Yahudlar zulmi kuchaymoqda

388
0

000

Quddusda joylashgan inson huquqlarini himoya qiluvchi markazlar bosqinchi yahud rejimining quddus halqiga nisbatan amalga oshirgan zulmlari kuchayotganiga va uy-joy hamda ishxonalarning buzib tashlashlari davom etayotganiga diqqatni tortar ekan, yahud rejimi o’tgan oyda ham o’z zulmlarini etarli darajada davom ettirganini ma’lum qildi.

Yahudiylar nazorati ostidagi Silvan mintaqasida foliyat olib boradigan Vadi Hilva ma’lumot markazi Yahudlarning utgan oktyabr oyida Quddus xalqiga nisbatan amalga oshirgan huquq buzarlikka oid hisobot e’lon qildi. Hisobotda aytilishicha Yahud rejimi tarafidan o’tgan oyda 75 Qudduslik, jumladan 45 ta voyaga etmagan bola qamoqqa olingan.

Keltirilgan hisobotga ko’ra, 45 ta voyaga etmagan bolalardan 22 tasi uch oy avval “tosh otganlik” jinoyati bilan sud qarshisiga keltirilgan. Shuningdek, Vadi Hilva ma’lumot markazi Yahud rejimining Quddus xalqiga qilgan bosqinlarini va bir qancha uylar va ishxonalarni buzib tashlaganliklarini, yana 200 tasini buzish harakatida ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek hisobotda qayd etilishicha, yahudiy fuqarolari o’tgan oyda Masjidi Aqsoga qaratilgan hujumlarini keskin darajada orttirgan.

Yahud askarlari himoyasida Masjidul Aqsoda marosimlarini o’tkazilgan yahud rejimi, Arafa kuni Quddusning tomiga Isroil bayrog’ini o’rnatgan.

Shu vaqtgacha Hizbulloh guruhi Falastinlik musulmonlar tarafdori ekanligi haqida jar solib musulmonlar orasida yahudlarga dushmanligi bilan obro’ qozonib kelayotgan edi. Biroq Suriya voqeasidan so’ng Falastinni unutib, uni yahudlarning qo’liga topshirib qo’ydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.