Islom Ulamolari Ummatni demokratiyani rad qilishga chaqirdi

444
0

20131121PASUlama06_2111_600_399_100Indoneziyada 8 mart kuni yuzlagan olimlar tarafidan “National muzakarah of Ulema” nomli forum tashkil qilindi. Aprel oyida o’tadigan prezidentlik saylovi va iyul oyida o’tadigan parlament saylovi munosabati bilan tashkil qilingan Forumda Islom ulamolari Ummatni demokratiya va unga aloqador bo’lgan narsalarni rad etishga chaqirdi.

Ulamolar tarafidan berilgan bayonotda demokratiya zolim bosqinchi tuzumdan iborat ekanligi va u musulmon o’lkalarida g’arb mustamlakachiligini mustahkamalash uchun bir vosita ekanligi ta’kidlandi. Islom ulamolari demokratiyaning keng ko’lamli krizisga sabab bo’lishi haqida so’z yuritar ekan, musulmonlarni demokratiyani rad etib, uning o’rniga Roshid Xalifalik davlatini tiklash uchun faoliyat olib borishga da’vat qildi.

Axborot vositalari ham bu forumni katta qiziqish bilan kuzatib borishdi. Forum o’tkazilishidan bir hafta avval ba’zi olimlar axborot vositalarini da’vat qilish uchun hay’at yuborishdi.

Forumga so’zga chiqqan olimlar: Shayx Abdulkarim (Yava oroli sharqidan), shayx Yenbang Ahmad Orif (Sumatra orolidan), shayx Abdulqoyyum (Yava oroli sharqidan), shayx al-Habib Xalilloh (Jakartadan), shayx Fathul Azim (Banten viloyatidan), shayx Ali Bayonulloh (Yava oroli g’arbidan), shayx Mansur Muhyiddin (Banten viloyatidan), shayx Buya Halim Lanoi (Sulavesi oroli janubidan), shayx Muhamad Hafiz (Kalimantan oroli janubidan), shayx Muhamad Ja’far Abdulloh (Papua viloyatidan), shayx Siyaril Nuhun (Sulavesi oroli janubidan), shayx Nasriddin (Yava oroli markazidan), shayx Muhyiddin (Yava oroli g’arbidan).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.