Suriya qo’zg’olonchilari Bosh shtab tuzishdi.

312
0

Barcha Suriya bo’ylab qo’zg’olonchi guruhlarning etakchilari Turkiyada uchrashuv o’tkazdilar. Uchrashuvda Suriya Ozod armiyasining Bosh shtabi – “Umum qo’mondonlik” a’zolari saylandi.

“Umum qo’mondonlik” mamlakatning turli hududlaridagi qo’zg’olonchi guruhlarning 30 vakilidan tarkib topgan. Shtabning birinchi qiladigan ishi – Suriya Ozod Armiyasining bosh qo’mondonini saylashlik hamda mamlakatning har bir viloyati uchun siyosiy etakchilar tasdiqlashlik bo’ladi.

Mazkur bitimlarga, shuningdek muzokaralarda qatnashgan AQSh, Angliya, Frantsiya va Qatar vakillarining hamkorligida erishildi. Horijliklar yangi uyushmaga, uning rejimga qarshi kurashida, har tomonlama yordam berishga va’da qilishdi.

Ma’lumotlarga ko’ra, Amerika, Angliya va Frantsiya harbiylari Suriyaga etib kelishgan va turli yordam ko’rsatishlik hususida u erda qo’zg’olonchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Undan tashqari, ular turli qo’zg’olonchi birikmalarning imkoniyatlarini baxolamoqda va ularning siyosiy yo’nalishlarini aniqlamoqda.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, Angliya Frantsiya va Fors ko’rfazining arab mamlakatlari muxolifatni Suriya xalqining yagona qonuniy vakili deb tan olishgan hamda Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar haligacha Suriya prezidenti deb xisoblayotgan Bashar Asadning qonuniyligini rad etishgan.

Bu mamlakatlar nazdida, Asad – unga qarshi Suriya xalqining qonuniy vakillari kurash olib borayotgan hukumat zo’rovonidir. Shu bois Suriya Ozod Armiyasiga yordam berishlik noqonuniy deb xisoblanmaydi.

Turkiston:
G’arb etakchilarini, uningsiz xam xoldan toyib bo’lgan Asad rejimiga karshi shuncha xarbiy kuvvat to’plashlariga xojat bormidi? Demak bu kuchlar, rejim qulagandan keyingi xolatdan xavotirlanib to’plandi. Ularning muammolari, Islom diyoriga kufr piyoda askarlari bilan kirib borishda. Shuning uchun ichki islomiy guruxlardan foydalanishga qattiq urinadi. Mobodo bu rejalari ish bermasa, Turkiya armiyasi singari islomiy yurt piyoda askarlari bilan bostirib kirishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.