Ukraina handaq kavlamoqda

518
0

3549_w600Ukrainadagi vaziyat o’ta noziklashib bormoqda. Ukraina hukumati Rossiya bilan chegaradosh hududlarda uzundan uzoq handaq kavlayotganini va beton devor tiklayotganini ma’lum qildi. Xabarlarda aytilishicha, handaq kavlashdan maqsad 150 km uzunlikdagi Rossiya bilan chegaradosh sharqiy hududlarni himoya qilishdir. Shuningdek, Ukraina parlamenti qurolli kuchlarni kisman safarbar qilinganligini va Rossiyadan o’z elchisini chaqirib olganligini e’lon qildi.

Bu holat Rossiya tarafidan Qirim yarim orolini qo’shib olinishi natijasida G’arb davlatlari va Rossiya o’rtasida ziddiyat kuchaygandan so’ng yuzaga kelmoqda.

Kievning mustaqillik maydonida oylab namoyish qilganlar endilikda Moskvaning bosimi ostida qolgan Ukrainani himoya qilish tashvishida. Ular to’liq harbiy tayyorgarlikka chaqirilgan. Hukumat milliy qo’riqchilardan 10000 nafarini ikki hafta davomida armiya safiga qo’shishni rejalagan.

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avalov “Biz xavfni sezayapmiz. Chegaralarimizda Rossiya qo’shinlarini ko’ryapmiz. Shaharlarimizda xavfli vaziyat yuzaga kelgan. Shunday ekan, qo’shimcha xavfsizlikni ta’minlash uchun fuqarolarimizni harbiy tayyorgarlikka chaqirdik”, deydi ko’ngilli qo’riqchilarga ishora qilib.

Harbiy tayyorgarlikka yollangan fuqarolar harbiy mahoratlarini charhlar ekanlar, Rossiyaga qaratilgan “Qirim Ukrainaning bir qismi bo’lgan va shunday bo’lib qoladi”, degan shiorni qaytarishadi.

“Biz qancha kerak bo’lsa shuncha tayyorgarlikdan o’tamiz va o’z vatanimizni mudofaa qilamiz, qaysi chegaraga borish kerak bo’lsa, o’sha erga boramiz”, deydi yollangan qo’riqchi Roman Ivanishin. Ruminiya prezidenti Trayan Besesku Qora dengiz mintaqasidagi vaziyatdan xavotirlanib, etnik va harbiy mojarolar istalgan payt sodir bo’lishi mumkinligini bildirdi.

“Rossiyaning Gruziya va Qrimda nimalar qilganini ko’rdik. Men Moldova keyingisi bo’lsa hayron bo’lmayman”,- deydi Ruminiya prezidenti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.