Yanukochichga 48 soat muhlat

387
0

8FD844AF-02E9-4BB2-9229-CDE7AAA97EFC_w268_r1_cx15_cy11_cw85

Ukraina shu kunlarda murakkab vaziyatni boshdan kechirmoqda. Poytaxt Kievda hukumat iste’fosini va Ovro’po Ittifoqi bilan yaqin aloqalar o’rnatishni talab qilgan namoyishlar to’xtamayapti.

“Xalq yig’ilishi” va “million yurishi” nomli namoyishda Ukrainaning bir qancha mintaqasidan o’n minglagan kishilarning kelganligi oqibatida poytaxt Kievda keskinlik yanada ortgan. Muxolif “Ona vatan” partiyasining etakchisi Arseniy Yatsenyuk ertagacha Ukrainaning taqdiri hal bo’lishini bildirdi.

Xabarlarda aytilishicha, qo’llarida Ukraina va Yevropa ittifoqining bayroqlari bo’lgan namoyishchilar tushdan so’ng parlament va hukumat binolariga qarab harakatlana boshlagan. Aksariyat yoshlardan iborat bo’lgan namoyishchilar davlat muassalariga olib boradigan yo’llardagi avtomabil harakatini to’xtatib qo’ygan.

“Ona vatan” partiyasining vakili Sergey Pashinskiy esa prezident Viktor Yanukovichga qat’iy talab qo’ydi. “Ey Yanukochich, senga 48 soat muhlat beramiz. Agar bu muddat ichida ichki ishlar vaziri Vitaliy Zaxarchenko hibsga olinmasa, bosh vazir Nikolay Azarov istefo bermasa va siyosiy tutqinlar ozod qilinmasa prezident qarorgohiga boramiz”, dedi u o’z bayonotida.

Muxolifatdagi “Udar” partiyasining rahbari Vitaliy Klichko birinchi qadam sifatida hukumatga olib boradigan yo’lga katta chodir qurdirdi. Uning ortidan namoyishchilar boshqa yo’llarga ham chodirlar qurishib, atrofini sim to’rlar bilan o’rashdi.

Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich BMT bosh sekretari Pan Gi Mun bilan telefon orqali bog’lanib o’lkadagi vaziyatni tinchlantirish uchun maslahat qilishi haqida aytganligi xabar qilinmoqda.

Prezident Viktor Yanukovich Ovro’po Ittifoqi bilan aloqa o’rnatish o’rniga Rossiya bilan yaqinroq aloqalar o’rantilishini istaydi.

Keyingi xabarlarda aytilishicha, Ukraina politsiyasi nomoyishchilar tarafidan qo’yilgan barcha to’siqlarni tozalashga kirishgan. Prezident qarorgohi va hukumat binolarining atroflari namoyishchilardan tozalangan. Namoyishchilar orasida jarohat olganlar bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.