Har qanday huquqiy yordamdan mahrum

437
0

28-Anti-Balaka-AFP-Getty

Quroni Karim tarjimasini tarqatish bo’yicha “O’qi” loyihasining tashabbuschi, Ukraina fuqarosi bo’lgan Abu Yusuf (Sergey Selentsov) 17 mart kuni Qrimda g’oyib bilib qolgan edi. Ayrim tahminlarga ko’ra, u Simferopol shahridagi (Ivan Franko ko’chasi, 44) tergov hibsxonasida saqlanayotgan bo’lishi mumkin. Huquq himoyachisi Enver Qodirovning “QHA” axborot agentligiga xabar qilishicha, u Abu Yusufning turgan joyi haqida 18 mart kuni xabar topgan. Shundan boshlab advokatlar bir necha bor uni oldiga kirishga harakat qilishgan, biroq ularning bu harakatlari muvafqaqiyatsiz bo’lgan.

Qodirovning so’zlariga ko’ra, advokatlarni o’z himoyasi ostida bo’lgan mahbusni oldiga kirishga bo’lgan bugungi urinishlarida Qrimdagi inson huquqlari buzilishini nazorat qilayotgan YeXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha Byurosi vakillari ishtirok etishadi.

“Bu ish o’lik nuqtadan siljimayapti. O’zlarini militsiya vakillari etib tanishtirayotgan odamlar bizlarni Abu Yusuf (Sergey Selentsov) tirik va sog’-salomat ekanligiga ishontirib, tinchlantirmoqchi bo’lishyapti, aslida esa ularning o’zlari barcha ishlar qonun doirasida bo’lishligiga to’sqinlik qilishyapti. O’tgan kuni advokatlar kun bo’yi hibsxona “ostonasini qo’riqlab” chiqishdi. Kecha bo’lsa qarindoshlari tomonidan yollangan boshqa advokatlar guruhi ham uni oldiga kirishga harakat qilishdi, ammo ularga ham to’sqinlik qilishdi. Unga oziq-ovqat ham kiritishga ruxsat berishmayapti. Har qanday holatda ham himoyachi yollash huquqini hech kim bekor qilmagan. Uni oldiga advokatlarni kirishiga ruxsat bermayotganlari faqat bir narsaga – ular qonunni buzishganiga va har qanday yo’llar bilan bo’lsa ham jamoatchilikdan o’z qilmishlarni yashirishga harakat qilishayotganidan dalolat berib turipti”,- dedi Qodirov.

Qodirovning aytishicha, Selentsovni izolyatorda saqlab turilishini huquq organlari turli xil yo’llar bilan oqlashga harakat qilmoqdalar.

– Ular telefon qilib, u (Selentsov) o’zlarida ekanligini aytishdi. Avvaliga uning hujjatlari qalbaki ekanligi va yonida sovuq qurol borligini aytishdi. Keyin esa, u jamoat tartibini buzganligini va buning uchun 15 sutkaga hibs etilganini ma’lum qilishdi. Hozir esa uni ishini FXX olib borayotganini aytishmoqda.

Qodirov Selentsov bilan barcha ishlar yaxshi ekanligiga ishonmasligini belgilab o’tdi. “Biz uni ko’rganimiz yo’q, umuman u o’zi tirikmi yoki yo’qligini ham bilmaymiz. Ularning aytishicha, uni qiynashgani yo’q, ammo bu ularning so’zi, ularga esa ishonch yo’q. Ular pogon taqib olishgan ekanmi, demak qaysi qonun bo’yicha ish olib borishlari zarurligini belgilab olishlari zarur”.

Qodirovning “QHA” nashriga bergan xabariga ko’ra, Selentsov o’tgan haftada Qrimga kelgan va Chongara blok postidan o’tayotgan vaqtda uning oldiga “o’z-o’zini mudofaa qiluvchilar” kelishadi, ular uning mashinasini ko’zdan kechirib, kimligi va tashqi ko’rinishiga taalluqli savollar berishadi. Endilikda Selentsov ham, uning mashinasi ham g’oyib bo’lgan. Shuningdek uning Simferopolda ijaraga olgan kvartirasidan planshet, kompyuter va telefoni ham yo’qolgan.

Bundan tashqari, 20 mart kuni Qrimda yana bir musulmon – 1977 yilda tug’ilgan Nuri Suleymanov ham g’oyib bo’lgan edi. Keyinchalik Nuri Suleymonov qattiq kaltaklangani va ayni vaqtda kasalxonada ekanligi to’g’risida xabar paydo bo’ldi.

Shuningdek, 15mart kuni Qrimning Belogorsk tumanida qrimtatar millatiga mansub yana bir musulmon – Reshat Axmetovning jasadi topilgan. Badanidagi jarohatlar uni qiynoqqa solinganidan dalolat berib turar edi. Reshat Axmetov 3 mart kuni voenkomatga ketayotgan vaqtda yo’lda g’oyib bo’lib qolgan edi.

Manba: nusra.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.