Narx-navo oshib bormoqda

717
0

images (10)“Uzmetronom” nashrining xabar qilishicha, so’ngi oy davomida Toshkent shahrida oziq-ovqat va xizmat ko’rsatish narxlari 30-70 foizga ko’tarilib ketdi. Deyarli barcha narsa – saryog’dan tortib, dori-darmon va pullik xizmat ko’rsatuvchi davlat shifoxonalaridagi vrach qabuliga kirishgacha qimmatlab ketgan. Masalan, uncha sifatli bo’lmagan 200 grammlik qadoqlangan saryog’ fevral oyida 5500 so’m bo’lgan bo’lsa, bugunga kelib 7500 so’mga chiqqan. Bozor oldidagi avtomobillar turish joyidagi narx 1500 so’m edi, hozir 2000 so’mga ko’tarilgan. Davlat poliklinikasida pullik xizmat ko’rsatayotgan shifokor ko’rigidan o’tish 10 ming so’mdan 17 ming so’mga ko’tarilib ketgan. Bulardan tashqari go’sht maxsuloti narxlari ham sezirarli darajada ko’tarilgan.

O’zbekiston hukumatining qaroriga asosan 10 yanvardan boshlab O’zbekistonda benzin narxi 20 foizga oshirilgan edi. Bu oshirishlardan so’ng bir litr Ai-80 benzini va yoqilg’i dizelining davlat belgilagan narxi 2005 so’mni tashkil etgan va benzinning o’rtacha narxi qaryib 400 so’mga qimmatlagan edi. Bu narx avval 1670 so’mni tashkil etar edi. Ai-91 benzini 1835 so’mdan 2210 so’mga, Ai-95 benzini esa 2020 so’mdan 2435 so’mga ko’tarilgan.

Benzin narxini ko’tarilishi ortidan oziq-ovqat maxsulotlarini narxi oshishi tabiiydir. Chunki bu maxsulotlarni tashib keltirish, ishlab chiqarish va savdo do’konlariga etkazish uchun yo’l haqini ko’tarilishi maxsulot tannarxini ko’tarib yuboradi. Bundan tashqari O’zbekiston hukumati naqd pul aylanmasini kamaytirish uchun ish haqi va nafaqalarni plastik kartochkaga o’tkazilishi oddiy aholini shundoq ham qiyin bo’lgan axvolini yanada mushkullashtirib yubormoqda. Chunki plastik kartochka bilan bozorda savdo qilib bo’lmasa, plastik kartochkalarni ishlatish mumkin bo’lgan magazin va supermarketlarda esa narxlar bozordagidan ancha qimmat. Shu kunlarda Toshkentdagi supermarketlarda bir kilo mol go’shti 29 ming so’mdan sotilmoqda.

Garchi Markaziy bank naqd pul taqchilligini inkor etayotgan bo’lsada, ammo oddiy fuqarolar plastik kartaga o’tkaziladigan ish haqini ham o’z vaqtida olisha olmayapti. Buning natijasida odamlar o’zlarining asosiy ehtiyojlarini qondirishni qisqartirishga va kamaytirishga majbur bo’lmoqdalar.

Faqatgina o’z shaxsiy manfaati va daromadini o’ylaydigan hokimlar esa oddiy xalqning bunday holati va qiyinchiliklariga zarracha parvo qilmaydilar. Bu hokimlar o’zlari egallab turgan mansabdan foydalanib imkoni boricha ko’proq boylik to’plab olish payidalar xolos.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.