EXHT tojik chegarachilarini mashqdan o’tkazdi

451
0

images (15)

Tojikiston chegara qo’shinlari bosh boshqarmasidagi tojik chegarachilari qishki sharoitlarda chegaralarni qo’riqlash bo’yicha EXHTning ikki xaftalik o’quv kursini tamomlashdi. “IA REGNUM” xabar qilishicha, o’quv kursi Tojikistondagi EXHT byurosi tomonidan tashkillashtirilgan.

O’quv kursini tojik-afg’on chegarasida joylashgan chegara bo’linmalaridan 15 nafar zobitlar o’tadi. O’quv mashg’ulotlari Dushanbedan tahminan 50 kilometr shimolda joylashgan, dengiz sathidan 2000 metrdan ziyod baland bo’lgan Xo’ja Obigarm tog’ hududida bo’lib o’tdi.

Tojikistondagi EXHT byurosi rahbari elchi Markus Myuller shahodatnomalarni topshirish marosimida, “Yaqin yillar mobaynida chegaralar xavfsizligi birinchi darajali masala sifatida qolaveradi. Shu munosabat bilan yuksak professional darajada bajariladigan qo’riqlash, chegaralarni samarali boshqarishda hal qiluvchi qism hisoblanadi. EXHT bu yo’nalishda qo’llab-quvvatlashni davom ettiraveradi”, – deya belgilab o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.