O’zbekiston MDH erkin savdo hududiga a’zo bo’ldi

411
0

загруженное

“Gazeta. Uz” xabar qilishicha, O’zbekiston hukumati MDH erkin savdo hududi to’g’risidagi kelishuvni imzoladi.

Juma kuni prezident Karimov, “2011 yil 18 oktyabrdagi Erkin savdo hududi to’g’risidagi shartnomani uning tomonlar va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida qo’llash haqidagi Bayonnomani ratifikatsiya qilish to’g’risida”gi qonunga imzo chekdi.

2013 yilning 29 noyabr kuni bu qonun O’zbekiston parlamentining quyi palatasi tomonidan qabul qilingan, 13 dekabr kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.

O’zbekiston MDH Erkin savdo hududiga to’qqizinchi a’zo davlat bo’lib qo’shildi. Xujjat 2011 yil 18 oktyabr kuni imzolangan va Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Moldoviya, Qozog’iston va Armaniston uchun kuchga kirgan edi. Qirg’iziston bu xujjatni 2013 yil 9 dekabar kuni imzolagan. Kelishuv depozitorlar tegishli xujjatni olgan kundan e’tiboran, 30 kunlik muxlat nihoyasiga etgach kuchga kiradi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.