Falokatda halok boʻlganlar uchun Islom yechimi

920
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Falokatda halok boʻlganlar uchun Islom yechimi

16 yanvar kuni Manas aeroporti yaqinida fatokat yuz berdi. Buning ortidan bir necha insonlar nobud boʻldi. Marhumlarning yaqinlari va u joydagi aholi jabrlandi. Lekin bunga nisbatan demokratiya qanday chora koʻrishi kerakligi toʻgʻrisida yoki hukumat nima ishlar qilayotganligi haqida yetarlicha axborotlar tarqalmoqda. Lekin Islomning unga boʻlgan yechimi na muftiyotdan va na boshqalardan bayon qilinmadi. Shaning uchun bunday Islomning holatga beradigan yechimini qisqacha sizlarga yetkazishga harakat qilaman:

Xato qilib, bilmay oʻldirib qoʻyganda, oʻlikning merosxoʻrlari qotilning qarindoshlaridan tovon olishga haqli boʻladilar. Imom Buxoriy Abu Hurayradan ushbuni rivoyat qilgan:

“اِقْتَتَلَتْ اِمْرَأَتَانِ مِنْ هُذَيْلَ فَرَمَتْ إِحْدَاهُمَا الْأُخْرَى بِحَجَرٍ فَقَتَلَتْهَا وَمَا فِى بَطْنِهَا فَاخْتَصَمُوا إِلَى النَّبِىَّ r فَقَضَى أَنَّ دِيَةً جَنِينَهَا غُرَّةٌ عَبْدٌ أَوْ وَلِيدَةٌ، وَقَضَى أَنَّ دِيَةَ الْمَرْأَةِ عَلَى عَاقِلَتِهَا”

“Huzayl qabilalik ikki ayol urishib, biri tosh otib ikkinchisini va qornidagi homilasini oʻldirib qoʻydi. Rasululloh(s.a.v)ga bu mojaroni olib kelganlarida u zot oʻlgan ayolning homilasiga bir qul toʻlash, tovonini esa oqilasiga (yaʼni qarindoshlariga) yuklatib hukm chiqarib berdilar”.

Oqila deb aqlni toʻlovchilarni aytiladi, “aql”, deb bu yerda tovonni aytiladi. Oqila deb, barcha ota tomondan boʻlgan qarindoshlar aytilib, bunga qotilning otasi, oʻgʻillari, aka-ukalari, amakilari va amakilarining oʻgʻillari kiradi. Shuning uchun aybdor aniqlanib, unga tovon yuklatilishi va davlat undan undirib berishi kerak. Agar qotilning oqilasi boʻlmasa tovon baytulmoldan olinadi, chunki Rasululloh(s.a.v) Haybarda odam oʻldirib qoʻygan ansoriyga baytulmoldan toʻlab yuborganlar. Umarning davrida bir kishi tiqilinchda oʻlib, qotili topilmadi. Shunda, Ali Umarga: Ey amirul-moʻminin, musulmon kishining qon haqi bekor qilinmaydi, uning tovonini baytulmoldan ado eting, degan edi.

أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مَعْمَرٍ قَالَ حَدَّثَنَا رَوْحُ بْنُ عُبَادَةَ قَالَ حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ الْأَخْنَسِ عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ ” أَنَّ ابْنَ مُحَيِّصَةَ الْأَصْغَرَ أَصْبَحَ قَتِيلًا عَلَى أَبْوَابِ خَيْبَرَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَقِمْ شَاهِدَيْنِ عَلَى مَنْ قَتَلَهُ أَدْفَعْهُ إِلَيْكُمْ بِرُمَّتِهِ قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ وَمِنْ أَيْنَ أُصِيبُ شَاهِدَيْنِ وَإِنَّمَا أَصْبَحَ قَتِيلًا عَلَى أَبْوَابِهِمْ قَالَ فَتَحْلِفُ خَمْسِينَ قَسَامَةً قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ وَكَيْفَ أَحْلِفُ عَلَى مَا لَا أَعْلَمُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَنَسْتَحْلِفُ مِنْهُمْ خَمْسِينَ قَسَامَةً فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ نَسْتَحْلِفُهُمْ وَهُمْ الْيَهُودُ فَقَسَمَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ دِيَتَهُ عَلَيْهِمْ وَأَعَانَهُمْ بِنِصْفِهَا “. النسائي

“Albatta, Muhayyasaning kichik oʻgʻli Haybar qabilasiga kirishda oʻlik holda topildi. Bas Rosululloh(s.a.v) uni kim oʻldirganligiga ikki guvohni top, shunda qotilni sizlarga butunlay topshiraman(yaʼni nima qilsanlar ihtiyoringlarda, xohlasanglar oʻldirasizlar, xohlasanglar diya olasizlar yoki kechirib yuborasizlar) – dedilar. Yo Rosululloh, qanday guvoh topaman, vaholanki u tongda ularning qabilasiga kiraverishida oʻlik holda edi?- dedi. Unda ellik marta qasam ichasan. Yo Rosululoh, bilmagan narsamga qanday qasam ichaman? – dedi. U holda ulardan ellik marta qasam ichishligini talab qilamiz, – dedilar. Yo Rosululloh, qanday ulardan talab qilamiz, vaholanki, ular yahudiylar boʻlsa(yaʼni ishonchsiz)?! – dedi. Bas, Rusululloh(s.a.v) diyasini ularga taqsimlab toʻlattirdi va yarmiga oʻzi yordam berdi”. Nisoiy rivoyati.

Nasoiy Rasululloh (s.a.v)ning Yaman ahliga maktub yozib, uni Amr ibn Hazmdan joʻnatganlarini, unda

“وَإِنَّ فِى النَّفْسِ الدِّيَةُ مَائِةٌ مِنَ الْإِبِلِ”

“Jon uchun yuzta tuya tovon toʻlanadi”, degan joyi borligini rivoyat qilgan.

Tovon(diya)ni (qasd qilmasdan odam oʻldirgan kishi oʻlgan kishining yaqinlariga toʻlaydigan toʻlov) farz qilgan vaqtda Islom diyada tilla va kumush beriladigan qildi va diya uchun tilladan muayyan miqdor – 1000 dinor(bir dinor 4.25g = 4,25 kg tilla) va kumushdan muayyan miqdor – 12000 dirham(bir dirham 2,975g = 35,7 kg kumush)ni taʼyin qildi. Ibn Abbosdan rivoyat qilindi: “Banu Adiy qabilasidan bir kishi oʻldirildi. Nabiy (s.a.v) uning diyasini 12000 dirham qilib belgiladilar”. Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Xazm otasidan, otasi esa bobosidan rivoyat qiladi. “Rasululloh(s.a.v) Yaman ahliga maktub yozdilar. Maktublarida shunday soʻzlar bor edi: “Moʻmin nafsda 100ta tuya diya bor, tilla egalariga 1000 dinor”. Bu hadisni Nasriy rivoyat qildi;

Bu tovon puli konhoʻr AQSh 1971yili tillani muomiladan umuman chiqarib yuborib, oʻrniga dollarni kiritgani bois, tahminan 200 000 $ dan marhumning yaqinlariga har bir jon boshi uchun toʻlanishi kerak. Agar homilador ayol boʻlsa, oʻzi uchun alohida va bolasi uchun alohida qilib, ikki barobar berilishi kerak. Ammo uylari yoki undagi jihozlar, mol-qoʻylari oʻz holiga keltirib berilishi tovondan tashqari ish. Narsalarni yaroqsiz holga keltirgani uchun alohida toʻlanadi.

Bu pul anchagina boʻlganiga qaramasdan, musibatlangan insonlarga yoʻqotgan yaqinlarini qaytarib ham berolmaydi yoki oʻrnini ham bosa olmaydi. Lekin u ilojsiz boʻlganidan, loaqal oz boʻlsada yupatish uchun Alloh Taolo bizga rahmat qilib yuborgan hukmlarda nav gʻarizasi jarohotlangan qalblarga baqo gʻarizasini qondirish bilan ovintirishni hukm qilgan. Chunki Mehribon va Rahimli Yaratguvchimiz inson qalbini juda yaxshi biladi.

عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو:” أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عَلَى اللَّهِ مِنْ قَتْلِ رَجُلٍ مُسْلِمٍ ” الترمذي

Abdulloh ibn Umar(r.a) rivoyat qiladi: albatta Rosululloh(s.a.v); “Alloh Taologa, Dunyoni yoʻq boʻlib ketishi bir musulmonning oʻlimidan yengilroqdir” dedi. Termiziy rivoyati.

Muttaqiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.