G’arb Ukraina hukumatini ogohlantirmoqda

465
0

images (3)

Ukrainada qariyb uch haftadan beri davom etib kelayotgan namoyishlarning oxiri ko’rinmayapti. Amaldagi prezident Viktor Yanukovich Yevropa ittifoqi bilan hamkorlik bitimini imzolashdan bosh tortib, Rossiya bilan yaqinlashishga qaror qilgan. Ammo namoyishlarning talabi buning aksi.

Kuni kecha Yanukovich muxolifat vakillarini muzokaralar stoliga taklif qilgan edi. Biroq muxolifat bu taklifini rad etib, hukumatni iste’foga chiqish talabini olg’a surmoqda.

Kecha tunda maydonda yig’ilgan o’n mingdan ortiq xalq bilan uni tarqatishga uringan militsiya mahsus kuchlari o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi. Ichki ishlarga qarashli maxsus kuchlar bilan “Berkut” guruhi namoyishlarga nisbatan kuch ishlatgani aytilmoqda.

Qo’shma shtatlar va Yevropa ittifoqi Ukraina hukumatini namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishda ayblamoqda. AQSh davlat kotibi Jon Kerri tinch o’tayotgan norozilik aktsiyasiga qarshi kuch ishlatish hech qanday demokratik normaga to’g’ri kelmasligini bildirdi. Oq uy tarqatgan bayonotda “namoyishchilarga qarshi militsiya kuchlarining buldozer va suv purkagich mashinalar bilan hujum qilishi insonlarning demokratik haquqlarini poymol qilishdir”, deyiladi.

Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Karl Bildt tivittr sahifasida “ayni paytda Kiev maydonida nima bo’layotganini xavotir bilan kuzatib borayapmiz. Ukraina repressiya yo’lini emas, reforma yo’lini tutishi lozim”, deb yozdi.

AQSh Mudofaa vaziri Chak Heygel telefon orqali suhbatda ukrainalik hamkasbini namoyishchilarga qarshi harbiy kuch ishlatishdan ogohlantirgan.

AQSh davlat departamenti Ukraina hukumatiga qarshi sanktsiyalar joriy etilishi mumkinligidan ogohlantirar ekan, bu variant G’arb davlatlarining rahbarlari tarafidan muhokama etilayotganini bildirdi.

Ammo Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu ishlar Ukrainaning ichki ishlari ekanligini ta’kidlab, G’arb davlatlarini bu ishga aralashmaslikka chaqirmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.