Rossiya va Tojikiston o’rtasida muzokaralar olib borilmoqda

396
0

Москва ва Душанбе

“Nezavisimaya gazeta”ning ma’lum qilishicha, Moskva va Dushabe o’rtasida harbiy-diplomatik darajada “Ayniy” harbiy aerodiromi ijarasi to’g’risida qiyin muzokaralar olib borilmoqda.

“Ayni vaqtda Moskva va Dushanbe o’rtasida harbiy-diplomatik darajada, avval Rossiya mudofaa vazirligi katta mablag’ yotqizgan “Ayniy” harbiy aerodiromini ijara imkoniyati to’g’risida qiyin muzokaralar davom etmoqda”, – deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, ushbu jihat (“Ayniy” harbiy aerodiromini ijaraga berish) Rossiyaning 201- harbiy bazasi to’g’risidagi kelishuvda o’z aksini topgan va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon “bu ishdan bahona bilan qutila olmaydi”. “Lekin tojik hukumati “Ayniy” ijarasi uchun yirik miqdorda haq talab qilyapti. Moskva shuningsiz ham Dushanbega 150-200 million dollarlik evazsiz harbiy yordam ko’rsatish majburiyatini olgan. Bundan tashqari tojik harbiy mutaxassislari imtiyozli asosda tayyorlab berilyapti, harbiy manyovrlar o’tkazishlikka ko’mak ko’rsatilyapti. Ammo Dushanbe buni huddi bizning majburiyatdek qabul qilayotgan ko’rinadi”, – deb yozadi nashriyot.

Nashriyotning ta’kidlashicha, tojik-afg’on chegarasiga yaqin bo’lgan harbiy aerodrom “Tojikistonni himoya qilish uchun Rossiya qo’shiniga juda zarur”. “O’tgan yillar tajribasiga ko’ra, 201- diviziya harbiylari mazkur chegarani himoya qilishgan, aviatsiya qo’llovi esa Dushanbedagi fuqarolik aerodromidan amalga oshirilgan”.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.