Saudiya Misr harbiy xuntasiga 5 milliard dollarlik yordam beradi

415
0

6B1CC3B8-D504-43D4-8D4D-6ABC3B15D992_mw800_mh600

Misrda davlat to’ntarishini amalga oshirgan harbiy xuntani moliyaviy jihatdan dastaklab kelgan Saudiya arabistoni Qohiraga yana 5 milliard dollarlik yordam ko’rsatishini ma’lum qildi.

Misr moliya vazirligiga qarashli manbalardan olingan xabarda aytilishicha, Misr va Saudiya Arabistoni orasida bir oyga yaqin davom etgan muzokaralar natijasida Riyoz Qohiraga 5 milliard dollarlik yordam berishi borasida kelishuvga erishilgan. Manbaga ko’ra, bu mavzuga tegishli rasmiy bayonot kelgusi kunlarda beriladi.

Ma’lum bo’lishicha, yordam pullari Misr bankiga omonat sifatida yotqiziladi. Bir milliard dollar hadya tarzida xossatan neft mahsulotlari shaklida Misrga etkaziladi.

Misr hokimiyatini egallagan mansabdorlarning da’vo qilishicha, bu pullar avvalambor inshoot, turizm va davlat sektorlarini rivojlantirishga, undan so’ngra zayiflashib qolgan Misr iqtisodini jonlantirish va ishsizlikni kamaytirish maqsadida yuritiladigan dasturlarga sarflanadi.

Misrda kechgan harbiy to’ntarish ortidan Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Birlashgan Arab Amirliklari Qohiraga moliyaviy yordam ko’rsatib kelmoqda. Saudiya Arabistoni 5 milliard dollar berishi bilan bu uch davlatning Misrga ko’rsatgan yordami 12 milliard dollarga etadi.

Turkiston: Saudiya, Quvayt va Birlashgan Amirliklar Misrga yordam ko’rsatadilaru, Sisi va uning gumashtalari AQShga qulluq qilishadi. Chunki bu davlatlar xatto exsonni xam xalqaro sistema manfaatlariga muvofiq yo’naltirishadi. Bu yordam neft singari xom ashyo sifatida bo’lganidan, uni katta davlatlar arzon baxoda sotib olib, pullaridan G’arb banklarida riboda foydalanib turishadi. Bu ongsiz musulmonlar uchun bir xo’rak vazifasini bajarib, Islom va musulmonlarga qarshi xarakatda bo’lar ekanlar, ular uchun bu mablag’lardan tomchilatib turiladi. Ish chappasiga ketganida esa, bu mablag’lar darxol muzlatiladi va G’arb manfaatiga musodara qilinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.