo’lishidan xavotirga tushmoqda… Bularning barchasi Saudiyaning asabiylashishiga va xalqaro hamjamiyatning ish tutishlariga norozilik sifatida Xavfsizlik Kengashidagi o’zining a’zoligini chaqirib olishiga olib keldi. Bunda Saudiya tabiiyki Qo’shma Shtatlarni nishonga oldi. Bundan tashqari Saudiyaning ba’zi mas’ullari Amerika pozitsiyalarini tanqid qilib bayonotlar ham berishdi.

b) Saudiya Suriyaning janubiy mintaqasidagi qo’zg’olonchilarga Iordaniya orqali qurol-aslahalar etkazib bermoqda. Bu esa Amerikani tashvishga solmoqda. Ayniqsa Suriya janubidagi qo’zg’olonchilarga etkazib beriladigan qurol-aslahalarni nazorat qilish uchun Iordaniyada tashkil etilgan Amerika koordinatsion punktini chetlab o’tayotgan qurol-aslaha yuklari Amerikani tashvishga solmoqda… Masalan «Le Figaro» frantsuz gazetasi 2013 yil 28 oktyabrda jurnalist Jorj Malbryunoning bir hisobotini nashr qildi. Unda aytilishicha «Har hafta Suriya ozod armiyasi omborlariga 15 tonna qurol-aslahalar kelib tushmoqda». Hisobotda «bu qurol-aslahalar Saudiya samolyotlarida Iordaniya janubidagi aerodromlarga etib kelishidan oldin Saudiya pullariga Ukraina va Bolgariyadagi qora bozorlardan sotib olinmoqda» deb ko’rsatib o’tilgan. Hisobotda «hozirgi yilning birinchi olti oyi orasida Suriya prezidenti Asadga qarshi chiqayotgan oppozitsiyachilarga Iordaniya orqali olti yuz tonna qurol-aslaha etkazib berilgan» deb ham ko’rsatib o’tilgan… «Safir» gazetasi esa 2014 yil 21 fevralda ushbu xabarni tarqatdi: «… O’tgan yilning 29 yanvarida Saudiyaning qurol-aslaha ortilgan uch harbiy transport samolyoti Mifraqqa qo’ndi. O’sha qurol-aslahalar orasida «Lau» raketalari, shifrli aloqa apparaturalari, tanklarga qarshi raketalar, engil qurol-aslahalar, bronetexnikalar bor… Bir arab manbasining aytishicha, amerikaliklar Xitoyda ishlab chiqarilgan va takomillashtirilgan raketalar sistemasini Suriya qurolli oppozitsiyasiga etkazib berish to’g’risida hamon ikkilanishmoqda..». Gazeta yana bunday deb yozdi: «Ayrim alohida-alohida G’arb va arab xavfsizlik manbalarining aytishicha, Sharqiy G’utadagi janglar chog’ida va undan keyingi haftalarda saudiyaliklar Mifraq aerodromi orqali qurol-aslaha yuklarini etkazib berishdi, bu qurol-aslahalarning ba’zilari Ukrainada sotib olingan. Har hafta 15 tonna qurol-aslaha ortilgan karvonlar sahro orqali o’tgan o’tish yo’llari bo’ylab Iordaniya-Suriya chegaralaridan o’tib Sharqiy G’uta sari cho’zilgan mintaqadagi soni 15dan oshgan markazlarga qarab yo’l olmoqda». Qurol-aslahalarning etib kelganiga «Safir» 2014 yil 6 fevralda tarqatgan xabar dalolat qilib turibdi: «Daradagi qurolli otryadlarning ko’pchiligi kecha yig’in o’tkazib «Yarmuk diviziyasi» bayrog’i birlashishga qaror qildi, bu diviziya tarkibiga 14 harbiy otryad va polklar kiradi. Ularning eng ko’zga ko’ringanlari «Janub zirxi» «Baro ibn Molik» va «Zirxli texnikalar otryadi»dir». Gazeta bunday deb qo’shimcha qildi: «Qurolli otryadlarning birlashishi ular Suriya janubida butun Dara muhofazasi bo’ylab sochilib ketgan beshta harbiy amaliyotlar punktlari qo’mondonligida «Jeneva havron» degan nom ostida boshlashgan jang bilan bir vaqtga to’g’ri keldi»… Bularning barchasi Amerikani tashvishga solmoqda, Amerika janubiy frontdagi ba’zi qo’zg’olonchilar o’ziga itoat etishdan chiqib ketishi ehtimolidan cho’chimoqda. Ayniqsa Saudiyada inglizlarga tobe bo’lgan va ular chizgan chiziq bo’yicha yuradigan kuchlar borligi uchun Amerika bundan tashvishga tushmoqda. Chunki ana shu kuchlar ingliz siyosatida ma’lum bo’lganidek Amerika rejalariga tashvish tug’dirishadi…

Bularning barchasi Amerikani Saudiyaning Suriyadagi janubiy frontdagi harakatlaridan xavotirga tushishiga olib keldi… Amerika 2013 yil 13 yanvarda Suriya ozod armiyasiga tobe bo’lgan Suriya qo’zg’olonchilar frontini paydo qildi. Uning asosiy tarmoqlari janubdadir. Bu Saudiyaning Suriya janubidagi xatti-harakatlariga qarshi javob sifatida bo’ldi. Biroq shunga qaramay Amerika Saudiyaning janubdagi xatti-harakatlarini, ayniqsa Iordaniyadagi Amerika nazorat koordinatsion punktini chetlab o’tayotgan xatti-harakatlarini jiddiy hisobga olmoqda.

v) Qolaversa bu erda boshqa bir omil ham bor. Chunki saudlar oilasiga hozirda inglizlarning odamlaridan biri bo’lgan podshoh Abdulloh va uning yordamchilari boshchilik qilayotgan bo’lsa-da lekin Saudiyada Amerikaning «erkatoy» odamlari ham bor. Amerika o’zining u erdagi odamlarini o’stirib, etishtirish uchun va hokimiyatni podshoh Fahd davrida bo’lganidek o’z nufuziga qaytarish uchun o’zining Saudiyaga dushmanligini ochiq ko’rsatmaslikka majbur. Ayni vaqtda Amerikaning podshoh oilasidagi odamlari ham Amerika bilan yaxshi aloqalar o’rnatilishidan manfaatdor…

Shunday qilib demak ikkala taraf ham kelishmovchiliklarni bartaraf qilishni istayapti! Va bu istak ikkala tarafdan bo’layotgan amaliy tadbir-choralarga aylandi. Bu tadbir-choralar Obamaning mart oyining oxirlarida qiladigan safariga tayyorgarlik ko’rish qadamlari sifatidagi ishlardir. Ikkala taraf ko’rgan tadbir-choralar quyidagicha bo’ldi:

Saudiya haqida aytadigan bo’lsak u «xorijda jang qilayotganlarni va ekstremistik oqimlarga mansub kishilarni jazolash» haqida qonun chiqardi. (Iqtisodiyya 2014 yil 3 fevral). Tabiiyki bu bilan Suriyadagi jang ko’zda tutildi. Bu qonun 2014 yil 3 fevralda chiqdi, ya’ni hozirgina aytib o’tganimizdek Obamaning Saudiyani o’z safari jadvaliga qo’shib qo’yish haqidagi qarori bilan bir vaqtga to’g’ri keldi! Bularning barchasi Amerikani rozi qilish uchun bo’lgan harakatlardir… Bundan tashqari amir Muhammad ibn Nayif (ichki ishlar vaziri) Vashingtonda Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi (TSRU) bilan va razvedkaning boshqa boshliqlari bilan uchrashib qator masalalarni, jumladan Suriya masalasini ham muhokama qildi… Masalan «Ro”ya» axborot tarmog’i 2014 yil 24 fevralda ushbu xabarni tarqatdi: «Milliy xavfsizlik maslahatchisi Syuzan Rays va ichki xavfsizlik maslahatchisi Liza Monako o’tgan chorshanba kuni Saudiya ichki ishlar vaziri Muhammad ibn Nayif bilan uchrashishdi, ana shu uchrashuvdan keyin Amerika milliy xavfsizlik kengashi vakilasi Ketlin Xayden tomonidan bir bayonot chiqdi, unda Xayden uchala mas’ulning regional masalalar bo’yicha o’zaro fikr almashishganini, bir talay muhim mushtarak masalalarda ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qattiq ahamiyat berish lozimligini ta’kidlashganini bildirdi».

Amerika esa Kerrini oxirgi oylarda: 2013 yil 3 noyabrda va 2014 yil yanvarda Saudiyaga ikki marta yubordi. Bu ziyoratlar saudiyalik mas’ullarni Amerikaning Eron va Suriyaga taalluqli siyosatidan tinchlantirish uchun bo’ldi. Kerri Amerika Eronning yadroviy qurolga ega bo’lishiga yo’l qo’ymasligini qayta-qayta ta’kidladi. Kerri bu uchrashuvdan sal oldin Saudiyaning arab mintaqasida asosiy rolni o’ynashini aytgan edi. (Bi-Bi-Si turkcha xizmati 2013 yil 6 noyabr). Ana shundan keyin o’zaro munosabatlarni yaxshilash, ikki tomon o’rtasidagi keskinlikni yumshatish va faqat o’z rejimlari taqdiridangina xavotir bo’layotgan saudlar oilasini tinchlantirish uchun Obamaning Saudiyaga qiladigan va oliy darajada bo’lib o’tadigan safari yuzaga keldi. Saudlarni hozir aytib o’tganimizdek faqat o’zlarining toju taxtlari taqdiri tashvishga solmoqda, ularni Suriyada kechayotgan hodisalardan faqat o’zlarining rejimlariga ta’sir qiladiganigina tashvishga soladi, xolos, undan boshqasi tashvishga solmaydi. Shuning uchun ham ular Suriya ahliga yordam ko’rsatishmadi, ular Amerikaning Suriya rejimi mavzusini «Jeneva-1» va «Jeneva-2» konferentsiyasida hal qilishini istashdi. Saudlar bu ikki konferentsiyani qo’llab-quvvatlashdi va Suriya qo’zg’oloni xavflaridan shu bilan xalos bo’ladigan bo’lishdi. Demak saudlarning butun g’ami musulmonlar qonini saqlab qolish va Suriyadagi musulmonlarga yordam berish emas, balki o’z toju taxtlarini saqlab qolishdir, xolos… Demak Obamaning safaridan maqsad Saudiya bilan keskinlikni yumshatish va Saudiyani Amerikaning Eron bilan yaqinlashishi saudlar boshqaruviga putur etkazishga qaratilmaganiga aniq ishontirishdir. Amerika saudlarning asosiy g’am-tashvishi o’zlarining boshqaruviga putur etmaslik va o’zlarining toju taxtlari bo’shab qolmasligi ekanini yaxshi biladi. Saudlarning butun g’am-tashvishi mana shu. Ularni Suriyada shuncha odamning qirg’in qilinayotgani va shuncha odamlarning jarohatlanayotgani zarracha tashvishga solmaydi… Ular uchun toju taxt barcha narsadan ustun turadi.

Obama saudlarning toju taxtlari saqlanib qolishini, o’zining Eron, Iroq bilan bo’lgan aloqasi, Suriya, Livan, Yamandagi aloqasi saudlar boshqaruviga qarshi qaratilmaganini, balki «terrorizm»ga qarshi qaratilganini aytib Saudiya hokimlarini tinchlantirishga urinib ko’rmoqchi. U «terrorizm»ga qarshi kurash sohasida Saudiyaning saudiyaliklarni Suriyadagi jangga borishdan man qilish to’g’risidagi qaroridagi qadamlarni maqtab ko’klarga ko’tardi…

Biz bu mavzuni kuzatib boryapmiz. Agar qo’shimcha tushuntirishni va oydinlik kiritishni taqozo qiladigan narsani topsak insha Alloh bayon qilamiz. Alloh Subhanahu to’g’ri yo’lga hidoyatlovchi Zotdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.