Uylanish haqidagi savolga javob

1675
0

images (29)Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan Abdullax Ax’yarov bilan Mysite Fantasticalarning uylanish haqidagi savollariga javoblar

Mysite Fantasticaning savoli:

Assalamu alaykum, qadrli birodar!

Men bir uylanmagan musulmonman, Alloh Taoloni va Islomni sevaman, habibimiz va sayyidimiz Muhammad olib kelgan ahkomlar tatbiq etilishini istayman.

Men na din va na axloq bo’lgan bir muhitda yashayman. Bizda Islomning faqat nomi va ramzi bor, xolos, maktablarimizda Islomga qarshi programmalar o’qitiladi…

Savolim shuki, men uylanishni xohlamayapman, biroq o’g’il-qizlarimni xuddi o’zim cho’g’ni ushlab turgandek Islomni ushlaganim kabi Islomda ushlab turishga qodir emasligimni bilaman.

Farzandlarim o’zlariga zararli bo’lgan bilimlarni olajaklarini ham, men ish bilan bandligim tufayli ularga ta’lim berolmasligimni ham, hozirgi sharoit ayolimni ishlashga majbur qilishini ham bilaman.

Qisqasi, bir necha hadislarda uylanish dinning yarmi ekani aytilganini aniq o’qiganman, yana bir hadis mazmunida Ummatning fosiqlari bo’ydoqlar, deyilgan. Shunday ekan, men haqiqatdan uylanmaydigan bo’lsam dinimni mukammal qilolmaymanmi?!

Sovolimga javob berasiz degan umiddaman va sizdan cheksiz minnatdorman.

Abdullax Ax’yarovning savoli:

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Menda ikkita savol bor:

getImage1 – Men uylanishni istayman. Qachon biror qizni topsam, u bilan uchrashish uchun valiysidan ruxsat so’rayman. Ammo qizni himoyachisi bo’lgan va meni shaxsan tanimaydigan bu otasi qizi bilan uchrashishimga ruxsat beraveradi. Odatda esa bu uchrashuv ommaviy sayilgohlarda yoki qahvaxonalarda bo’lib o’tadi. Axir, uchrashuv qizning uyida o’tkazilgani yaxshi emasmi? Ayniqsa, singillarimiz ko’chada uchrashganda o’zlarida ikkilanishni sezadilar-da, odatda darhol «yo’q», degan javobni berib yuboryaptilar.

2 – Bizda Qrimda ko’pchilik birodarlar uylanishga qaror qiladilar-u, biroq aksar singillarimiz ta’lim olish sunnat, degan narsani dastaklab olishib, buni turmushga chiqmaslikka bahona qilishadi va turmushga chiqishdan ta’lim olishni afzal ko’rishadi. Men shuni so’ramoqchimanki, bu singillarimizning turmushga chiqishni bugungi ilmoniy o’quv yurtlarida ta’lim olishdan afzal ko’rmoqlari Alloh Subhanahu va Taoloning nazdida afzal emasmi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Abdullax Ax’yarov bilan Mysite Fantasticaning savollarida o’zaro bog’liqlik mavdud. Shu bois mening quyidagi javobim ikkalasiga ham bo’ladi, Alloh ikki yigitni ham eng to’g’ri yo’lga boshlasin.

1 – Alloh Subhanahu insonni yaratdi hamda erkak va ayol juftlarini yaratib, buni O’zining mo”jizalaridan biri qildi, shar’iy ahkomlarga muvofiq turmush qurish orqali ikkalasining o’rtasida oshnolik va mehribonlik paydo qildi. Alloh Subhanahu bunday dedi:

«Uning oyatlaridan biri, U sizlar hamdam bo’lishingiz uchun o’zingizdan juftlar yaratishi va o’rtalaringizda oshnolik va mehribonlik paydo qilishidir, albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bor» [Rum 21]

2 – Islom turmush qurishga targ’ib qiladi, chunki ko’zni pastga qaratish, nomusni saqlash va dinni muhofaza qilishning eng to’g’ri yo’li mana shu:

Imom Buxoriy Abdulloh Gdan ushbu rivoyatni keltiradi: Abdulloh aytadi: biz Nabiy A bilan birga edik, ul zot bunday deb marhamat qildilar:

«مَنِ اسْتَطَاعَ البَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ، فَإِنَّهُ أَغَضُّ لِلْبَصَرِ، وَأَحْصَنُ لِلْفَرْجِ، وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ، فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ»

«Kim boatga (ya’ni uylanish yukini ko’tarishga) qodir bo’lsa, uylansin. Chunki u ko’zni to’sguvchi va avratni saqlaguvchidir. Kimki qodir bo’lmasa, ro’za tutsin. Chunki ro’za uni (toyilishdan) saqlovchidir».

Hokim «Mustadrak»da Anas ibn Molik Gdan ushbu rivoyatni keltirgan: Anas aytdiki, Rosululloh A bunday dedilar:

«مَنْ رَزَقَهُ اللهُ امْرَأَةً صَالِحَةً، فَقَدْ أَعَانَهُ عَلَى شَطْرِ دِينِهِ، فَلْيَتَّقِ اللهَ فِي الشَّطْرِ الثَّانِي»

«Kimni Alloh solih ayol bilan rizqlantirgan bo’lsa, demak, dinining yarmi borasida unga yordamlashibdi, endi uning ikkinchi yarmi borasida Allohdan taqvo qilsin» (Hokim bu hadisning isnodini sahih degan va unga Zahabiy ham qo’shilgan).

3 – Keyin, tiyilish uchun turmush qurishga harakat qilayotgan shaxs Alloh Subhanahuning yordamiga muvaffaq bo’lgan uch shaxsning biri hisoblanadi: Imom Ahmad o’zining «Musnadi»ida ishlab chiqqan bir rivoyatda Abu Hurayra r.a. Nabiy A.S.ning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«ثَلاَثَةٌ كُلُّهُمْ حَقٌّ عَلَى اللهِ عَزَّ وَجَلَّ: عَوْنُهُ الْمُجَاهِدُ فِي سَبِيلِ اللهِ عَزَّ وَجَلَّ، وَالنَّاكِحُ لِيَسْتَعْفِفَ، وَالْمُكَاتَبُ يُرِيدُ الْأَدَاءَ»

«Uch kishining Alloh Azza va Jalla zimmasida yordam berish haqlari bor: Alloh Azza va Jalla yo’lida jihod qilayotgan kishining, tiyilish uchun nikoh qurayotgan kishining va ado qilishni istayotgan mukotabning».

4 – Rosululloh A qodir bo’la turib, turmush qurmaslikdan qaytarganlar. Nasoiy keltirgan bir rivoyatda Nabiy Aning «bichishdan qaytargan»lari aytiladi. Bu rivoyatni Ibn Moja ham keltiradi.

5 – Rosululloh A otalarga qachon dini va xulqi borasida ular rozi bo’lgan bir yigit qizlarini so’rab kelsa, bu yigitga qizlarini berishni buyurganlar. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Abu Hurayra Rosululloh Aning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«إِذَا خَطَبَ إِلَيْكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَزَوِّجُوهُ، إِلاَّ تَفْعَلُوا تَكُنْ فِتْنَةٌ فِي الأَرْضِ، وَفَسَادٌ عَرِيضٌ»

«Qachon diniga va xulqiga siz rozi bo’ladigan biror kishi qizingizga sovchi bo’lib kelsa, uni uylab qo’ying. Shunday qilmasangiz, er yuzida fitna va ulkan fasod tarqaydi».

Ibn Moja buni quyidagicha lafzda rivoyat qiladi:

«إِذَا أَتَاكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ خُلُقَهُ وَدِينَهُ فَزَوِّجُوهُ، إِلاَّ تَفْعَلُوا تَكُنْ فِتْنَةٌ فِي الْأَرْضِ وَفَسَادٌ عَرِيضٌ»

«Qachon diniga va xulqiga siz rozi bo’ladigan biror kishi oldingizga kelsa, uni uylab qo’ying. Shunday qilmasangiz, er yuzida fitna va ulkan fasod tarqaydi».

6 – Shu bilan birga, Rosululloh A erini, fazandlarini, xonadonini muhofaza qila oluvchi din sohibasi bo’lgan soliha ayolni tanlash lozimligiga ham buyurganlar. Imom Buxoriy ishlab chiqqan hadisda Abu Hurayra G Nabiy Aning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«تُنْكَحُ الْمَرْأَةُ لِأَرْبَعٍ: لِمَالِهَا وَلِحَسَبِهَا وَجَمَالِهَا وَلِدِينِهَا، فَاظْفَرْ بِذَاتِ الدِّينِ، تَرِبَتْ يَدَاكَ»

«Ayol to’rt jihat e’tiboridan tanlanadi: moli, nasabi, jamoli va dini. Shunday ekan, sen – qurib ketgur – din sohibasini tanla».

7 – Endi, sizning «bir hadis mazmunida Ummatning fosiqlari bo’ydoqlar, deyilgan», degan gapingizga kelsak, bu zaif hadis. U quyidagicha kelgan: Imom Ahmad o’zining «Mustadrak»ida bir kishidan, u kishi Abu Zardan rivoyat qilishicha, bir kishi Rosululloh Aning oldilariga kirdi, uning ismi Ukkof ibn Bushr Tamimiy edi. Unga Nabiy A – ey Ukkof, ayolingiz bormi, deb so’radilar, yo’q deb javob qildi, ul zot – bizning sunnatimiz nikoh, sizlarning yomonlaringiz bo’ydoqlaringizdir, dedilar. Bu hadisning sanadi zaif, chunki Abu Zardan rivoyat qilgan bir kishining kimligi noma’lum bo’lib, sanadiga iztirob etgan. Bu rivoyatni «Kabir»da Tabaroniy va boshqalar ham Baqiya ibn Valid yo’lidan rivoyat qilishgan bo’lib, ikkala hadis ham Muoviya ibn Yahyodan, u Sulaymon Ibn Musodan, u Makhuldan, u G’oziz ibn Horisdan, u Atiyya ibn Busr (muhmal sin bilan) Mozaniydan rivoyat qilingan: Atiyya aytdiki, Ukkof ibn Vadoa Hiloliy Rosululloh Aning oldilariga keldi… va hokazo. Bu hadis Muoviya ibn Yahyo borligi tufayli ham, Baqiya ibn Valid borligi tufayli ham zaif hisoblanadi.

Shuning uchun bo’ydoqlarni eng yomon odamlar, deb bo’lmaydi. Balki, bo’ydoqlar ham, boshqalar ham, o’z siyrat (harakter)lariga qarab yomon bo’lishlari mumkin.

Xulosa: Rosululloh A qodir bo’lgan kishini uylanishga buyuradilar, chunki kishining o’z dinini saqlashi, nomusini himoya qilishi va ko’zini erga tikishi uchun eng yaxshi yo’l uylanishdir. Shuningdek, Rosululloh A bichishdan, ya’ni uylanishdan butunlay uzilishdan qaytarganlar. Shunga ko’ra, siz savol beruvchi, modomiki uylanishga qodir ekansiz, men sizga shuni tavsiya qilamanki, uylanish uchun soliha ayol tanlang, yaxshi oila qurishga bor kuchingizni sarflang, Alloh uchun niyatingizni xolis qiling, Rosululloh Aga sodiq bo’ling, ana shunda siz farzandlaringizni solih qilib o’stirishga ham – insha Alloh – qodir bo’lasiz, Alloh Subhanahu solihlar do’stidir.

8 – Ukrainalik yigitning savoliga kelsak, uning javobi quyidagicha:

a) Rosululloh A ayolga sovchi qo’ygan kishiga uni ko’rishga buyurdilar. Imom Termiziy Bakr ibn Abdulloh Muzaniydan, u Mug’ira ibn Sho”badan ushbu hadisni ishlab chiqqan: Mug’ira bir ayolga sovchi qo’ygandi, Nabiy A unga

«انْظُرْ إِلَيْهَا، فَإِنَّهُ أَحْرَى أَنْ يُؤْدَمَ بَيْنَكُمَا»

«Uni ko’rgin, chunki o’rtangizni mustahkamlashning eng yaxshi yo’li shu», dedilar. «Bob»da Muhammad ibn Maslamadan, Jobirdan, Abu Humayddan, Abu Hurayradan «bu hadis hasan», deyilgan. Hokim ham uni ishlab chiqib, ikki shayx sharti bilan sahih, degan, unga Zahabiy ham qo’shilgan.

Qizga xaridor bo’lgan yigit uning oilasiga borishi va qizning muboh qilingan kaftlari va yuzini ko’rishi mumkin. Biroq qiz bilan xilvatda bo’lishi yoki u bilan ko’chaga chiqishi… mumkin emas, chunki yigit unga begona. Shuning uchun men savolda kelgan matnga hayron bo’ldim, unda kelishicha, siz qizni oilasi uyida ko’rishni istagansiz, ahli esa – yo’q, siz u bilan ko’chaga chiqing va uni ko’ring, deyishgan! Nazarimda, savolda biror noaniqlik borga o’xshaydi.

b) Qizga dini va xulqidan rozi bo’lsa arziydigan bir kishi kelsa-yu, uning universitetda o’qishi turmushga chiqishidan ko’ra yaxshimi, degan ma’nodagi savolga kelsak, eng yaxshisi, Rosululloh Aning ushbu so’zlariga amal qilmoq lozim:

«إِذَا خَطَبَ إِلَيْكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَزَوِّجُوهُ، إِلاَّ تَفْعَلُوا تَكُنْ فِتْنَةٌ فِي الأَرْضِ، وَفَسَادٌ عَرِيضٌ»

«Qachon diniga va xulqiga siz rozi bo’ladigan biror kishi qizingizga sovchi bo’lib kelsa, uni uylab qo’ying. Shunday qilmasangiz, er yuzida fitna va ulkan fasod tarqaydi».

Ibn Moja buni quyidagicha lafzda rivoyat qilgan:

«إِذَا أَتَاكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ خُلُقَهُ وَدِينَهُ فَزَوِّجُوهُ، إِلَّا تَفْعَلُوا تَكُنْ فِتْنَةٌ فِي الْأَرْضِ وَفَسَادٌ عَرِيضٌ»

«Qachon diniga va xulqiga siz rozi bo’ladigan biror kishi oldingizga kelsa, uni uylab qo’ying. Shunday qilmasangiz, er yuzida fitna va ulkan fasod tarqaydi».

Bu hadisda qizning valiylariga nisbatan shunday qat’iy qaytariq mavjudki, ular agar yigitning dini va xulq-atvorida aybli jihatni topmasalar, nafaqat namoz o’qib, ro’za tutishida, balki odamlar bilan bo’lgan muomalasida, yurish-turishida, bularning hammasida shar’iy ahkomlarga rioya qilishida nuqson topmasalar, qizning oilasi bu yigitning dini va birovlar bilan bo’lgan munosabatida shariat ahkomlariga rioya qilishini so’rab surishtirsalar va Allohning izni ila, dini ham, xulq-atvori ham rozi qiladigan darajada bo’lsa, qizni unga bermasliklari, universitetni tamomlatib olishimiz lozim, degan dastak bilan uni qaytarishlari bu oila ahli uchun harom hisoblanadi. Bil’aks, ular rozi bo’lishib, qizining turmushga chiqishdan man qilmasliklari lozim. Chunki – insha Alloh – dinni himoya qilish uchun eng to’g’ri yo’l mana shu.

So’zim nihoyasida men har bir qodir kishiga soliha ayolga uylanishni tavsiya qilaman, chunki bu dunyo hasanati mana shu. Masalan, «Umdatul qoriy, sharhi sahihi Buxoriy» kitobida Ali:

«Va ularning orasida shunday zotlar ham borki, ular: Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham hasana-yaxshilik ato qilgan, oxiratda ham hasana-yaxshilik ato etgin va bizni do’zax azobidan asragin, deydilar» [Baqara 201]

oyati karimasidagi hasanadan murod, bu dunyoda soliha ayol, oxiratda jannatdir», dedi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

17 robius-soniy 1435h

17 fevral 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.