Qrimliklar Rossiyaga qo’shilish uchun ovoz berdi

420
0

d04e17b7-b3c8-4264-b4d4-f42076b05e81Qrimda o’tkazilgan referendumning ilk rasmiy natijalariga ko’ra, saylovlchilarning 96,8 foizi muxtoriyatning Rossiya tarkibiga qo’shilish uchun ovoz bergan.

Ushbu ma’lumotlarni referendumni o’tkazish bo’yicha komissiya rahbari Mixail Malishev maxsus brifing vaqtida tasdiqlagan.

Uning so’zlariga ko’ra, ovoz berish jarayonida ishtirok etganlarning 3,5 foizi Qrimni Ukrainaning bir qismi bo’lib qolishini qo’llab-quvvatlagan. Byulletenlarning 1 foizi haqiqiy emas deb topilgan, deydi Malishev.

Bundan tashqari, “Interfaks” axborot agentligining Sevastopol shahar saylov komissiyasi rahbari Valeriy Medvedevga asoslanib xabar berishicha, Sevastopolning 270 mingdan ortiq saylovchisi (umumiy saylovchilarning 93 foizdan ko’prog’i) referendumda Qrimning Rossiya tarkibiga qo’shilishi uchun ovoz bergan.

Medvedevning so’zlariga ko’ra, Qrim maqomi yuzasidan 16 mart, yakshanba kuni o’tkazilgan referendumda sevastopollik saylovchilarning salkam 90 foizi ishtirok etgan.

Referendum natijalari e’lon qilinishi bilan Qrim muxtor respublikasi parmlamentida dushanba kuni o’tkazilgan ovoz berishda 100 deputatdan 85 nafari qatnashdi. Ovoz berganlar Qrimni mustaqil deb e’lon qilish va Rossiyaga qo’shilish uchun rasman murojaat qilish qarorini ma’qulladi.

Bo’lib o’tgan referendum ortidan dushanba kuni AQSh Prezidenti Barak Obama Qrimni bosib olgan Rossiya hukumatining etti amaldori, jumladan prezident Vladimir Putinga yaqin bo’lgan ikki rasmiyga nisbatan moliyaviy aktivlarni muzlatishga doir sanktsiyalar joriy qilinganini e’lon qildi.

Bunga qo’shimcha, Yevropa Ittifoqi ham Qrimning bosib olinishi va refrendum o’tkazilishi uchun mas’ul Rossiya va Ukrainadan bo’lgan 21 nafar amaldorga nisbatan sanktsiya joriy qildi.

Bryusselda dushanba kuni o’tkazilgan uch soatlik majlisdan keyin qabul qilingan sanktsiyalarga viza cheklovi va moliyaviy aktivlarning muzlatilishiga doir jazo choralari kiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.