Hech bo’lmasa bizni hayvon o’rnida ko’ring

371
0

001

Nomuslari toptalgan, farzandlari vahshiylarcha o’ldirilgan va har on, har lahza o’lim dahshati bilan kun kechirayotgan Suriyalik muslimalar dunyoning kar-soqov ommaviy axborot vositalariga o’z nolalarini eshittirishga harakat qilishmoqda.

Insonlar har kun vahshiylarcha qatl etilayotgan bu diyorda hayot kechirayotgan musulmonlar boshiga tushgan dahshatlar qarshisida quloqlarini to’sib olgan inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga “Bizni inson o’rnida ko’rmasangiz, hech bo’lmasa hayvon o’rnida ko’ring”, deya nido qilmoqda.

Asadga tobe kuchlar tarafidan o’rab olingan Shom-Bayt Shahim qishlog’ida yashayotgan bir ayol Yotube portaliga joylashtirilgan videomurajaat orqali butun dunyoga nido qiladi.

“Bu erda kasallikka chalingan bolalar, qarilar va ayollar og’ir iztirob chekayapti. Bundan qutilishning chorasi yo’qligi sababli ular ko’z o’ngimizda jon taslim qilishmoqda.

Olti oydan buyon eydigan narsa topa olmay sarsonmiz. Bu erda hatto yosh bolalar uchun ham eydigan narsa yo’q. Bizlarga faqatgina insoniy yo’l oching. Biz bu erdan dunyo davlatlari rahbarlariga nido qilamiz. Modomiyki bizlarni inson o’rnida ko’rmas ekansiz, hech bo’lmasa, hayvon o’rnida ko’ring va bizlarga hayvonchalik ahamiyat qarating”, deyiladi videomurojaatda. Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlardan umidini uzgan Suriyalik muslimalar jahondagi hayvonlar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlarga yuzlanib shunday murojaat qiladi:

“Bir qancha hayvonlar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlar borki, biz u tashkilotlarga nido qilamiz. Umid qilamizki, ular bizga yordam qo’lini cho’zar.

Siyosatdonlar “biz zolimlarni qoralyapmiz”, demoqda. Bu bekorchi gaplardan bizga nima foyda?! Bu gaplar bizga qanday yordam berishi mumkin?!

Shuni anglab etdikki, insonlar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlar bizlarni ko’rmayapti. U holda, hech bo’lmasa, bizlarga hayvonlar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlar yordam berar.

Sabr qilyapmiz, ammo qachongacha?! Sizlardan oziq ovqat yoki ichimlik so’ramaymiz, faqatgina qarilar, ayollar va yosh bolalar o’tadigan bir yo’l ochib bering, boshqa narsa istamaymiz. Biz oxirgi nafasimizgacha sabr qilamiz. Bu erda eng ko’p qiynalayotganlar yosh bolalardir. Ular kasallikdan jon taslim qilishmoqda, biz hech narsa qila olmayapmiz”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.