Ukrain harbiylari madhiyasini aytib, harbiy bazani ruslarga topshirmoqda

420
0

8FD844AF-02E9-4BB2-9229-CDE7AAA97EFC_w268_r1_cx15_cy11_cw85

Rossiya kuchlari Qirim yarim orolidagi ukrain harbiy qismlarini ishg’ol etishda davom etmoqda. Xabarlarga ko’ra, Rossiya harbiylari zirhli texnikalar yordamida Semferopol yaqinidagi Belbek harbiy havo bazasiga bostirib kirgan va Ukraina harbiylarini ogohlantirib, bazani tinchgina tashlab chiqib ketishga chaqirgan.

Belbek harbiy havo bazasi bosh qo’mondonining o’rin bosari Oleg Baudavalov Rossiya kuchlari Qirimdagi bazani shturm qilganligini va tinchlik bilan topshirib chiqib ketish haqida ogohlantirish yo’llaganligini tasdiqladi.

Reyterz axborot agentligi Baudavalovning so’zlariga tayanib xabar qilishicha, ruslar bazani tark qilish uchun faqat bir soat muhlat bergan. Aks holda kuch bilan bazani bosib olishi haqida ogohlantirgan.

Baudavalov Reyterz axborot agentligiga “biz hech qayoqqa ketmaymiz. Ko’ramiz, nima bo’lar ekan”, degan bo’lsada, biroq Ukrain harbiylari qarshilik qilmasdan, Ukraina madhiyasini aytib, harbiy bazani tark etayotganligi xabar qilinmoqda.

Bundan avval rossiya kuchlari Qrim g’arbidagi Novofedorovka bazasini ishg’ol qilgan edilar. Guvohlarning aytishicha, Ukrainaning “Slavutich” harbiy kemasi ustiga Rossiya bayrog’i o’rnatilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.