Shifoxonalarda jarrohlik xonalari qatl etish xonasiga aylanib qolsa, bundan qutulish faqat Islom nizomlari orqali bo’ladi

483
0

01 (1)Matbuot bayonoti

Shifoxonalarda jarrohlik xonalari qatl etish xonasiga aylanib qolsa, bundan qutulish faqat Islom nizomlari orqali bo’ladi

Xartumdagi «Grand Holiday Villa» mehmonxonasida «Anesteziolog»larning oltinchi ilmiy konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentsiyada jumhuriyat prezidenti yordamchisi doktor Jalol Yusuf Daqir anesteziya (norkoz berib behush qilish) sababli onalarning o’lishi holatlarini 0 %ga tushirish uchun harakat qilishga chaqirdi. Xartum viloyatidagi sog’likni saqlash ministri professor Ma’mun Hamidaning aytishicha, o’tgan haftalardagi so’nggi hisobotlarga ko’ra anesteziya sababli onalarning o’lish holati 1990 yilga solishtirganda kamaygan. Ya’ni, har bir yuz mingta hodisada 117 o’lim holati kuzatilgan. 1990 yilda esa har bir yuz ming hodisadan 577 tadan ko’proq o’lim holati kuzatilgan edi. U «Janubning ajralib chiqishi yurtda anesteziya sababli onalarning o’lishi nisbatini kamaytirdi» deya ta’kidladi. Shuningdek sog’likni saqlash ministri o’quv mashg’ulotlari zaifligini tanqid qilib universitetlarda o’quv mashg’ulotlarida kamchilik bor dedi va tibbiyot sohasida kadrlarning tashqariga chiqib ketishi oqibatidan ogohlantirdi. («So’nggi lahza» gazetasi 2014 yil 2 mart).

Ko’pchilik tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, anesteziyada xatoga yo’l qo’yish anesteziya jihozlarining buzilishida, bu sohada ishlatiladigan moddada, bu moddaning tarkibida yoki bu sohada ishlovchi kadrning malakasizligi va qobiliyatsizligida bo’lishi mumkin. Malakali tibbiyot xodimlarining tashqariga ommaviy chiqib ketishlari ortidan axborot doiralari bu soha xodimlarining 55 % tashqariga chiqib ketishi to’g’risidagi xabarni federal sog’likni saqlash ministrligidan olib keltiradi. Sog’likni saqlash ministrligi Sudanning tibbiyot sohasida 60 ming turli xodimlarga muhtojligini va yiliga 3 ming tibbiyot xodimi tashqariga chiqib ketishini e’lon qildi.

Hukumat siyosati kapitalistik siyosat bo’lib, bu siyosat onalarga g’amxo’rlik qilinmasligida, ular uchun kerakli anesteziya jihozlarini, bu sohada ishlatiladigan moddalarni ta’minlab bera olmasligida va kadr masalasida ko’rinadi. Bu siyosat shifoxonalardagi jarrohlik xonalarini qatl etish xonasiga aylantirib qo’ydi. Buni hukumat o’zi e’tirof etgan raqamlarda ko’rsa ham bo’ladi.

Bundan ham xunukrog’i va alamlisi ishlarni boshqarishning uddasidan chiqolmagan hukumatning malakasiz tibbiyot xodimlari xatolari uchun – ularning malakasiz ekanini uning o’zi tan olmoqda – yollanma ta’minotchiga aylanib qolayotganidir. Chunki Shikan sug’urta kompaniyasi – u hukumat shirkatidir – bilan sog’likni saqlash vazirligi, Sudan vrachlari ittifoqi va sog’likni saqlash bosh kasaba uyushmasi o’rtasida tibbiyotdagi xatolar borasida sug’urta protokoli imzolandi. Unga ko’ra Shikan kompaniyasi bemorga unga zarar etkazilgan holatda moliyaviy kompensatsiya to’lash kafolatini, bemor vafot etgan taqdirda esa uning yaqinlariga diya to’lashni zimmasiga oladi. Buning uchun bemor moliya vazirligi yaqinda mamlakatdagi barcha sog’likni saqlash muassasalari uchun chiqargan bayonnomaga ko’ra har oyda maoshdan ushlab qolinadigan to’lovlarni davlat sektoriga to’lagan bo’lishi kerak. Shunday ekan hukumat mas’uliyatni his qilmayotgan mana shunday sharoitlarda onalar anesteziya holatida nega o’lmasin? Zero bu hukumat odamlar ishi haqida qayg’urib ularni tibbiyot jihozlari, dori-darmonlar bilan ta’minlash, tibbiyot xodimlari malakasini oshirishdan iborat najot yo’llarini muhayyo qilish asosiga qurilmagan bo’lsa.

Xalil ibn Shohin Zohiriy Damashqqa safar qilganidan keyin «Yorqin yulduzlar» kitobida bunday yozgan edi: «U erda dunyoda misli ko’rilmagan shifoxonalar bor. Hijriy 831 yil Damashqqa kirganimda oliyjanob, xushchaqchaq ajam kishi bilan suhbatlashib qoldim. Bu kishi shifoxonaga kirgan paytida o’zini kasalga solib u erda uch kun turadi va bosh tabib undan xabar olib, qatnab turadi. Bosh tabib uni tekshirib ahvolini bilgach unga munosib yaxshi taomlarni, mevalarni va shirinliklarni tayinlaydi. Uch kundan keyin unga tabib «Mehmon uch kundan ortiq turmaydi» deb yozib beradi. Holbuki bu, tabib uni o’zini kasalga solayotganini bilganini va bunga qaramay unga mehmonday muomala qilganini ko’rsatadi.

Bu Islom va musulmonlar davlati bo’lgan Xalifalik mavjud bo’lgan davrda bo’lgan edi. Xalifalik hayotning turli sohalarida odamlar ishlarini qiyomat kunida so’raladigan hokimning fuqarolar oldidagi mas’uliyati va omonat degan e’tiborda boshqargan.

«… وَإِنَّهَا أَمَانَةُ وَإِنَّهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ خِزْيٌ وَنَدَامَةٌ إِلاَّ مَنْ أَخَذَهَا بِحَقِّهَا وَأَدَّى الَّذِي عَلَيْهِ فِيهَا»

«… Albatta bu omonatdir, qiyomat kunida sharmandalik va nadomatdir. Magar kim uni haqqi bilan ushlasa va unda o’zining zimmasidagi ishni ado etsa qiyomat kuni u uchun bu sharmandalik va nadomat bo’lmaydi».

Ey musulmonlar, odamlar hayotini saqlab qolish, ularning ishlarini boshqarish va butun dunyoni hidoyatga chorlash uchun jiddiy harakat qilib, Xalifalikni qayta tiklanglar.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig’i

Telefon: 0912377707 – 0912240143

Elektron pochta: spokman_sd@dbzmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.