Bir milliondan ortiq xitoyliklar Uygʻurlarning uylariga joylashtirildi

978
0

Bir milliondan ortiq xitoyliklar Uygʻurlarning uylariga joylashtirildi

Xitoy hukumati bir milliondan ortiq etnik xitoyliklarni Shinjonda istiqomat qiladigan uygʻurlarning uylariga joylashtirdi. Ularga uygʻurlar turmush tarzidagi Islomning har qanday koʻrinishlari haqida maʼlumot toʻplash vazifasi yuklatildi.

Xabarlarda aytilishicha, goʻyo Uygʻurlarning “qarindoshlari” sifatida musulmon oilalar ichiga kiritilgan josuslar ushbu oilalarning Islom diniga qanchalik moyilligini kuzatib, bu haqida hukumatni xabardor qilishi lozim.

Amerikalik antropolog Darren Bayler tomonidan tayyorlangan hisobotda bildirilishicha, “xitoylik qarindoshlar” Uygʻurlarning namoz oʻqish-oʻqimasligi, Ramazon oyida roʻza tutish-tutmasligi va ayollarning kiyinishlari hamda oilada  islomiy soʻzlar ishlatilishi, hatto qoʻshnisi bilan “assalomu alaykum” deb salomlashuvi haqidagi maʼlumotlarni darhol yondaftarchasiga qayd etib boradi. Oila vakillarining qarta oʻyinlari va kino dasturlariga boʻlgan munosabatlari ham eʼtibordan chetda qoldirilmaydi.

Shuningdek ushbu xonadonda xitoyliklar tarafidan uzatilgan sigaret yoki spirtli ichimliklarni rad etish va erkak-ayollarning qoʻl berib koʻrishmasliklari ham qayd ostiga olinadigan holatlardan hisoblanadi.

Maqsad, ular orasidagi kontsentratsion lagerlarga yuboriladigan musulmonlarni aniqlashdir. Osiyo Jamiyatlari Markazi tomonidan chop etilgan hisobotga koʻra, ushbu maʼlumotlar lagerga joʻnatiladigan uygʻur turklarini aniqlash uchun toʻplanmoqda.

Hisobotda aytilishicha, 2014 yilda 200 ming, 2016 yilda 110 ming, 2017 yilda esa bir milliondan ziyod etnik xitoyliklar musulmonlarining oilalariga suqulib kirish uchun uygʻur qishloqlariga yuborilgan.

Xitoy hukumatining oʻzi ham bu xabarni rasman tasdiqladi. Biroq bu holat Xitoy matbuotida turli etnik guruhlar oʻrtasida oʻzaro doʻstona aloqalar oʻrnatish va bir-biriga koʻmaklashish hamda fuqarolar va amaldorlar oʻrtasida “juftlashish” tizimini yaratish sifatida talqin qilindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.