Misr: Rabia maydonida yana to’qnashuv

368
0

misir-da-ogrencilerin-gosterileri-suruyor

 

“Musulmon birodarlar” jamosining tarafdorlari bilan ularga qarshilar o’rtasida yuz bergan to’qnashuvda kamida 23 kishi jarohat oldi. To’qnashuv harbiy inqilobga qarshi “yoshlar qo’zg’olonning tayanchidir”, nomli yurish asnosida sodir bo’ldi. Xabarlarda aytilishicha namoyishchilar Rabia maydoniga hamda “Ittihodiya” va “Qubba” qasrlariga etib borishga muvaffaq bo’lganlar.
Onado’li axborot agentligining xabar qilishicha, namoyishchilar Qohira janubidagi Al-Maodiy kvartaliga etganda toshlar va yondiruvchi shishalar hujumiga duch kelganligi oqibatida bir qancha kishi jarohat olgan. So’ngra namoyishchilar orasiga bostirib kirgan maxsus avtomobil yana bir qancha kishilarni og’ir jarohatlagan. Ular orasida bir ayolning ahvoli o’ta og’ir.
Guvohlarning aytishicha, Al-Jiyza mintaqasida ham maxsus avtomobil namoyishchilar ustiga bostirib kelishi oqibatida ko’pgina kishi jorohatlangan. Bu kabi hujumlar Iskandariya shahrida ham kuzatilgan. Kuzatuvchilarning fikricha, davlat namoyishchilarga qarshi kurashda avvalgidan boshqacha yo’l tutmoqda. Ya’ni xalqqa qarshi devor sifatida harbiylardan emas, xalqning o’zidan foydalanmoqda.
Milliy alyans Misr xavsizlik apparatini Amerika konsulligi oldida namoyishchilarga hujum qilish uchun bezorilarni yollaganlikda ayblab chiqdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.