DMXQ Osh TVni mintaqalararo adovat qo’zg’ashda ayblamoqda

427
0

загруженное (15)

Qirg’iziston Davlat milliy xavfsizlik qo’mitasi Osh TV telekaniliga nisbatan QR jinoyat kodeksining “Mintaqalararo adovat qo’zg’ash”lik moddasi bo’yicha jinoiy ish ochdi. Bu haqida 1 fevral kuni “Vecherniy Bishkek” nashriga DMXQ matbuot xizmati xabar qildi.

“Jinoyat ishi 29 yanvar kuni qo’zg’itildi, tezkor-tergov ishlari olib borilmoqda, jumladan, kecha (31 yanvar kuni) telekanal idorasida tintuv o’tkazildi”, – deb xabar qildi matbuot xizmati.

“VB”ning, qanday asos bilan telekanal mintaqalararo nizo qo’zg’ashlikda ayblanmoqda, degan savoliga matbuot xizmati javob berishdan tiyildi.

“Biz xozir qanday asos bilan Osh TVga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilganini xabar qila olmaymiz”, – dedi matbuot xizmati.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.