AQSh milliy razvedkasining drektori Jeyms Klapper Suriyada Asad rejimiga qarshi jiddiy qarshi kurashayotgan “Jabhatun Nusra” guruhi AQShga hujum qilish niyatida, degan fikrni olg’a surdi.
Jeyms Klapper senatning “AQSh milliy xavfsizligiga tahdidlar” mavzusida tashkil qilingan yig’inga qatnashib, o’lkaning milliy xavfsizligiga qaratilgan tahdidlar haqida ma’lumot berdi.
Klapper Suriyadagi mavjud Islomiy guruhlar haqida ma’lumot berar ekan, Asad rejimiga qarshi kurashayotgan “Jabhatun Nusra” guruhining AQShga hujum qilish niyatida ekanligini bildirdi.
Klapper senat yig’inida Suriyadagi bir qancha Islomiy guruhlar u erda mashq lagerlari tashkil qilib, jangchilarni “o’z o’lkalariga qaytib yanada kattaroq terror uyushtirish uchun mashqdan o’tkazayotganligi”ni da’vo qildi.
AQSh razvedkasining rahbari mavqe’idagi Klapper Suriyada Bashar Asadga qarshi kurashayotgan minglagan jangchilardan 26 mingtasi “ekstrimizm” (ya’ni Islom) tarafdori ekanligini va bulardan 7 mingtasi tashqi davlatlardan kelgan begona kuchlar ekanligini qayd etdi.