Bangladeshda yana 14 musulmon o’limga mahkum etildi

369
0

 

Yana 14 musulmon noqonuniy qurol-yaroq savdosi aybi bilan ayblanib Bangladesh mahkamasi tarafidan o’limga jazosi mahkum etildi. Ularning orasida jamoati Islomiya rahbarlaridan biri Matiurrohman Nizomiy ham bor.

Jazoga tortilgan kishilar Hindistonning Assam viloyatida faoliyat olib borgan “Hurriyat jabhasi” nomli bir jamoaga qurol etkazib berishda ayblanmoqda.

Matiurrohman Nizomiy va u bilan birga ayblanayotgan kishilar 10 yil avval Bangladeshdagi bir portda qo’lga olinganlar. Ular Assam viloyatidagi “Hurriyat jabhasi”ga yuborilayotgani da’vo qilingan qurollar sababli sudga tortilgan edi. Sud nihoyasida 70 yoshli Matiurrohman Nizomiy va yana 13 kishi o’lim jazosiga hukm etildi.

Jamoati Islomiya esa hech qachon kuch ishlatish va qurolli hujumlarga aloqasi yo’qligini aytib, sud hukmiga qarshi chiqishmoqda.

Jamoati Islomiya a’zolari Bangladeshning Pokistondan ajralib chiqish yo’lida kelib chiqqan urushda Pokiston tarafida turganlik va Bangladesh mustaqilligiga qarshi chiqqanlikda ayblanib, Bangladesh mahkamasida sudlanmoqda. Jamoatning sobiq rahbarlaridan biri G’ulom A’zam umr bo’yi qamoq jazosiga hukm qilingan va uning o’rniga rahbarlik vazifasini bajarib turgan Abdulqodir mulla osib o’ldirilgan edi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.