Oldin koalitsiya tizzadan bir oz pastroqqacha egilgan bo’lsa endi bu koalitsiya Ford oldida er o’pkudek bo’lib egilishini axiri e’lon qildi!

378
0

01

Jarba koalitsiyasi 2013 yil 9, 10, 11 noyabr kunlari o’z yig’inlarini Amerika elchisi Ford boshqaruvida boshladi. Ford Jarbaga Jeneva-1 qadamlari bo’yicha Jeneva-2ga hozir bo’lish qarorini uqtirib buyruq bermoqda. Qaror qabul qilish borasida buyruq beruvchi ham, qaytaruvchi ham shu Ford bo’lib qoldi. Jarba va uning yordamchilari esa ilgari o’zlari aytib yurishgan Jenevaga borishdan oldin Bashar ketishi kerak yoki uning ketishi kafolatlanishi kerak degan gaplarini ichlariga yutib yuborishdi. Talabning bunisi ham, unisi ham elga uchib ketdi, ularning o’rnini Bashar uchun hech qanday rol bo’lmasligi kerak deb qayta-qayta vaysashlar egalladi. Lekin uning qachon roli bo’lmasligi aytilmadi! Amerikaning bu yig’inga o’z nufuzini va bosimini o’tkazishi shu darajada kuchli bo’ldiki va Jarba bu nufuz va bosimga shu darajada bo’ysundiki, u koalitsiyadagi harbiy vakil e’tirozini ko’tarolmay, Bashar shabbihasi (qurolli to’dasi) va barcha tog’utlar yo’lini tutib unga shapaloq tushirdi. Bu hali Jarba hokimiyatning yoki hokimiyatdan biron narsaning mazasini totib ko’rmasdan turib bo’lmoqda! Koalitsiyadagi ba’zilarning qaror qabul qilishdan oldin Suriya ichkarisidagi kuchlar bilan maslahat qilish kerak degan talabini ham Ford rad qilib ularga avval Jeneva-2da ishtirok etish qarorini qabul qilishni va ana shundan keyin ichkaridagilar bilan maslahatlashishlarini buyurdi. Ya’ni ichkaridagilar qaror qabul qilishda har qanday ta’sir o’tkazishdan mahrum bo’lishlari uchun u shuni buyurdi. Chunki ichkaridagi kuchlardan ko’pi o’z hurmatini saqlab kelayotgan ozod kuchlar bo’lib ular o’zlarini Amerikaga va uning malaylariga xorlarcha bo’yin egishdan yiroq tutayotganlarini Amerika yaxshi biladi…

Shunday qilib Muharram oyining sakkizinchi tunida, 11 noyabrda Jeneva-2da ishtirok etish haqida qaror qabul qilindi. Shundan keyin bu malaylar bu qaror sharmandaligini u shartlar asosida qabul qilindi degan gap-so’z bilan niqoblashga urinishdi. Vaholanki ular bu shartlarning hech qanday qiymati yo’qligini boshqalardan oldinroq bilishadi. Chunki bu yig’in modomiki Bashar delegatsiyasi bilan Jarba delegatsiyasi o’rtasida bo’lib o’tar ekan bu shartlarning hech qanday qiymati yo’q! Ular Jeneva-2ga borishdan oldin boshqaruvni tiklashdi deb aytilishi uchun bu malaylar 2013 yil 11 noyabr dushanba oqshomida Ahmad To’ma boshchiligida muvaqqat hukumat tuzilganini e’lon qilishdi. Bu hukumat hech qanday kuch-quvvatga ega emas. Chunki ichkaridagi kuchlar uni rad etmoqda. Shuning uchun bu hukumat Shom erida barqaror o’rnasholmaydi. Shunday qilib, demak u Amerika bu malaylarga Jeneva-2da o’z echimini yuklaguncha «zoe bo’lgan vaqtdagi bir o’yin» hukumatidir!

Amerika qabul qilingan bu qarorni shosha-pisha qo’llab- quvvatladi. Chunki Kerri bunday dedi: «Suriya oppozitsiyasi kecha Jenevaga borish uchun ovoz berish tadbirini o’tkazdi, u albatta bir katta qadamdir». Lekin Amerika tashqi ishlar vazirligi vakili bu qadamni maqtab sharhlar ekan «koalitsiya Basharning har qanday rolini rad etganini sharhlab o’tirmadi». Bu vakil aytgan gaplarning mag’iz-mazmuni aniqdir! Qolgan davlatlar ham bu qarorni shosha-pisha ma’qulladi…

Ey Suriya ahli, Bashar va uning to’dasiga, Jarba koalitsiyasi va uning guruhiga qarshi qoyadek mustahkam turgan ey o’g’lonlar:

Amerika, Yevropa, Qatar, Saudiya, Turkiya va boshqa davlatlar homiyligida mehmonxonalarda noz-ne’matlar ichida aysh surib yotgan bu malaylar dushmandir. Shuning uchun ulardan o’ta ehtiyot bo’ling. Chunki ular sizlar harakat qilayotgan yaxshilikdan boshqa narsaga, unga butunlay zid bo’lgan narsaga harakat qilishmoqda. Zero sizlar haqning haqligini ko’rsatish uchun, dorul Islom markazi bo’lmish Shomda Islom boshqaruvini vujudga keltirish va Amerika nufuzini butunlay yo’q qilish uchun tog’utga qarshi qoyadek mustahkam turib qurbonlar bermoqdasiz. Bunga hamma guvoh bo’lib turibdi… Anavi malaylar esa hozirgi boshqaruvga o’xshagan boshqaruvni va hozirgi malayning o’rnini bosadigan yana bir malayni paydo qilishni istashmoqda… Bu malaylarga to’kilgan shuncha pokiza qonlarning, berilgan shuncha qurbonlarning, poymol qilingan shuncha hurmatlarning, inson ham, tog’u tosh, dovu daraxt ham omon qolmagan shuncha vayronlikning hech bir ahamiyati yo’q. Bular ularni zig’ircha ham qayg’uga solmaydi. Chunki ular o’sha hashamatli mehmonxonalarda aysh qilib yotishibdi, o’zlarining xo’jayinlariga xorlarcha bo’yin egib qullarcha yashashmoqda. Ular hatto nafas olib eb ichishayotgan bo’lsa-da tirik emas o’liklardir.

«Ularning dillari boru anglay olmaydilar, ko’zlari boru ko’ra olmaydilar, quloqlari boru eshitmaydilar. Ular chorvalar kabidirlar, yo’q, ular (beaql, befahmlikda) chorvalardan ham battardirlar. Ana o’shalar g’aflatda qolgan kimsalardir» [A’rof 179]

Biz bu koalitsiya ko’ra olishdan mahrum bo’lganini bilar edik. Uning parda bosgan ko’zida bir oz nur qolgan bo’lsa-da lekin u ko’ra olish va fikrlashni yo’qotgan edi! Bo’lmasa nega o’zining bu qilmishidan uyalmayapti?! Allohning oldida bo’lmasa ham Alloh bandalarining oldida nega uyalmayapti?! U hali Jenevaga bormasdan turiboq Istanbulda Ford oldida egilib-bukilgan ekan uning uchun Jeneva konferentsiyasida Amerika va uning yordamchilarining g’ajib tashlovchi jag’i o’rtasida qarordan yoki ra’y bildirishdan biron nasiba bo’lishi mumkinmi axir?!

Ko’zi bor va fikrga ega har bir kishi bu koalitsiyaning Jenevaga borishidan maqsad Bashar uchun bir tinchgina sug’irilib chiqib ketish yo’lini paydo qilish ekanini yaxshi tushunib turibdi. Amerikaning malayi Basharning tinchgina sug’irilib chiqib ketishi bilan bir qatorda uning o’rniga yana bir malayni olib kelinadi. Chunki mustamlakachilar Jarba koalitsiyasi ichkarida hech qanday tayanch va qo’llab-quvvatlovga ega emasligini yaxshi tushunishadi. Shuning uchun mustamlakachilarning yangi boshqaruvni xavfsizlik kengashi tomonidan chiqarilgan qaror bilan xalqaro kuchlarni kiritish orqali himoya qilishlari ehtimoldan uzoq emas, ular buning uchun munosib «stsenariy»ni tayyorlashmoqda! Jeneva konferentsiyasidan maqsad va g’oya mana shudir. Jeneva konferentsiyasiga qatnashadigan barcha malaylar tutadigan xiyonat yo’li mana shudir…

Ey Suriya ahli, tog’utlarga qarshi sabot bilan turgan ey sabrli, sabrda ustun murobit o’g’lonlar:

Bu xoinlar – modomiki sizlar haq ustida sobit turar ekansiz – biron ishni hatto unga qaror qilishgan bo’lsa ham amalga oshirisholmaydi… Zero ular murobit, mujohid Shom erida sizlarga yo’liqishdan o’lgudek qo’rqadigan qo’rqoqlardir. Shuning uchun ularning Shom erida biron sha’nga ega bo’lishiga aslo imkon bermang. Aks holda bergan shuncha qurbonlaringiz behuda bo’lib qoladi, to’kilgan shuncha qonlaringiz bekor ketadi, balki bu qonlar ustingizdan o’zining Boriy yaratuvchisiga shikoyat qiladi… Biz Shom ahlini erkaklarning erkagi deb bilamiz, ularning iroda va qat’iyyati Allohga, Rosuliga va mo’minlarga xiyonat qilgan kimsalar oldida bukilmaydi va zaiflashmaydi deb bilamiz.

«Albatta Alloh imon keltirgan zotlarni mudofaa qilur. Albatta Alloh barcha xoin va kufroni ne’mat qilguvchilarni suymas» [Haj 38]

Nusrat-g’alaba bir soatlik sabr samarasidir. Zero Amerika, uning malayi Bashar va yana bir malayi koalitsiya jon berishning oxirgi talvasasida turibdi. Ular o’zlarini sizning mustahkamligingiz va qahramonligingizdan qutqaradigan echimni qidirishmoqda. Shunday ekan o’zingiz turgan haq ustida sabot bilan turing, Alloh boshqaruvini, roshid Xalifalikni tilashni o’zingizning taqdiriy masalangiz qilib oling. Amal qilishda Alloh Subhanahuga va Rosuli Aga sodiq bo’ling. Allohga yordam berish va Uning dinini e’zozlash uchun ixlos bilan sa’y-harakat qiling, shunda kuchli, Aziz Alloh ham sizlarga yordam beradi.

«Albatta Alloh O’ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarni g’olib qilur. Shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir» [Haj 40]

Hizbut Tahrir 9 muharram

1435h 12 noyabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.