Putin Qrimda hukumat organlarini tashkil etish vaqtini belgilab berdi

468
0

1262-390x290

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 martga qadar Qrim va Sevastopolda RF hukumatining mahalliy ijorchi va boshqa ma’muriy organlarini tashkil etish vazifasini topshirdi.

Topshiriqni bajarish mas’uliyati, Bosh vazir Dmitriy Medvedev, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev va FXX direktori Aleksandr Bortnikovlar zimmasiga yuklatildi.

Federatsiya kengashi 21mart kuni Qrimni Rossiya tarkibiga qo’shilishi to’g’risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilgan edi. 18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qrim hukumat vakillari mazkur kelishuvni imzolashgan edi. Oradan ikki kun o’tib, 20 mart kuni Davlat Dumasi 443 ovoz bilan bu kelishuvni ma’qulladi.

AQSh va boshqa ko’plab G’arb davlatlari Rossiyani Qrimga nisbatan tajovvuzini annektsiya va Ukraina hududiy yaxlitligini buzish deya baxolashdi. AQSh hukumat mazkur xodisaga aloqador deb hisoblashgan bir qancha rus amaldorlariga nisbatan sanktsiyalar joriy etishdi.

Rossiya prezidenti Putinning yuqoridagi topshirig’i ortidan, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg o’z mamlakati hukumatini va ittifoqdosh davlatlarni Rossiyani ayrim xalqaro tashkilotlardan chiqarib yuborishga chaqirdi.

Xeygning so’zlariga ko’ra, Rossiya Qrimni o’ziga qo’shib olganidan so’ng Buyuk Britaniya va uning ittifoqdoshlari Rossiya bilan “yangi sheriklik” aloqalarini tiklashlari shart.

“Bunday aloqalar, Rossiyani ayrim xalqaro tashkilotlar tarkibidan chiqarib yuborish, Yevropaning qolgan hududlarida ta’sir ko’lamini cheklash uchun harbiy hamkorlik va qurol-yaroq savdosida uzoq muddatli cheklovlar joriy etishni o’z ichiga olgan bo’lishi zarur”, – dedi Xeygal

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.