14 yanvar – vatan himoyachilari kuni

1178
0

Shu kunlarda O’zbekiston davlati bayramona kayfiyat bilan 14 – yanvar milliy vatan himoyachilari kunini nishonlamoqda.

Ota-onalar maxsus televizion ko’rsatuvlarda cheksiz iftixor bilan so’zga chiqishib, o’z farzandlarining vatanga kerakli odamga aylanganligi uchun baxtiyor ekanligini bildirdilar. Askarlarning onalaridan biri jo’shqinlanib: “Bolajonim men senga bergan oq sutimdan roziman. Sen mening iftixorimsan. Zero vatanni qo’riqlash katta sharafdir”, dedi. Unga javoban o’g’li: Onajon meni shunday tarbiya qilgan sizdan va ona yurtimdan minnatdorman, Men sizning va vatanimiz ishonchini oqlashga sidqi dildan harakat qilaman” dedi.

Bunday samimiy so’zlarni eshitgan har qanday odam ular qilgan xizmatni yodga oladi.

O’tgan yili Tojikiston fuqarosi, 18 yoshli navqiron o’smir, maysazorda futbol o’ynayotib, to’pi “chegaradan” chiqib ketadi, to’pini olmoqchi bo’lgan bolani chegara xizmachilari otib o’ldirdilar. Bolaning ota-onasi dod-voy solib, mahalla komiteti raisi bilan birga chegara xizmat bo’limiga murojaat qilishganda, “bolangiz biz tarafga o’tish bilan qonunga xilof ish tutgan”, deb marhum bolaning ota-onasidan jarima undirishib, qo’yib yuborishgan.

Bir yil ilgari Baqit ismli Qirg’iziston fuqarosi O’zbekiston tomonga 1-2 qadam qo’yar qo’ymas, chegarchilar uni o’qqa tutdilar. Ammo o’q nishonga tegmagach, uni quvib, Qirg’iziston tomonga o’tishib, Baqitni oila a’zosi ko’z o’ngida o’lgunicha otishgan, bu ish ham javobsiz qoldi. 3 yillar oldin chamasi Zulfizar ismli 15 yoshli qizaloq qo’shni davlatdagi kasal buvisini ko’rib qaytmoqchi bo’lgan. Garchi barcha hujjatlari joyida bo’lsada, chegara xizmatchilari unga qattiq po’pisa qilishgan. Qizaloq askar tahdididan qo’rqib, yuragi yorilib kasalxonaga borguncha vafot etgan. 2013 yili 21 yoshli yigitni o’zbek chegarchilari “noqonuniy” kechib o’tganligi bois 2 marta o’q uzishib, o’ldirishdi.

Shu yilning dekabr oyida, Qazog’iston chegarasida avariyaga uchrab Qirg’iz fuqarosi hayotdan ko’z yumgan, biroq chegara xizmati bu haqida hech qanday xabar bermagan va o’likxonada mayyit uzoq muddat qolib ketgan.

Bunday ma’lumotlarni sanog’iga etib bo’lmaydi. Bir yil ichida aynan shu vatan “himoyachilari” qo’lidan qancha-qanchalab musulmonlar hayotdan ko’z yumishadi yoki aziyat chekishadi.

Biz o’g’lini bunday sharafli kasbi bilan maqtayotgan onalarga xitoban shunday demoqichmiz: Siz oq sut berayotganda nahot barcha onalar qatori yaxshi niyat qilmagan bo’lsangiz?! Bir kuni kelib o’g’lingiz qotilga aylanishini o’ylab ko’rganmisiz? Nahot bir musulmonni o’ldirib, siz kabi onai zorni ko’z yoshini shashqator qilgan bolangizdan faxrlansangiz? Nahot odam bolasini o’ldirishdek katta gunoh ayni paytda sharafli kasblar qatoriga qo’shilgan bo’lsa? Hatto dinimiz dushmanlari yahudiylar ham avval odamga ogohlantirib, to’hmatlar to’qib chiqishib, keyin o’ldirshmoqda. Sizni farzandingiz yahudiydan ham battarmi? Futbol o’ynagani chiqib ketgan farzandini ertasi kuni janozasini ko’rgan onaning ahvolini tasavvur qila olasizmi?

Kufr sistemasi malay dunyoga hisr qo’ygan malay hokimlar yordami bilan bizlarning oramizga soxta to’siqlar qo’yishdi. Uzoq yillar mobaynida yaqin qarindoshlar bir-birlari bilan diydorlashmay, hol ahvolidan bexabar kun kechirishyapti. Xudodan qo’rqmagan yurt etakchilarining “karomoti” tufayli avvallari jondosh, qondosh musulmonlar begonaga aylanishdi.

Bu siyosiy o’yinlar girdobiga sizning ham farzandiz ko’r-ko’rona g’arq bo’lishligidan, nomai a’moliga “qotil” deb yozilib qolishligidan, farzandidan judo bo’lgan onaning qarg’ishiga qolgan jigarbandizdan faxrlanasizmi?

Vatan himoyasi oliy burch deya nimani nazarda tutmoqdasiz?

 Rasulalloh (s.a.v.) “Qaysi bir qavm qarindoshchilik rishtasini uzsa, Alloh ulardan uziladi” – deganlar. Darhaqiqat vatanparvarlik tarbiyasi yillar davomida samarasini bergan ko’rinadi. Aynan rahbarlarimiz va vatan himoyachilari Ummatni Allohdan uzilib qolishligida katta ulush qo’shmoqdalar. Bu kun siz uchun bayram emas motam bo’lishi kerak, zero qotil bo’lishlik bu sharaf, izzat emas, gunohi kabiradir.

Allohi Taolo aytadi :

 وَاتَّقُونِي يَاأُوْلِي الْأَلْبَابِ

Mendan qo’rqingiz, ey ahli donishlar! (Baqara :197)

Munavvara.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.