Sizlar bashorat qilgan narsalar shumidi?!

551
0

d29bd0b0d0bcd0bed29bd185d0bed0bdd0b0-d0b4d0b0d180d187d0b0d181d0b8Ummat farzandlarini qamoqqa olish, ularni qiynoqqa solish va ularning ustidan shafqatsiz hukmlar chiqarish… Sizlar bashorat qilgan narsalar shumidi?!

2014 yil 9 mart yakshanba kuni Britaniyada chiqadigan «Telegraf» ro’znomasi Misr qamoqxonalaridan yashirin yo’llar bilan chiqarilgan videolavhalarni namoyish qildi. Ro’znomaning baholashicha, bu videolavhalar qamoqxonalardagi ayanchli ahvolni fosh etadi hamda mahbuslarning qamoqxonalar ichkarisida turli uslub va vositalar bilan sistematik ravishda qiynoqlarga solinayotganini fosh qiladi. Mahbuslarning qayg’uli ko’rsatmalarini eshitgan odam bu davlat yana politsiya boshqaruviga qaytganini to’liq anglab etadi. Chunki mahbuslarni qamoqqa olishda prokuror sanktsiyasi bo’lmagan, ular tergov qilinmagan, tintuv paytida xonadon daxlsizligiga rioya qilinmagan, ayblov hujjati oldindanoq yozib tayyorlab qo’yilgan. Bir mahbusning guvohlik berishicha, oldindan tayyorlab qo’yilgan ayblov hujjatiga qo’l qo’yishi uchun uni qiynoqqa solishgan va onasini olib kelishib uning ko’z o’ngida onasini zo’rlaymiz deb tahdid qilishgan.

«Viki qo’zg’olon» saytida aytilishicha, Misrda so’nggi etti oy ichida 21317 nafar shaxs qo’lga olingan. Ulardan 16378 nafari siyosiy hodisalar paytida qo’lga olingan, 1431 nafari o’tish taqiqlangan joylarni buzib o’tgani uchun qamoqqa olingan, 89 nafariga terroristik amaliyotlarga aralashganlik, 80 nafariga esa toifachilik zo’ravonligiga qo’l urganlik ayblovlari qo’yilgan. Atiga 740 nafarigina hibsda ushlab turilib, harbiy tribunalga o’tkazilgan.

Aftidan, vaqtinchalik prezident vazifasini o’tovchi Adli Mansurning asossiz qamoqqa olish holatlari bo’yicha – xususan, universitet talabalari ustidan – qayta tergov ishi ochib, qonunda ko’rsatilgan biror jinoyat yoki xatti-harakat sodir etganligi isbotlanmagan shaxslarni ozod qilish to’g’risida bosh prokurorga qilgan talablari ko’zbo’yamachilikdan o’zga narsa emasga o’xshaydi. Hatto u haqiqatdan ham shunday talab qilgan bo’lib, talabi qondirilgan bo’lgan taqdirda ham, bu juda cheklangan holatlarda va juda oz mahbuslarga nisbatan qo’llangan. Shuningdek, prokuror ham mahbuslardan qattiq qiynoqlar qo’llanilayotgani bilan bog’liq o’ziga kelayotgan shikoyat va arizalarga qiyo ham boqmayotgan ko’rinadi. Bu esa yurtdagi rejimning ushbu mahbuslar hurmati va haq-huquqlarini qanchalik darajada tahqirlayotganini ko’rsatib turibdi.

O’tgan fevral oyining 25-sida Iskandariyadagi uchta mahkama prezident Muhammad Mursiyning ag’darilishiga olib kelgan harbiy to’ntarishda ishtirok etishdan bosh tortgan 200 nafardan ziyod shaxsni umumiy 945 yilgacha bo’lgan qamoq muddatlariga hukm qilgan edi. O’sha kunning ertasiga Qohira shimolidagi jinoyatlar mahkamasi Suvayshlik 26 nafar ayblanuvchini o’lim jazosi qo’llashga dastak yasash maqsadida ularning ishini muftiyga o’tkazdi. Bundan oldin ularga sirtdan «shaxslar erkinligiga adovat qilish, vatan birligiga va Suvaysh kanali kemachiligi tinchligiga zarar etkazish maqsad qilingan terrorchilik jamoalarini tuzish va ularni boshqarish jinoyati» ayblovi qo’yilgan edi.

Shu kunlarda Misrdagi qayg’uli voqelik mana shu. Ummat farzandlariga qarshi qamoqqa olish, qiynoqlar qo’llash va shafqatsiz hukmlar chiqarish. Bugungi rejim va’da qilayotgan narsalar nahot shu bo’lsa?! Rejim tepasida turganlarning o’zlari Ummat farzandlaridan katta qismiga dushmanlik qilayotgan bo’lsayu, qanday qilib ularning yurtga barqarorlik olib kelishlarini tasavvur qilib bo’ladi. Axir bu kimsalarning ham bu Islom Ummati ekanini, u Islomdan boshqa alternativga rozi bo’lmasligini, uni qamoqxonalar, qiynoqlar, hatto qatllar ham qo’rqitolmasligini, Xalifalik davlati soyasida Islom bilan hukm yuritish ularning taqdiriy masalalari bo’lib, buni hayot-momot masalasi sifatida hal qilishlarini tushunishadigan payt kelmadimikin!! Bu rejim bosayotgan qadamlarini obdan o’ylab ko’rganda edi, uning oldida Ummat tomonga o’tishdan va to’g’ri yo’ldan boruvchi ikkinchi Xalifalik davlatida Allohning shariatini hakam qilishdan o’zga tanlov qolmaganini anglab etgan bo’lardi. Zotan, ushbu davlatning barpo bo’lish zamoni kelib, o’z soyasini taratmoqda, u barpo bo’lgan kunda esa uning hukmronligidan hokimlaru mahkumlar, musulmonlaru g’ayrimusulmonlar barchalari shodlanajaklar.

«Ey mo’minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilgan paytda uni qabul qiling va bilingki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o’rtasini egallab turadi va shubhasiz, Uning huzuriga to’planasiz» [Anfol 24]

Sharif Zoyid Hizbut Tahrirning Misrdagi matbuot bo’limi raisi

Adres: Jalo ko’chasi 31 – Qohira

Telefon: 01015119857 – 0227738076

Elektron pochta: hizb.ut.tahrir.eg@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.