AQSh davlat kotibi yordamchisining o’rinbosari O’zbekistonga keldi

419
0

fatema_17032014 (1)AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi o’rinbosari Fotima Sumar 16-19 mart kunlari O’zbekistonda bo’ladi. AQSh elchixonasining axborot xizmatining bergan xabariga ko’ra, tashrif davomida AQSh-O’zbekiston munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga e’tibor qaratiladi.

Fotima Sumar keng ko’lamli ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni, shu jumaladan, “Yangi ipak yo’li” loyihasi doirasida iqtisodiy intgeratsiya masalasini muhokama qilish maqsadida Toshkentda hukumat va biznes soha vakillari bilan uchrashadi. Shuningdek, u Termizga borib, biznesmen va tadbirkor ayollar bilan chegara hududidagi savdo tajribalari xususida suhbatlashadi.

Amerikalik rasmiy O’zbekistonda rasmiy safar bilan yurgan bir vaqtda, O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov dushanba 17 mart kuni Bryusselda O’zbekiston-Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashining navbatdagi yig’inida qatnashadi. Toshkent vaqti bilan soat 20.30da boshlanishi kutilayotgan uchrashuvga Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Evangelos Venizelos raislik qiladi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, o’zbek delegatsiyasi YeI va Belgiya rasmiylari bilan ham muzokaralar o’tkazadi. Muzokaralarga doir boshqa tafsilotlar berilganicha yo’q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.