Islomning yoshlarga ahamiyati

773
0

images

Turkiyaning Bursa shahrida Hizbut Tahrirga mansub ayollar “Islomning yoshlarga ahamiyati”, nomli konferentsiya o’tkazishdi.

Qur’on tilovatidan so’ng so’zga chiqqan Robiya Qoplon kufr nizomi bo’lgan ilmoniy kapitalistik nizom Turkiyada hayot kechirayotgan musulmon yoshlarga qanday ta’sir etayotganiga diqqatni jalb qildi. Robiya Qoplon ba’zi yoshlarning g’arbcha yashash tarzi to’riga tushib qolganini urg’ular ekan “jamiyatda musulmon yoshlarning roli nimadan iborat?”, “Islom ummatiga nisbatan musulmon yoshlarning vazifasi nima?”, “Islomda yoshlar qanday bo’lmog’i lozim?”, degan savollarni o’rtaga tashlab, so’zni Sumayya Gukerga berdi.

Sumayya Guker so’zining avvalida Turkiyadagi musulmon yoshlar aholi soniga nisbatan 20%ga yaqin ekanligi va ularning yoshlari 15-25 yoshda ekanligini aytib o’tdi. Sumayyaning ta’kidlashicha, hozirda Islomni o’z hayotlariga asos qilib olgan yoshlar mavjud bo’lsa-da biroq Turkiya yoshlarining aksariyati bo’sh vaqtlarini musiqa eshitish, kompyuter o’yinlarini o’ynash, supermarketlarni kezish bilan o’tkazishadi. Ulardan bir qanchasi narkotik moddalarga berilib ketgan, faqat televizor qarshisida vaqt o’tkazish bilan ovora. Ba’zilari esa kar’erlar va hashamatli hayot izidan elib-yugurish bilan halak. Bundaylarning hayot haqidagi fikrlari g’arb yoshlari kabi yaxshi hayot kechirishdan iboratdir. O’yin kulgi va manfaat bo’lsagina harakatga keladilar. Ular Islomga begona bo’lib qolishgan.

Sumayya Guker yoshlarga murojaat qilib shunday deydi: Rosululloh s.a.v.ning davridagi yoshlarga bir boqing. Usoma ibn Zayd 17 yoshida sahobalar ishtirok etgan lashkarga qo’mondonlik qildi. Ular bu yoshda islomiy lashkarlarga qo’mondonlik qilar ekan, hozirgi yoshlar esa hatto Islomdan ham bexabardir.

Ja’far ibn Abu Tolib Habashiston shohi Najjoshiyga Islom haqida xabar berib, bir qancha musulmonlarni himoya qilganda 20 yoshda edi. Hozirda AQSh yoki Britaniya kabi g’arb o’lkalarining noto’g’ri siyosatini o’rtaga olib bahs munozaraga kiradigan 20 yoshli yoshlarimiz bormi?!!

Sumayya bunday hodisalar faqat sahobalar davrida emas, keyingi davrlarda ham bo’lib o’tganligini eslatib o’tdi. U 7 yoshida Qur’onni yod olgan imom Shofe haqida gapirar ekan, hozirda 14 yoshdagi boladan Qur’on va sunnatdan kelib chiqqan Islom hukmlari haqida so’rashni hayolga keltirish qiyinligiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, Ispaniyani fath qilgan Toriq ibn Ziyod va Konstantinopolni Fath qilgan Muhammad Fotihlar ham yosh bo’lganliklarini tilga olib o’tgan Sumayya bular Islomning va Islomiy hayot kechirishning mevalari ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

Konferentsiya Ramziya Yilmazning barchani tuyg’ulantirgan duosi bilan nihoyasiga etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.