Bolalarni o’g’irlash Markaziy Afrika musulmonlariga qarshi kurashda ishlatilayotgan yangicha quroldir

476
0

01 (1)Matbuot bayonoti

Bolalarni o’g’irlash Markaziy Afrika musulmonlariga qarshi kurashda ishlatilayotgan yangicha quroldir

«Yunisef» tashkilotining joriy yil 3 martda bergan xabariga ko’ra, 24 fevralda Markaziy Afrika respublikasining Bangi shahrida nasroniy jinoyatchi to’dalar tomonidan 3 va 13 yosh atrofidagi bolalar o’g’irlab ketilib, bir joyda saqlangan. Bu bechora go’daklarning o’g’irlab ketilishi qator ayanchli rejalarning yangi bir qismi bo’lib, yurt musulmonlari duch kelayotgan etnik tozalash kampaniyasining yangicha terror quroli sifatida sur’at bilan tarqala boshladi. «Yunisef» tashkilotining Markaziy Afrikadagi insonparvarlik masalalari bo’yicha katta koordinatori Abdo Dieng bunday bayonot berdi: «O’g’irlangan bu bolalar dahshatli kunlarni boshdan kechirishgan… Shu vaqt mobaynida ularga o’ldirilish bilan tahdid qilingan… Ularning onalari yaqindagina vafot etgan. So’ng ular otalaridan ham uzoqqa olib ketilgan».

Bu BMT tomonidan yoritilgan birdan-bir voqea, xolos. Bundan tashqari, mana shunday minglagan dahshatli hodisalar ham borki, ular Markaziy Afrika respublikasidagi chorasiz qolgan bolalar va ayollar ustida olib borilayotgan kunlik tajribaga aylanib qolgan. 24 fevral kuni «ABC News» axborot agentligi Ibrohim Adamu ismli 7 yoshli bolakay hikoyasini chop etdi. Bolakayning hikoya qilishicha, u ota-onasining o’ldirilganini o’z ko’zi bilan ko’rgan va to qutqaruv guruhi tomonidan topilgunga qadar ovqat-oziqsiz, boshpanasiz 100 kilometr yo’lni piyoda bosib o’tgan… Uning besh nafar tug’ishganlari taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda. Bolakayning ayni hikoyasiga Karno mintaqasidagi o’n yoshga etmagan etti nafar bolakaylar hodisasi ham juda o’xshaydi va undan ham dahshatlidir. Xullas, Markaziy Afrika respublikasi bolalari nafaqat zo’ravonlik va siyosiy tartibsizlikdan iborat zulmatli muhitda yashamoqdalar, balki bugungi bunday bo’hron to’yib ovqatlanmaslik va ocharchilik muhitining tobora murakkablashishiga ham o’z hissasini qo’shmoqda. Bu bo’hron real qo’rquv ostida qolgan kuchsiz yoshlarni ham o’z domiga tortdi. Ular nasroniy jinoyatchi to’dalarning hayvoniy qilmishlariga duchor bo’lmoqda. Ularning bu qilmishlariga ilmoniy demokratik rejimlar, mustamlakachi G’arb davlatlari va shuningdek Islom olamidagi berahm qo’rqoq rejimlar ko’z yumib kelmoqda.

Biz Hizb ut-Tahrirga a’zo ayollar bunday zulm qarshisida indamay tomosha qilib turgan tomonlardan biri bo’lishni istamaymiz va barcha musulmonlarni ayollarimiz faryodi va go’daklarimiz nolasi oldida sukut saqlab jim qarab turgan hukmdorlarimizni qoralashga targ’ib qilamiz. Shuningdek, Markaziy Afrika, Suriya, Myanma… kabi Islom yurtlaridagi mazlum musulmonlarni qutqarish sari armiyalarni harakatga keltirishdek Alloh Subhanahu va Taolo tarafidan buyurilgan vazifani e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqiramiz. Dunyoning barcha mintaqasidagi musulmonlarni Xalifalik davlatini qayta barpo etish uchun harakat qilishga da’vat qilamiz. Chunki yolg’iz shu davlatgina bolalarni bunday zulmlardan himoya qila oladi. Masalan, sakkizinchi asrda ham shunday hodisa bo’lgandi. O’shanda Sind mintaqasida mushrik hind Raja Dohir bir necha musulmonlarning ayollari va bolalarini asirga oladi. Shunda Xalifalik davlati ularni qutqarish uchun darhol Muhammad ibn Qosimni tish-tirnoqlarigacha qurollangan olti ming otliq askarga qo’mondon qilib jo’natadi. Xalifalik davlati nafaqat asirdagi musulmon ayollar va bolalarnigina qutqaradi, balki butun Sind mintaqasini fath qilib, uni mustabid mushrik hindlar hokimiyatidan xalos etadi. Biz Hizb ut-Tahrirga a’zo ayollar Hizb amiri ulug’ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning etakchiligi ostida tunu kun faoliyat olib borayotgan ekanmiz, bu butun dunyo musulmonlari manfaati uchun amalga oshirilayotgan xizmatdir. Bu xizmat esa Xalifalik davlatida gavdalanuvchi sof islomiy siyosiy namunani qayta tiklash yo’lida jiddiy faoliyat qilish orqali bo’lmoqda. Zero, Xalifalik davlati Muhammad ibn Qosimning ishlarida gavdalangan tarixiy ustunlikni qayta jonlantirish ustida ish olib borajak. O’shanda Muhammad ibn Qosim Alloh Subhanahu va Taoloning quyidagi amrini qabul qilib, istibdod ostida qolgan musulmonlarning ayollari va bolalarini qutqarish uchun hech ikkilanmay o’z armiyasini safarbar qilgan edi:

«Sizlarga nima bo’ldi, Alloh yo’lida hamda erkaklar, ayollar va bolalardan iborat bechoralar yo’lida jang qilmayapsiz, ular Robbimiz, bizni egalari zolim bo’lgan bu shahardan ozod qil va bizga o’z huzuringdan bir do’st bergin, bizga o’z huzuringdan bir nusrat-yordam beruvchi bergin, demoqdalar»

[Niso 75]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.